206-guruh talabasi Abdujalilova Latofat
Mavzu: Etnosotsiopragmatika fanining tasavvuf bilan bog'liqligi.
REJA:
1.Etnosotsiopragmatika nima? Bu fanni o'qitishdan asosiy maqsad.
2.Etnosotsiopragmatikaning boshqa fanlari bilan aloqasi.
3.Tasavvuf haqida umumiy tushuncha.
4.Etnosotsiopragmatikaning tasavvuf bilan qanday bog'liq jihatlari bor?
SOTSIOLINGVISTIKA fanining maqsadi tilning ijtimoiy tabiati, til bilan jamiyatning ozaro bogliqligi, lisoniy vaziyatlar, tilning funksional tasniflari, sotsiolingvistikada savodxonlik masalalari haqida malumot berishdan iborat. Biz shunday jamiyatda yashayapmizki,ijtimoiy fan sohalari ancha nisbiy xarakterga ega bo'lmoqda. Bunday fanlarga sotsiolingviatika misol bo'la oladi.U sotsioligiya va tilshunoslik fanlarining tutash joyida rivojlanayotgan sohadir. Darhaqiqat, sotsiolingviatika shakllanish,qurilish,taraqqiyot nuqtayi nazaridan,tilning ijtimoiy shartlanganligi,tilning jamiyatga,jamiyatning esa tilga ta'sirini o'rganadigan fan sifatida qaralmog'i lozim. Ijtimoiy lingvistika hayot qonuniyatlarini til faktlari asosida o'rganar ekan,uning o'ziga xos xususiyatlarini anglab olish kerak.Jumladan "ijtimoiy til" "ijtimoiy tilshunoslik" "tilshunoslikning ijtimoiyligi" "falsafiy tilshunoslik" "tilning ijtimoiyligi" "sotsiolingvistika" kabi atalamalar bilan nomlashlar bu fanning o'ziga xos xususiyati ekanidan dalolatdir. “Sotsiolingvistika” termini fanga birinchi marta 1952-yilda amerikalik sotsiolog G.Karri (Currie 1952) tomonidan kiritildi. Bu termin asosidagi tushunchalar,umuman tilshunoslikning ancha oldin paydo bo'lganini anglatish bilan birga,undan asosiy ko'zlangan maqsad tilning umumbashariy tushuncha sifatida paydo bo'lganini e'tirof etishdan iborat.
Fanni shu tarzda nomlash hech qanday qiyinchilikni yuzaga keltirmaydi. Sababi "sotsiolingvistika"fani qayd etib o'tilganidek,ikki soha tutash nuqtasida paydo bo'lgan va bu o'z navbatida fanlararo munosabatni rivojlantirishga asos bo'lib xizmat qiladi. Sotsiolingvistikani fan sifatida o'rganish jarayonida,uning umuminsoniy hamda xususiy jihatlari hamda til va jamiyat,til va mafkura,til va tafakkur,til va xalq,til va yosh,til va jins,davlat institutlarida til va tilshunoslikni,tilning falsafiy jihatlarini o'rganish lozim.Ayniqsa "sotsiolingvistikani"ayrim olimlar falsafiy tilshunoslik deb hisoblashi ham bu fanning boshqa fanlar bilan uzviy aloqadirligini anglatadi.
Gonsalo de Korreas tilning ijtimoiy turli-tumanligi xususida shunday yozgan: “Tilda viloyatlardagi dialektlardan tashqari, mazkur viloyatlarda yashovchilarning yoshi, mavqeyi, mol-mulki bilan bog‘liq ayrim shakllar ham mavjud bo‘ladi. Bular: qishloq aholisi, avom xalq, shaharliklar, zodagonlar, saroy ahli, tarixchi olimlar, din arboblari, qariyalar, erkaklar, ayollar va hatto, bolalarning tillaridir”. J.A.Fishmanning “Til jamiyatidagi ma’ruzalar” (“Readings in the Society of Language”) nomli to‘plamiga kirgan 50-yillarning lingvistlari, sotsiologlari, madaniyat antropologlari, dialektologlari va kommunikatsiya (muloqot) sohasi turli mutaxassislarining maqolalarida sotsiolingvistikaga oid muammolar ko‘tarib chiqildi. Kitobning “So‘zboshi”sida J.A.Fishman “til sotsiologiyasi” va “sotsiolingvistika” terminlarining sinonim sifatida qo‘llanishiga e’tibor qaratadi. Sotsiolingvistikaning shakllanishida I.A.Boduen de Kurtenening til hodisalarining ijtimoiy shartlanganligi, shuningdek, tilning qo‘llanishi va rivojlanishiga ekstralingvistik ijtimoiy omillar ta’siri borasidagi tadqiqotlari katta rol o‘ynagan. 1974-yilda “Russkiy yazыk zarubejom” jurnalida e’lon qilingan maqolada N.G.Mixaylovskaya I.A.Boduen de Kurteneni “rus va sovet tilshunosligidagi sotsio-etnolingvistik tadqiqotlarning asoschisi” tarzida atagan. I.A.Boduen de Kurtene: “Til faqat kishilar jamiyatida mavjud ekan, u holda, uning ruhiy tomonidan tashqari, ijtimoiy tomoniga ham har doim e’tibor qaratishimiz kerak. Nafaqat individual psixologiya, balki sotsiologiya ham tilshunoslikning asosi bo‘lib xizmat qilishi lozim”, - deb yozgan.
Rus tilshunoslari I.A.Boduen de Kurtene, Y.D.Polivanov, L.P.Yakubinskiy, V.M.Jirmunskiy, B.A.Larin, A.M. Selishev, G.O.Vinokur, fransuz tilshunoslari F.Bruno, A.Meye, P.Lafarg, M.Koen, shved tilshunoslari Sh.Balli, A.Seshe; Belgiyalik tilshunos J.Vandries, chex tilshunoslari B.Gavranek, A.Mateziuslarning ilmiy g‘oyalari sotsiolingvistikaning fan sifatida shakllanishiga turtki bo‘ldi. Binobarin, A. Meyening til – jamiyat hayoti bilan bevosita aloqada bo‘lgan ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun uning rivojlanishida differensiatsiya va unifikatsiya jarayonlari mavjudligi;
Sh.Ballining tilning barcha vositalari muloqot doirasiga ko‘ra taqsimlanishi, bunday taqsimlanishda ijtimoiy o‘zaro bog‘liqlikning salmoqli o‘rin tutishi;
Rus va chex tilshunoslarining yagona milliy til egalarining ijtimoiy mavqeiga bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy differensiatsiya;
Y.D.Polivanovning jamiyatning tilga ta’siri to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmasligi, jamiyatdagi o‘zgarishlarning til evolyutsiyasini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkinligi haqidagi, shuningdek, hududiy dialektologiya bilan birga, ijtimoiy dialektologiyaning ham muhimligini asoslash;
B.A. Larin, V.M.Jirmunskiy, D.S.Lixachevlarning milliy til ichki tizimini tushunishda jargonlar, argolar va tilning boshqa kodlashmagan sohalarini o‘rganishning muhimligi to‘g‘risidagi g‘oyalari shular jumlasidandir. A.Keypelning fikricha, “sotsiolingvistika” terminining o‘zi o‘zini aniqlab keladi. U.Labov sotsiolingvistikani “tilni uning ijtimoiy kontekstida” o‘rganadigan fan sifatida belgilagan. U.Braytga ko‘ra, sotsiolingvistik tadqiqotlar til va jamiyat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. A.N. Dittmar sotsiolingvistikaning predmetini shunday izohlagan: “Sotsiolingvistika predmetini tilshunoslik va ijtimoiy fanlarning metodlaridan foydalanib: Kim kim bilan qaysi tilda, qanday ijtimoiy muhitda va qanday maqsadda gaplashyapti, nutq aktining oqibati qanday bo‘ladi? degan qator savollarga javob beruvchi tarzida tushuntirish mumkin”. D.Vunderlix sotsiolingvistikada alohida kommunikativ jarayonlarning ichida bevosita kuzatiladigan turli omillarning o‘zaro aloqasini tadqiq etilishi, ya’ni jamiyatning ijtimoiy differensiatsiyasining qandaydir asos sifatida o‘rganishilishini, uni nutqiy muomalaning rol, vaziyat va mavzu turlariga ajraladigan sotsiologik o‘lchovlari bilan bog‘lanishini istiqbolli yondashuvlardan biri, deb hisoblagan.S.M.Ervin-Tripp kommunikatsiya jarayonidagi partner (muloqot ishtirokchi)larning verbal muomalasiga sotsiolingvistikaning asosiy predmeti sifatida qaraydi: Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasining predmeti, asosan, turli qatlamlar va sinflarning til qo‘llashini o‘rganish bilan cheklanadi. Binobarin, “til to‘siqlari”, “yoyiq va yig‘iq kod”, “kompensatsiyali ta’lim” kabi masalalar keng tadqiq etiladi. Sotsiolingvistikaning predmetini qisqacha “inson va jamiyat”, demak "sotsiolingvistika" til va jamiyat munosabatini o'rganadi.
"Etnolingvistika"esa xalq tilini o'rganadi.Umumiy qilib aytganda "etnosotsiopragmatika" xalqning ijtimoiy harakatini o'rganuvchi fandir. Etnosotsiopragmatika fani bir qancha fanlar bilan uzviy bog'liq jumlaladan bu fanning kvantlingvistikasi bilan bog'liqligi jamiyatda mavjud bo'lgan nutqning sotsial ko'rinishlarini modellashtirishda namoyon bo'ladi. Yoki etnosotsiopragmatika fanining lingvokulturologiya bilan bog'liqligi turli xil sotsial xoslanishlarni madaniy tushunchalar bilan bog'liq holda tadqiq etishda namoyon bo'ladi.
Etnosotsiopragmatika fanining nervolingvistika bilan bog'liqligi inson miyasidagi neyronlarning falajlanishi va ularning tiklanishi sotsial moslashuv jihatdan bog'liqlik hisoblanadi.
Etnosotsiopragmatika fani psixolingvistika fani bilan ham bog'liq bo'lib,bu fan inson ruhiy holatlarini nutqiy voqealanishidir.Ikkala fanning bog'liqligi esa jamiyatda yashovchi individlarni turli xil ruhiy holatlarini nutqiy voqealanishi va ijtimoiy munosabatga kirishish jarayonida belgilashdan iborat . Shu xususda etnosotsiopragmatika fani tasavvuf fani bilan ham uzviy bog'liq bo'lmasa ham bir muncha bog'liqlik jihati mavjud .Biz ikkala fanni bog'ligi haqida gaplashishdan oldin tasavvuf aslida Nima ekaniga to'xtalamiz.
Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi taʼlimot. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi. Tasavvuf va "sufiy" soʻzlari 9-asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi soʻzlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga koʻra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuygʻular mujassam boʻlgan. Lekin hijratning 2 asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning koʻpchiligida mazkur xususiyatlar oʻrnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo boʻla boshlagandan keyin obidlik va zohidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar tasavvuf va sufiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasavvuf turlicha talqin qilingan. Masalan, Maʼruf al Karxiy (815 y) fikricha, "tasavvuf — haqiqat sari intilish, odamlardan tamagirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnun al Misriy (859 y) "Sufiy boylik istab oʻzini charchatmas va yoʻqotgan boyligiga achinib, bezovta boʻlmas", desa, Junayd al Bagʻdodiy (909 y) "tasavvuf — qalbni sof tutmoq, tugʻma zaiflik va noxush axloqlardan forigʻ boʻlib, hayvoniy va nafsoniy tuygʻular ustidan gʻalaba qilmoq", deb taʼrif bergan. Yana u "tasavvuf bir uy boʻlsa, shariat unga kiradigan eshikdir", degan. Soʻfi Olloyor bu taʼrifni quvvatlab"Shariatsiz kishi uchib havogʻa Koʻngil berma aningdek xudnamogʻa" deb yozadi.
Misrlik olim Ibrohim Basyuniy "Islomda tasavvufning paydo boʻlishi" kitobida hijriy 3 va 4-asrlarda yashab oʻtgan olimlarning tasavvuf haqidagi 40 ta taʼrifini keltiradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, tasavvuf islom shariati talablarini ham ixlos bilan bajargan holda zuxd, taqvo, kamtarlik kabi oliyjanob fazilatlarni oʻzida mujassam etib, nafsni poklash yoʻli bilan komil inson darajasiga erishishga harakat qilishdan iborat tasavvufning oʻziga xos istilohi mavjud. Masalan, tasavvuf ilmidan saboq beruvchi shaxs — shayx, murshid, pir, eshon, xoja, mavlo, mavlono, maxdum kabi unvonlar bilan tanilgan. Tasavvufdan saboq oluvchi shaxs — murid, solik, axli dil, axli hol, mutasavvif kabi nomlar bilan atalgan. Tasavvuf boʻyicha oliy maqomlarga erishgan sohibkaromat pirlar — valiy, avliyo, qutb, aqtob, avtod, chilton, abdol, abror, ahror, nujabo, nuqabo, siddiq, gʻavs va h.k. deyilgan. Tasavvuf ahli baʼzan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolulgʻayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan. Tasavvuf istilohi asosida ijod etgan shoirlar majoz uslubini tanlaganlar. Shuning uchun haqiqat, majoz, tashbeh, istiora kabi mantiqiy qoidalardan boxabar boʻlmagan kitobxon Navoiy, Fuzuliy, Atoyi, Umar Xayyom kabi mumtoz adabiyot namoyandalarining sheʼrlarini toʻla anglashi qiyin kechadi. Tasavvuf tarixida koʻpgina olimlar tasavvufga doir soʻzlar izohiga bagʻishlangan lugʻat va qomuslarni yozib qoldirganlar. Ulardan ayrimlari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda. Tasavvuf tariqatlarining insoniyat maʼnaviyatini yuksaltirishga qoʻshib kelayotgan benazir hissasi butun dunyo xalqi tomonidan eʼtirof etilsada, baʼzan islom olamida tasavvufga salbiy nazar bilan qarash, uning tariqatlari, mashoyixlari va karomatlarini inkor etish koʻzga tashlanadi. Burhoniddin al Biqoiy (1406—1480)ning "Tasavvuf inqirozi", Abdurahmon Dimashqiyaning "Naqshbandiya taxlili" kitobi va boshqa kitoblarda tasavvufning barcha tariqatlari va ularga doir asarlar hamda mashoyixlar qattiq tanqid qilingan. Aziz avliyolarning maqbara va mozorlarini ziyorat qilish shirk deb sanalgan. Vaholanki, ularning bu daʼvolari sharʼan asossizdir.Islom huquqshunosligida, yaʼni sharʼiy koʻrsatmalarni amalga tatbiq etishda 4 ta fiqxiy mazhab boʻlganidek, Tasavvufda ham bir necha tariqatlar shakllangan. Mashhurlari — tayfuriya, junaydiya, hakimiya, qodiriya, yassaviylik, malomatiylar, rifoiya, kubroviylik, suhravardiylik, chishtiya, akbariya, shoziliya, bektoshiya, mavlaviya, naqshbandiya, sanusiya tariqatlaridir. Mustaqillik yillari mamlakatimizda tasavvuf tariqatlarini oʻrganish, unga doir asarlarni tarjima qilish, atoqlii mashoyixlarning maqbaralarini qayta qurish va taʼmirlashga ahamiyat berilmoqda. Hakim Termiziy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Shayx Zayniddin, Zangi ota, Shayx Xovandi Tohur va boshqa koʻplab tasavvuf tariqatlariga mansub piri komillarning xayot va ijodlarini chuqur oʻrganish, qoldirgan asarlaridan xalqimizni bahramand etish borasida muayyan ishlar qilindi.
Endi esa etnosotsiopragmatika fanining tasavvuf bilan bog'liqligiga to'xtalamiz.Tasavvufda juda ham ko'p so'zlar arab tilida aytiladi.Bu jihatdan ko'p so'zlar boshqa tilda so'zlashadigan xalqlar uchun yangilik bo'lishi mumkin.Masalan "kalom" so'zi arabcha bo'lib,suhbat ,til,so'zlashuv,bayon kabi ma'nolarni anglatadi.Lekin bu so'zni etnosotsiopragmatik tahlil qiladigan bo'lsak hozirgi zamonda ,agar mobodo badiiy asarlarda uchratmasak ,bu so'zdan hech kim foydalanmaydi.Kalom so'zi izohli lug'atda yuqoridagi ma'noni anglatgani holda,istilohiy ma'noda musulmonning e'tiqodi,aqidasi,dunyoqarashini ko'rsatib beruvchi ta'limot sifatida qaraladi.Agar bu so'z badiiy asarlarda kelsa ham so'zning sinonimi sifatida keladi. Tasavvufda "Al fiqh Al Akbar"atamasi ham bor bo'lib,bu so'zni 1-bo'lib Abu Hanifa ishlatgan va shu nomidagi risola yozgan.Chunonchi "fiqh" so'z tasavvufda bir narsani o'ta yaxshi,har tomonlama tushunish,fahmlash degan ma'noni anglatadi.Ammo etnosotsiopragmatikada bu so'z huquq fanining qadimiysi sifatida anglashiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Q.Dadaboyev "Sotsiolingvistika"
2. Safarov "Pragmalingvistika" 3.Obida Fayzullayeva "Tasavvuf va badiiy ijod fanidan qo'llanma”
Do'stlaringiz bilan baham: |