Mustaqil ishi 206-guruh talabasi Abduhamidova Sayyora


-guruh talabasi Abduraxmonova Nargiza



Download 0,75 Mb.
bet4/30
Sana21.11.2022
Hajmi0,75 Mb.
#869804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Mustaqil ish 206-guruh

206-guruh talabasi Abduraxmonova Nargiza

Mavzu: Etnosotsiopragmatika fanining ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani bilan bog’liqligi


Reja:
1. Tadqiqot metodologiyasi fani haqida. Metod, metodika, metodologiya tushunchalari.
2. Tilshunoslikka oid metodlar.
3. Tilshunoslikda metodlarning ahamiyati.
4. Xulosa. Etnosotsiopragmatikaning metodologiya bilan bog’liqligi.
Har qanday tadqiqotchi muayyan mavzuda ilmiy izlanish olib borar ekan, eng avvalo, ma’lum metodologiyaga tayanadi va o’z maqsadini amalga oshirish uchun qo’l keladigan ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Metodologiya va tadqiqot metodidan xoli birorta ilmiy asar mavjud bo’lmaydi. Shunday ekan, fanda ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodi tushunchalari markaziy o’rinni egallaydi. Shuning uchun har bir tadqiqotchi tadqiqot metodologiyasi va metodlari haqida yaxshi bilimga, ulardan o’rinli foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lmog’i lozim.
Metod va metodologiya terminlariga to’xtaladigan bo’lsak, metod (yun. – bilish usuli) subyektning har qanday shakldagi faoliyat usuli sanaladi. 1. Faoliyatning muayyan sohasida (fan, siyosat, san’at va b.) qo’llaniladigan vosita usullar sistemasi; metodning umumiy nazariyasi; metodlar sistemasi; metodning umumiy nazariyasi, metodlar sistemasi haqidagi umumiy ta’limot metodologiya sanaladi. 2. Mashhur tilshunos Y.S.Stepanovning ta’kidlashicha, metod muammosi uchta markaziy tushunchani o’z ichiga oladi: metodika – metod – metodologiya. Bu tushunchalar quyidagicha izihlanadi:
Metodika – kuzatish va eksperiment usullari majmuasi.
Metod – tajriba (eksperiment) orqali aniqlangan va kuzatilgan natijalarni nazariy umumlashtirish usullari.
Metodologiya – bilish jarayoniga dunyoqarash tamoyillarini qo’llash. Inson doimo ma’lum maqsad sari harakat qiladi. Mazkur harakatining natijasi harakat qiluvchi subyekt va harakat yo’nalgan obyektning qanday bo’lishidan tashqari, mazkur faoliyatda qanday usullar qo’lanishi bilan uzviy bpog’liqdir. Bu esa bilish jarayoni muayyan metodologiya va metodga tayanishi lozimligini ko’rsatadi.
Sotsiolingvistikadagi mavjud metodlarni uch turga ajratish mumkin:
1) manba (material) toplash metodlari;
2) materialni qayta ishlash metodlari;
3) olingan malumotlar haqqoniyligini baholash metodlari.
Birinchi guruhda sotsiologiya, sotsial psixologiya va qisman dialektologiyaga taalluqli bo’lgan metodlar, ikkinchi va uchinchi guruhda matematik statistika metodlari salmoqli o’rin egallaydi. Sotsiolingvistik materiallarni taqdim etishning ham o’ziga xos xususiyati bor. Bundan tashqari, to’plangan, qayta ishlangan va statistik mezonlar yordamida baholangan material til va ijtimoiy institutlar o’rtasidagi obyektiv qonuniyatlarga asoslangan aloqalarni ko’rsatib bera oladigan sotsolingvistik talqinga muhtoj bo’ladi. Sotsiolingvistlar ma’lumot to’plashda ko’proq kuzatish va turli xil so’rovnomalardan, shuningdek, yozma manbalarni umumilmiy tahlil metodidan foydalanadilar. Tabiiyki, ko’pincha bu metodlar qorishtiriladi: yozma manbalarning dastlabki tahlilidan keyin tadqiqotchi muayyan taxminni shakllantiradi va uni kuzatish jarayonida tekshiradi; to’plangan ma’lumotlarni tekshirish uchun u o’zini qiziqtirgan ijtimoiy uyushmaning ma’lum qismini so’rovga tortishi ham mumkin. Sotsiolingvistlar oddiy kuzatuv bilan bir qatorda ba’zan bevosita aralashma kuzatuv metodini qo’llaydilar. Insonlar xulqini o’rganuvchi bevosita kuzatuv usulida kuzatuvchining o’zi ham kuzatilayotgan guruh a’zosiga aylanadi. Bunda kuzatuvchi kuzatilayotgan ijtimoiy guruh a’zolaridan biron-bir belgisiga ko’ra, masalan, millati, tili va boshqa belgilari bilan ajralib turmasligi kerak. Chunonchi, yevropalik kuzatuvchi xitoyliklar yoki negrlar guruhida bevosita kuzatuv olib borolmaydi; katta yoshdagi tadqiqotchining o’smirlar guruhi bilan o’tkazilayotgan kuzatuvga to’liq moslashib ketishi qiyin bo’ladi; shaharlik dialektologni qishloq aholisi o’z muhitiga begona odam sifatida qabul qiladi.
Yosh mutaxassis aniq sotsiolingvistik tadqiqot o’tkazishda qator qiyinchiliklarga duch keladi. Bu qiyinchiliklar quyidagi masalalarda kuzatiladi:
kimdan ma’lumot olish;
ma’lumot olishda qanday metodlardan foydalanish;
ma’lumotlarni qanday ishlash, tahlil qilish va talqin qilish.
Mazkur savollarga javob topish uchun sotsiologlar bir qator tadqiqotlarning ishchi strategik rejalariga asoslangan dasturni taklif qilishadi.
Tadqiqot dasturi ikki: metodologik va prosedura (yoki tashkiliy-texnik) bo‘limdan tashkil topadi. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida sotsiolingvistik tamoyillar va metodlar belgilanadi. Obyektni bilish jarayonida tadqiqotchi unga muayyan metodologiya va tekshirish metodi asosida yondashadi. O’rganilayotgan obyektni qay darajada obyektiv izohlash tadqiqotchining qanday metodologiya va tadqiqot metodiga tayanishiga bog’liq. Shuning uchun har qanday fanda metodologiya va metod tayanch nuqta bo’lib xizmat qiladi.
Har qanday fan maxsus tadqiqot metodlarini ishlab chiqadi. Bu ilmiy tadqiqot metodlari falsafiy va mantiqiy metodlar bilan umumilmiy metodlar orqali muvofiqlashadi. Xususan, tilshunoslikda qo’llaniladigan metodlar matematika yoki fizikada qo’llaniladigan metodlardan farqlanadi. Umummetodologik tamoyillar turli fanlar bergan ma’lumotlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Tilshunoslikda tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, struktur singari metodlar qo’llaniladi va ulardan qaysi birining ustuvor metodga aylanishiga ko’ra tilshunoslik tarixi ham turli bosqichlarga bo’linadi.
Tavsifiy metod tilshunoslikda eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Ayniqsa, u til o’qitish tajribasi uchun katta ahamiyatga ega. Tavsifiy metodning o’ziga xos jihati va bizning fanimiz bilan bog’liqligining asosi shundan iboratki, u obyektni bevosita sezgi a’zolari bergan ma’lumotga asoslanib o’rganadi. Xususan, tavsifiy tilshunoslikning o’rganish obyekti matn hisoblanadi. Matndan gaplar, gaplardan so’zlar, so’zkardan morfemalar, morfemalardan tovushlar ajratiladi va ular muayyan guruhlarga birlashtirilgan holda tavsiflanadi.
Qiyosiy metod. Olamni bilishda o’rganilayotgan obyektni qiyoslash katta rol o’ynaydi. Lingvistik tadqiqot metodikasida bir tilning ichki tuzilishi bo’yicha qiyoslash va tillararo qiyoslash jiddiy farqlanadi. Bir tilning ichki tuzilishi bo’yicha qioyoslash shu tilning turli grammatik hodisalari va kategoriyalarini o’z ichiga oladi. Masalan, sifat bilan ravish qiyoslanadi va ularning umumiy hamda o’ziga xos jihatlari aniqlanadi. Tillararo qiyoslash o’ziga xos tadqiqot usullari sistemasiga ega. U ikki xil tilshunoslik metodini vujudga keltiradi. Birinchisi qardosh tillarni qiyoslash, ikkinchisi esa noqardosh tillarni qiyoslash.
Birinchi tipdagi qiyoslashda qardosh tillardan bittasini boshqasiga qiyoslash yo’li biklan ularning tarixiy taraqqiyoti, ular o’rtasidagi farqlanish jarayoni ochib beriladi. Bunday qiyoslash qiyosiy-tarixiy metod asosida olib boriladi va tillarning genetik umumiyligiga asoslanadi.
Ikkinchi tipdagi qiyoslash turli sistemadagi tillar asosida olib boriladi va uning natijasida tipologik kategoriyalar aniqlanadi. Bu metod qiyosiy-chog’ishtirma metod sanaladi.
Tillarning fonetik, leksik-grammatik birliklarini qiyoslab, ularning o’xshash belgilarini aniqlash asosida muayyan til oilalariga birlashtirib o’rganish tarixiy genetik metod sanaladi. Tarixiy-genetik metodning asoschisi Mahmud Ko’shg’ariy sanaladi. U turkiy tillarni xoqonicha-turkcha, qipchoq, o’g’uz guruhlarga bo’lgani holda, bu guruhlar o’rtasidagi fonetik, leksik-grammatik farqlanishlar haqida izchil ma’lumot beradi. Shu bilan birga, mazkur tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqani haqida fikr yuritadi.
Til doimo o’sishda, rivojlanishda bo;lgan dinamik hodisadir. Ana shunday o’zgarishlar davrlar o’tishi bilan yig’ilib, miqdor o’zgarishi sifat o’zgarishiga olib keladi. Farqli elementlar ko’payib, bir til bag’ridan ukkinchisi ajralib chiqadi. Lingvistik vositalar yordamida tilning kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyot davrlarini belgilash leksikostatistik yoki glottoxronologik metod sanaladi. U biologiya fanlaridagi radiouglerod yordamida yoshni belgilash metodini tilshunoslikka olib kirdi. Lisoniy tillarni belgilashda va tillarni oilalarga birlashtirishda kvantitativ va tarixiy-genetik metodlardan keng foydalaniladi. Kvantitativ metod Amerika tilshunosi E.Sepir tomonidan qo’llanilgan bo’lsa, uning shogirdi J.Grinberg tomonidan rivojlantirildi. Ko’rinadiki, kvantitativ metod dunyo tillarini muayyan belgisi asosida ma’lum guruhlarga, tiplarga birlashtirish uchun qo’llanadigan metoddir. Demak, kvantitativ metod qiyosiy (konstrastiv)tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi yo’nalishga zidlanuvchi til tipologiyasi yoki lingvistik tipologiyaning asosiy metodlaridan biridir. Qiyosiy tilshunoslikning asosiy vazifasi til oilalari va til tiplariga birlashtirish sanaladi. Birinchi vazifani bajarishni maqsad qilib olgan tilshunoslik tarixiy-genetik metoddan foydalanadi. Ikkinchi vazifa esa lingvistik tipologiya tomonidan amalga oshiriladi va kvantitativ metodga tayanadi.
Tilshunoslik tarixida strukturalizm XIX asrning 70-yillaridan hukm surgan yosh grammatikachilarning pozitivixtik qarashlariga qarshi maydonga chiqa boshladi. I.A.Boduen de Kurtene tilshunoslikka fuksionallik tamoyilini olib kirdi. Uning ma’nosi shuki, lingvistik vositalar nutq jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab belgilanadi. Bunday tamoyil fonetika sohasida fonema tushunchasining tug’ilishiga olib keladi. U nutqiy jarayondagi fiziologik tavsifi bilan teng bo’lmagan tovush haqida fikr yuritadi. Natijada fonema tushunchasiga asos soladi.
Xullas, har qanday izlanuvchi ilmiy tadqiqot ishini olib borish jarayonda ma’lum metodologiyaga tayanadi va fanning muayyan metodlari asosida ish ko’radi. Shunday ekan, ilmiy tadqiqot olib borishni o’z oldiga maqsad qilib olgan har bir yosh izlanuvchi metodologiya va metod masalalariniyaxshi o’zlashtirmog’i lozim. Yuqoridagi metodlarning barchasi, ko’rinib turibdiki, bevosita etnosotsiopragmatika fani bilan bog’liqdir. Bu, albatta, amaliy ishlarda ko’rinadi. Chunonchi, har qanday fanda bo’lganidek, etnosotsiopragmatika fanining ham tadqiqotlari ma’lum struktura va metodlarga tayangan holda olib boriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Abdulhamid Nurmonov. Tanlangan asarlar // 1-jild
2. D.Elova, G.Safarova. Sotsiolingvistika // o’quv-uslubiy qo’llanma // Toshkent – 2021, 100 b


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish