Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


Marketologlar uchun iste’molchi biznesiga yondashuv



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Marketologlar uchun iste’molchi biznesiga yondashuv 
 
Marketologlar “qanoatlanmagan” iste’molchilarni topib, ular uchun 
alohida marketing strategiyasini ishlab chiqishni xohlaydi. Eng avvalo, 
potensial iste’molchilarni topish kerak. 
Bozorlar pul sarflaydigan insonlardan tashkil topadi! “Puli bor” insonlar 
bozorlarni yaratadi. Shuning uchun eng avvalo ishni turli regionlardagi aholi 
soni, ularning daromadi va boshqa demografik jihatlarini o‘rganishdan 
boshlash kerak. 
Xaridor xulq-atvorining shakllanishida boshlang‘ich ta’sirni madaniylik 
darajasi va uni tashkil etuvchi xususiyatlar belgilaydi. Madaniyat – insonning 
ma’naviy yetukligini, ehtiyojlari va atvorining vujudga kelishida muhim 
ahamiyatga ega. Lekin madaniyat tub ma’noda, irqiy va milliy madaniyat 
bilan birlashgan tarzda uchraydi. Faraz qilaylik, yoshlarning individualligi
faolligi, erkinligi va yuqori martabaga bo‘lgan intilishi, yalpi madaniy jihatga 
ega bo‘lsa, milliylik, tarixiy ko‘nikma, barcha millat yoshlarida o‘zgacha 
xususiyatlarga ega. Madaniy jihatdan xaridorning amaldagi ijtimoiy mavqeyi 
o‘rni ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy mavqe yoki o‘rin – xaridorning 
jamiyat miqyosida tegishli kasb, mashg‘ullik va qiziqishlari, fe’l-atvorlariga 
ko‘ra tartibli tarzda shakllangan guruhlarga bo‘linishidir. Ushbu ijtimoiy 
guruhlarga ajratishda madaniy saviya, kasb, daromadlar miqdori, odatlar, 
qadriyatlar asosiy farqlanish belgisi bo‘lib hisoblanadi. 
Xaridorlarni o‘rganishda nafaqat daromad darajalari, shuningdek, kasbi, 
faoliyat turi, ma’lum ijtimoiy statusning mavjudligi, ma’lumoti va yashash 
joyi ham kiritiladi. Ijtimoiy sinflar vakillari turli xil tovarlar va tovar 
markalarini, shu jumladan, kiyim, uy mebellari, avtomobil kabilarni ham 
qo‘shgan holda tanlab olishda ma’lum umumiy ustunlikkaega. 
Xaridorning aniq tovar va savdo markasini tanlashiga madaniy va 
iste’molchilik sharoitidan tashqari referent guruhlar, oila, rollar va statuslar 
kabi ijtimoiy omillar ham ta’sir o‘tkazadi. Marketologlar maqsadli 
iste’molchilarning referent guruhlarini aniqlashlari, shu bilan birga ularning u 
yoki bu tovar yoki markani xarid qilishda odamlarga turlicha ta’sirlarini 
unutmasliklari kerak. Referent guruhlar (Shaxsiy kontraktda) – individga 
nisbatan uning qandaydir tabiatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi 
odamlardan iborat bo‘ladi. Odamga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi guruhlar 
tegishlilik (afzallik) guruhlari deb ataladi. Ular birlamchi (oila, do‘stlar, 
qo‘shnilar, ishdagi hamkasblar, individning a’zolar bilan o‘zaro ta’siri 
doimiy yoki norasmiy xarakterga ega bo‘ladigan jamoa) va ikkilamchi 
(proffesional jamoalar, diniy va kasaba uyushmasi birlashmalari asosan, 


170 
rasmiy asosda tuzilgan: ularninga’zolari bilan odamning muloqotlari rasmiy 
va davriy xarakter kasbetadi) jamoalarga ajratiladi. 
Referent guruhlar individga hech bo‘lmaganda uch xil rakursda jiddiy 
ta’sir o‘tkazadilar: ular odamning hayot tarzi va xulq-atvorini o‘zgartirishga 
ta’sir etadi; individning hayotga va o‘ziga nisbatan tasavvurlariga ta’sir 
ko‘rsatadi. Referent guruhlar ayniqsa, avtomobillar, rangli televizor, urfdagi 
mebel to‘plamlari va kiyimlarining savdo markalarini tanlashda, pivo va 
sigaret sotib olishda kuchli ta’sir o‘tkazadilar. Agar tovar ishlab 
chiqaruvchilar va marka egalari referent guruhlarning kuchli ta’sirlariga duch 
kelib qolsalar, fikrlar liderlariga ta’sir etishning imkoni bo‘lgan metodlarini 
o‘rnatishlari lozim. 
Fikr liderlari – norasmiy suhbatda suhbatdoshiga aniq mahsulot yoki 
tovar kategoriyalari bo‘yicha mahsulot yoki axborot beruvchi individlar 
(qaysi markani tanlagan yaxshi yoki qaysi tovardan qanday foydalanish 
kabilarda). Fikr liderlari hamma ijtimoiy qatlamlardaishtirok etadi, har bir 
individ ayrim mahsulotlar sohasida uni doimo sotib oluvchilar sifatida 
yangi xaridorlar uchun fikr liderlari bo‘lishimumkin. Marketologlar ularning 
demografik va psixologik xarakteristikalarini, ular afzal ko‘radigan gazeta va 
jurnallarni o‘rganib, fikr liderlarini aniqlashga urinadilar. Ma’lumotlarni 
tadqiq etish asosida fikr liderlari uchun maxsus reklama murojaatlari ishlab 
chiqiladi. Yoshlar musiqasida eng yangi oqim urflar va odatlardagi 
yangiliklar shahar markazlarida tug‘iladi, keyin shahar atrofidagi o‘smirlar 
tomonidan o‘zlashtiriladi. “Levi Strauss” kabi kiyim ishlab chiqaradigan 
kompaniyalar moda ketidan quvuvchi (ularni kuzatib boruvchi) yoshlarni 
o‘ziga jalb qilishga urinadi va shahardagi fikr liderlarining uslubi va hayot 
tarzini maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘rganadi. Ushbu kompaniya jinsini 
kashf etganiga 150 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bugun amerikalik o‘smirlar va 
yoshlar mashhur dizayn va markadagi kiyimlarni afzal bilganda, Levi 
Strauss raqobatning qanchalar og‘ir va kuchliligini his etdi. Kompaniya 
shahar hayot tarzini afzal biluvchi 15- 
24 yoshli o‘smirlar va yoshlar uchun «Silvertab» markali kiyimlar seriyasini 
ishlab chiqdi. Integratsiyalangan marketing dasturi va 
«Silvertab» obrazi aynan mana shu guruh uchun ishlab chiqildi. 2000- 2001- 
yillarda dasturda “xip-xop” va “ritm and blyuz” ning Fredro Star kabi 
yulduzlari, “Black Eyed Peas”, “City High va Progect C and B kabilar” 
ishtirok etdi. Bundan tashqari savdo markasi bilan tanishuvni oshirish va 
do‘konga xaridorlarni jalb etish uchun onlayn filmlar, o‘yinlar, tanlovlar va 
hokazolardan foydalanildi. Ushbu hamma tadbirlarning samaradorligini 
baholash uchun marketing guruhlari haqiqiy inspeksiya o‘smirlar garderobi 
bo‘yicha reydlar va ko‘p sonli fokus guruhlar tashkil etdilar. Bularning 
hammasi «Silvertab» ni jinsi markasi miqdori bo‘yicha jahonda 5-o‘ringa 
olib chiqdi. 
Boshqa kiyim ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini yosh 
guruhlarining boshqa segmentlariga mo‘ljallaganlar. 


171 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish