Mustaqil ishi 206-guruh talabasi Abduhamidova Sayyora


-guruh talabasi Abdurahimova Komila



Download 0,75 Mb.
bet3/30
Sana21.11.2022
Hajmi0,75 Mb.
#869804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Mustaqil ish 206-guruh

206-guruh talabasi Abdurahimova Komila

Mavzu;Etnosotsiopragmatika fanining mantiq fani bilan bog'liqligi.



Reja:
1.Til va mantiq tushunchalari ta’rifi.
2.Mantiq fani va til.
3.Xulosa.
Har qanday fikr tilda ifodalanadi: tushunchalar so’z va so’z birikmalari bilan, hukmlar gap, xulosa chiqarish esa bir necha o’zaro aloqador gaplar bilan. Til – axborotlarni uzatish uchun xizmat qiluvchi belgilar sistemasidir. Til vositasida kishilar o’z fikrlarini ifodalaydi, o’zaro axborotlarni almashadi, saqlaydi hamda atrof olamni anglaydi. Til va tafakkur uzviy bog’liq, lekin aynan mos kelmaydi. Fikrlar ideal bo’lib, real mavjud predmetlarni, ularning xususiyat va munosabatlarini obrazlar shaklida ifodalaydi. Til – fikrning og’zaki nutq va yozma nutq belgilarida moddiy ifodalanishidir. Tilni mantiqiy tahlil qilishda biz uni belgilar sistemasi deb atadik. Belgi – bilish jarayonida ma'lum bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi moddiy ob'ektdir. Mantiqda til belgilari o’rganiladi.
Mantiq, logika-to’g’ri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan. Tilni mantiq bilan bog'lash, uning hodisalarini mantiq tushuncha va kategoriyalari asosida sharhlash falsafa, mantiq va tilshunoslik kabi qadimiydir. F. Gegel ham tilshunoslik va mantiq fanlari mohiyatining o’zaro yaqinligini kop marta ta’kidlaydi va bu fanlarni kamida ikki bosqichda organish zarurligini uqtiradi; avval bu fanlarning tahlil usullari va tushunchalarining ozini ozlashtirish zarur, undan keyin bu tushuncha va qonuniyatlar ostida nimalar yotganligi tahliliga otilsa, bunday tadqiqotchi koz oldida tamoman yangi olam ochiladi.
Hozirgi zamon grammatik terminlarining kattagina qismi, ayniqsa Garbiy Yevropa tillarida, mohiyatan mantiqiy terminlardir (Qiyos. : subyekt, predikat, attributiv, obyekt, kauzativ, aktiv, passiv, koordinatsiya, konyugatsiya v. h. ). Mantiqiy va grammatik hodisalarni qorishtirish natijasida fanda qopol-qopol mantiqiy xatolarga yol qoyish hodisalarini hozir ham uchratib turamiz . Mantiq va grammatikani qorishtirish fanimizning azaliy kamchiliklaridan biri ekanligini etirof etishimiz zarur . Lekin fanda mantiq va tilni ozaro uzviy boglanishda organishni maqsad qilib qoygan tadqiq usuli ham bolgan va bu yonalish umumiy (universal) yoki mantiqiy (idrokiy) grammatika atamasi bilan mashhurdir. Bu yonalishni shakllantirgan va rasmiy ravishda ommalashtirgan asar sifatida Por-Royal monastiri obidlari Klod Lanselo va Arno tomonidan 1660 yilda tuzilgan "Grammaire generale et raisonnele" ("Umumiy va idrokiy grammatika") mashhurdir.
XVII–XVIII asrlarda keng ommalashgan ko’p tilli (yoki ayrim tushunchalarning juda kop tillarda muqobillarini beruvchi) lugatlar tuzish va ommalashtirish ham shu usul hukmronligi bilan bogliqdir.
Bu tadqiq usulining asosiy tamoyillari:
- tilni tafakkurning shakli deb tushunish,
- so’z va tushunchani tenglashtirish,
- hukm va gapni, gap bolaklari va mantiqiy butunliklar tarkibiy qismlarini tenglashtirish,
- har bir tilning milliy xususiyatlarini bir manoda inkor etib, tillar orasidagi umumiyliklar tahliliga koproq etibor berish,
- tillarning sinxronik holati tavsifiga tayanish,
- grammatik shakl va kategoriyalarni mantiqiy kategoriyalar bilan tenglashtirish (chunonchi mantiqiy va grammatik birlik va koplik, yoki shaxs v. h. ),
- sintaksis masalalariga koproq etibor berish.
Mantiqiy grammatikaning juda ko’p tamoyillari XX asrda "Tillararo umumiyliklar ( lisoniy universaliyalar)", "Tushuncha/idrokiy kategoriyalar" nazariyalarining tarkibiy qismi va muhim tushunchalari sifatida yangi mazmun-u mohiyat kashf etdi. Lisoniy birliklarni ijtimoiy etnik omillarni hisobga olgan holda qay birini muayyan sharoitda qo’llash kòproq samarali, ya'ni ta'sirli ekanini o’rganuvchi -sotsiolingvistikaning yangi bir tarmog’i etnosotsiopragmatika shakllanmoqda va rivojlanmoqda. Etnosotsiopragmatika jahon tilshunosligida hali to’la shakllangan emas.
Tilshunoslik mantiq fani bilan ham uzviy aloqadordir. Ularning aloqadorligi shundakii, har ikkisi ham tafakkur bilan bog'lanadi. Chunki tilshunoslikning o'rganish obekti bòlgan til tafakkur bilan o'zaro munosabatda. Til kishilarning olam haqidagi bilimlarini, boshqalarga yetkazuvchi va shakllantiruvchi vositadir. Til va tafakkur o'zaro dialektik munosabatda ekan, ularni o'rganuvchi tilshunoslik bilan mantiq o'rtasida ham ana shunday dialektik aloqaning bòlishi tabiy. Mantiq tafakkur shakllari, qonunlari va usullarini o'rganadi. U tushuncha, hukm shakllarini,xulosa chiqarish, isbot va rad etish holatlari orqali obyektiv voqelikning aks etish jarayonida qanday bòlish yòllarini kòrsatib, inson fikrining aniq, ravshan, ketma -ket, asosli bòlishini ta'minlaydi. Shunday ekan, mantiq tilshunoslikning grammatika bòlimi bilan bevosita munosabatdadir. Chunki tushuncha so’z va so’z birikmalari orqali ifodalansa, fikr gap orqali ifodalanadi. Bu esa har bir savodli kishi uchun grammatikani bilish qancha zarur bo’lsa, mantiqning shakl va qonunlarini ham bilish shunchalik zarur.
Shu bilan birga, mantiq va grammatika qanchqlik o'zaro zich bog'lanmasin, o’zlariga xos xususiyiyatlarga ham ega. Mantiq shakllari tushuncha, hukm, xulosalar hamma xalqlar uchun umumiy bo’lsa, ularning turli tillarda ifodalanish shakllari turli tumandir. Shuning uchun har bir til boshqasidan farq qiladigan o'z grammatikalasiga ega. Bu shuni ko’rsatadiki, mantiq bilan grammatika bir-biri bilan bog’liq, ular bir-birini to’ldiradi. Ayni paytda, o'z xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Hozirgi kunda mantiq tafakkur shakllarini qanday o’rganish nuqtayi nazaridan 2ga bo’linadi: 1) an’anaviy mantiq yoki shakliy mantiq; 2) dialektik mantiq.
Dialektik mantiq XIX asr oxirlarida amaliy mantiq bag'rida uning chegaralangan tomonlarini to’ldirish asosida dunyoga keldi.
An’anaviy mantiq taffakkur qonunlari, shakllari va usullarini tarixiy taraqqiyotni e'tiborga olmagan holda o'rganadi. Garchi mazkur mantiq insonning olamni bilishi uchun bir necha asrlar asosida dasturlamal bo’lib xizmat qilgan esa-da, lekin ob'ektni tarixiy taraqqiyot jarayonidan tashqarida o'rgangani uchun bir qadar sezilib qoldi. Ana shu ojizliknk bartaraf etish talabi bilan dialektik mantiq paydo bo’ldi.
Dialektikaga asoslangan bilishgina obyektiv olamdagi narsa va hodisalarni har tomonlama chuqur anglab olish, ularni ichki o’zgarish, rivojlanish qonunlarini to’g’ri aks ettirishi mumkin. Dialektikani bilish jarayoniga tatbiq etish, uni mantiq sifatida, insonning ratsional, aqliy bilish, fikrlash haqidagi fan sifatida o‘rganish dialektik mantiq talimotini shakllantirdi. Dialektik mantiq shakliy mantiqdan quyidagi jihatlari bilan farq:
1) predmetni har tomonlama - uning barcha tomonlari, aloqalarini nazardan tutgan holda o’rganish;
2) predmetni uzluksiz o’zgarishda, rivojlanishda ekannini e’tiborga olish.
Dialektik mantiq barchalar uchun, jumladan, tilshunoslik uchun ham metodologik asos vazifasini o'taydi.
Tilshunoslikda mantiqiy yo’nalish
Tilshunoslik falsafa bag’rida shakllangani, til va mantiq o'zaro zich bog'langani tufayli bir qator olimlar til kategoriyalarini mantiq kategoriyalariga qiyosan o'rgandilar. Natijada tilshunoslikda mantiaiy yo’nalish maydonga keldi. Tilni tafakkurga munosabati asosida o'rganuvchi tilshunoslar oqimi mantiqiy yo’nalishni tashkil qiladi.
Mantiqiy yo’nalish tilshunoslikdagi quyidagi muammolar bo’yicha fikr yuritadi: 1) tilning gnoseologiya bilan aloqasini ochish: 2) tilning oziga xos tuzilish xususiyatlarini emas,balki barcha tillar uchun universal tomonlarini yoritish, 3) grammatik kategoriyalarni mantiqning universal kategoriyalari asosida aniqlash: so’zni tushuncha asosida, gapni hukm asosida izohlash va boshqalar; 4) qanday til shakliga ega bo’lishidan qat'iy nazar, yagona tahlil tamoyilini ishlab chiqish; 5) diaxronik tahlildan ko‘ra sinxron tahlilni ustun qo‘yish, shu bilan bog‘liq munosabat tarixiy va qiyosiy-tarixiy grammatikaga nisbatan tavsifiy grammatikaga etibor berish; 6) ko’proq gap va semantika tahliliga diqqat qilish. Tilshunoslik va mantiq oʻzlarining ilk davrlaridayoq oʻzaro munosabatda paydo boʻlgan, yunoncha logika, arabcha mantiq atamalarining nsgizida soʻz (logos) va nutq yotgani ham fikrimiz dalilidir. Logika atamasi ilmiy muomalaga stoiklar tomonidan fikrning soʻz yordamida ifodalanishini bildiruvchi atama sifatida kiritildi. Arastu esa tafakkur qonunlarini oʻrganuvchi fan uchun analitika atamasini qoʻllagan edi. Antik davrlardan boshlaboq grammatik kategoriyalar mantiqiy kategoriyalar asosida izohlandi. Gap soʻzlar vositasida anglashilgan fikr deb taʼriflandi. Soʻz bilan gap oʻrtasidagi farqlovchi belgi sifatida qaysi mantiqiy kategoriyalarni ifodalashi belgilandi: soʻz tushunchani, gap fikrni bildirishi taʼkidlandi. Gapning tuzilish birliklari ham koʻpincha tafakkur shakllaridan biri boʻlgan hukmning tuzilish birliklari orqali tushuntirildi. Ayniqsa, bunday holat bir sostavli gaplarni tushuntirishda yaqqol sezildi. Masalan, rus tilshunosi Babayseva bir sostavli gaplarni mantiqan sostavlarga boʻlish mumkin ekani bilan izohlaydi. Bir sostavli gaplarning quyidagi modellarini koʻrsatadi:
X-R (subʼektsiz predikat ifodalangan gap, yaʼni egasiz kesim gap)
S-X (predikatsiz subʼekt ifodalangan gap, yaʼni kesimsiz ega gap)
Xuddi shu mantiqiy yoʻnalishning taʼsiri prof. I.Rasulov tomonidan yozilgan «Hozirgi oʻzbek adabiy tilida bir sostavli gaplar» monografiyasida ham seziladi.
Tilni mantiqiy kategoriyalar asosida oʻrganish, ayniqsa, XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha oʻzchoʻqqisiga koʻtarildi. Bu davrda nutqning mantiqiy kategoriyalarga toʻla mos holda shakllanishini eʼtirof etgan holda, barcha tillar uchun umumiy, ratsional grammatika yaratish harakati kuchaydi. Ana shunday kurashning boshlovchisi ingliz faylasufi F.Bekon F.Bekondir (1561 – 1626). U barcha tillar uchun umumiy, falsafiy grammatika yaratishga urindi. Bunday grammatika yaratishda oʻzi ishlab chiqqan bilishning amaliy, induktiv metodiga tayandi. F.Bekon turli tillarning qiyosiy grammatikasini barpo etish asosida uning negizida barcha tillarning afzal jihatlarini qamrab olgan va inson tafakkuri hamda sezgilarini oʻzida ideal joylashtiruvchi umumiy bir tilni yaratish mumkin degan gʻoyani ilgari surdi.
Koʻrinadiki, u dunyoga kengroq tarqalgan Ovrupo tillari negizida barcha xalqlarning takomillashgan aloqa vositasi boʻlgan – xuddi esperanto kabi – bir tilni yaratish haqida fikr yuritadi.
Mantiqiy kategoriyalar asosida barcha tillar uchun umumiy grammatika yaratish goyasi fransuz olimi Rene Dekart (1596 – 1650) va uning gʻoyasi asosida dunyoga kelgan kartezian falsafasi tomonidan rivojlantirildi. Aslida, kartezian atamasi Dekart familiyasining lotincha (Cartesins) yozilishi asosida maydonga kelgan. Uning fikricha, barcha insonlarga xos murakkab tushunchalar sistemasi nisbatan ancha kam miqdordagi elementar birliklarga jamlanishi mumkin. Masalaning yechimi inson tafakkurining barcha boyliklarini tashkil etadigan eng kichik, boshqa mayda boʻlakka boʻlinmaydigan mantiqiy birliklarni aniqlash darajasiga, chin falsafaga asoslangan falsafiy til sistemasini topishga bogʻliqdir. Dekart xuddi tabiiy son qatorlari kabi inson fikr-gʻoyalarining ham sanogʻini chiqarish mumkin ekanini taxmin qiladi. Uning fikricha, oʻziga nomaʼlum bir tilda barcha sonlarni bir kunda yozish va oʻqish mumkin boʻlganidek, inson tafakkuridagi tushuncha va gʻoyalarni ham ana shunday miqdorlarga keltirish, natijada oʻsha tushuncha va gʻoyalarni ifodalovchi soʻzlar tizimini yaratish mumkin. Bunday tilni yaratish, eng avvalo, chin falsafaga bogʻliq. Dekartning fikriga koʻra, faqat mazkur falsafagina insonning barcha fikr-gʻoyalarini sanashi va ularni sodda holda aniq qilib, chiroyli tartibda joylashtirishi mumkin. Bunday til, uning eʼtirofiga koʻra, soʻzlarning bir xil tuslanish, turlanish va tuzilishiga ega boʻlishi lozim.
Umumiy grammatika yaratish gʻoyasini olgʻa surgan olimlardan yana biri nemis olimi Gotfrid Vilgelm Leybnitsdir (1646 – 1716). U ilmiy kashfiyotlar qilishga imkon beradigan umumiy ilmiy metodni qidirish jarayonida tilga murojaat etdi. G.V.Leybnits faqat isbotlash bilangina kifoyalanuvchi anʼanaviy, shakliy mantiqni tanqid qilgan holda, «ilmiy kashfiyotlar qilish sanʼati»ga ega boʻlgan yangi mantiqni yaratish zarurligini taʼkidlaydi. Ana shunday mantiqni yaratish yoʻlini u tilning mantiqiy tahlilida koʻradi. Tilning mantiqiy tahlili, olimning fikricha, universal mantiqiy simvollarni yaratish va bu simvollar yordamida tafakkur elementlarini ifodalash mumkin boʻladi. Shunday qilib, Leybnits sunʼiy simvolik tilni yaratish gʻoyasini koʻtarib chiqdi. U bunday sunʼiy tilning mantiqiy-falsafiy va matematik qurilmalarga maksimal yaqin boʻlishi lozimligini taʼkidladi. Leybnits fikricha, barcha murakkab gʻoyalar sodda gʻoyalar kombinatsiyasidan, barcha boʻlinuvchi sonlar boʻlinmaydigan sonlardan tashkil topganini eʼtiborga olgan holda, murakkab tushunchalarni sodda tushunchalarga boʻlish chogʻida kombinatorika tamoyillariga amal qilish lozimligini uqtiradi. Birinchi qatordagi atamalar sodda tushunchalar, ikkinchi qatordagi atamalar sodda tushunchalar juftligi, uchinchi qatordagi atamalar esa birinchi qatordagi uch atamaning yoki birinchi qatordagi ikki atama bilan ikkinchi qatordagi bir atamaning kombinatsiyasi ekanini taʼkidlaydi. .
Mantiq materiallari asosida til tuzilishini tushuntirish va ratsional grammatika yaratish ilk marta fransuz olimlari A.Arno va K.Landsloga nasib etadi. Arno va Londslolar tilning tovush tomoni, moddiy plani bilan maʼno tomonini farqlaydilar.
Xulosa qiladigan bo’lsak, til va mantiq tushunchalari o’zaro chambarchas bog’liq. Masalan biz kundalik hayotda ishlatadigan sozlarni noo’rin qo'llasak mantiqsizlik kelib chiqadi va biz ko’zlangan natijaga erishmaymiz. Natijada kulgiga qolishimiz yoki hijolatli vaziyatga tushib qolishimiz mumkin. Masalan, do'stimiz bilan munosabat jarayonida ishlatadigan so’zlarimizni ota-onamizga qo’llashimiz mantiqsizlikdir. Yoki kattalar qo’llaydigan so’zlar (misol uchun, girgitton, aylanay, jonim qurbon, qoqindiq va shu kabilar)ni yosh bolalar nutqida uchratishimiz ham mantiqsizlikdir. To’y vaqtida biz hech qachon «Alloh rahmat qilsin», « oxirati obod bo’lsin», «Xudo sabr bersin», «bandalik ekan», «boshga tushganni ko’z ko’rar», kabi birliklarni ishlatmaymiz. Aza vaqtida esa «ikki yosh baxtli bo’lsin», « qo'sha qaringlar», «serfarzand, serdavlat bo’linglar» kabilar ishlatilmaydi. Bunday qo’llash mantiqsizlikdir.Yoki, biz hech qachon “ yozda qor yoğibdi” , “yozda qorbola yasayman” kabi gaplarni gapirmaymiz. Chunki bu mantiqan xatodir. Bunday gaplarni qo’llaydiganlar esa hali juda yosh bolalar yoki aqlan noqislar bo’lishi mumkin.Ko’rinib turganidek, mantiq biz gapirayotgan nutq vaziyatiga juda ham bog’liq. Bu jihatlardan bilishimiz mumkinki, etnosotsiopragmatika va mantiq chambarchas bog’liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Abdulhamid Nurmonov “Tanlangan asarlar” 1-jild.
2.Abdulhamid Nurmonov “Tanlangan asarlar” 2-jild3.Shaxriyor Safarov, Guli Toirova “Nutqning etnosotsiopragmatik tahlil asoslari”


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish