Etnosotsiopragmatika fani
Sotsiolingvistika fani
Madaniyatshunoslik fani
Madaniyatshunoslik fani boshqa gumanitar fanlardan o’ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Madaniyatshunoslik fani ko’p asrlik madaniyat tarixini aslida qanday bo’lsa, shunday tasvirlaydi, madaniyatning mohiyati, xususiyatlari, tarkibiy tuzilishi, tadrijiy taraqqiyoti, muammolari, insoniyat hayotidagi roli to’g’risida yaxlit tasavvur beradi. Aynan shu fan barcha darajalardagi va turli mintaqalar madaniyatiga, uning alohida shaxslardan to butun insoniyatgacha bo’lgan turli xil obyektlariga tadbiqan qo’llash mumkin bo’lgan eng umumiy madaniyatshunoslik qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatiga ega.
Shunday qilib, madaniyatshunoslik barcha fan;ar bilan uzviy aloqada ekan. Men quyidagi ikkita fan bilan qanday bog’liqligini chizma orqali ko’rsatib berdim.
Madaniyatshunoslik fanining sotsiologiya fani bilan ham yaqin aloqador holda o’rganiladi. Negaki, sotsiologiyaning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayoti, jamiyatda kishilarning mavqeyi hamda to’plangan ma’lumotlardan madaniyatshunoslik fani foydalanadi. Umumnazariy xulosalar chiqarishda sotsiologik materiallar dalil sifatida xizmat qiladi.
Madaniyatshunoslik fani sotsiologiya fani bilan bog’liq holda o’rganilar ekan, demak, bu fan etnosotsiopragmatika fani bilan ham uzviy aloqador. Chunki bu fan aynan sotsiolingvistika fani doirasida shakllangan va rivojlangan.
Buni biz O’tkir Hoshimovning “Qanoat” hikoyasi misolida ko’rishimiz mumkin. Asardagi ikki ayol suhbatidan ularning nutqlaridagi etnosotsiopragmatik xususiyatlarni ko’rishimiz mumkin.
Otamning jahli yomon edi. Badjahl bo'lib aka-ukalardan, birontamizni chertgan emas. Biroq onam: «Hoy, ehtiyot bo'l, adangning jahllari yomon», deb shunchalik uqtirib qo'yganki, otamizni ko'rishimiz bilan hammamiz yuvosh tortib qolardik. Tirikchilik vajidan bo'lsa kerak, otam kechalari soat tuzatardi. Qo'ni-qo'shni, mahalla-ko'yda kimning soati buzilsa, biznikiga olib kelar, otamning hujrasida katta-kichik soatlar muttasil chiqillab turar edi. Onam bizni bu hujraga hech yo'latmasdi. Bir kuni ukam ikkalamiz u yerga kirsak, stol ustida kichikroq piyolaning og'zidek keladigan zanjirli cho'ntak soati yotibdi. Qopqog'i, oynasi ochilgan, murvatlari bir chekkaga tartib bilan terib qo'yilgan. Aka-uka o'zimizcha «ustachilik» qildik. Soatning yurishidan darak yo'q. Bir mahal narigi uyda onamning sharpasini sezib qoldigu sekingina sirg'alib chiqib ketdik. Kechqurun otam hujraga kirishi bilan xunob bo'lib qichqirdi:
- Soatga kim tegdi?
- Hech kim kirgani yo'q-ku! - dedi onam hayron bo'lib.
- Hammasini sochib tashlabdi-ku! - otam jahl bilan chiqib keldi. Qo'lida biz «tuzatgan» soat. - Mili yo'q. Egasiga nima deyman! Ukam ikkalamiz churq etmay mo'ltirab o'tiribmiz. Yaxshi hamki akalarimiz ko'chada, bo'lmasa, hamma ayb o'shalarga tushishi aniq. Ko'p o'tmay ovqat keldi. Ukamga yog'och qoshiq, menga temir qoshiq tegdi. Ikkalamiz qoshiq talashib qoldik. Ukam u yoqga tortadi, men bu yoqqa. Ikki orada kosa dumalab, dasturxonga sho'rva to'kildi. Boyagi xunobgarchilik ustiga bunisi ham qo'shildi-yu, biz bir yoqda qolib otam onamni tushirib qoldi. Aka-uka pildirpis bo'lib, in-inimizga kirib ketdik. Onam sho' rlikning qovog'i ko'karib chiqdi. Achindik. Ammo nachora?.. Ertalab tursam, otam ishga ketgan, hovli tomondan ayol kishining shang'illagani eshitilyapti. Ovozidan tanidim: qo'shnimiz Mo'min akaning xotini. Mo'min aka - ketmonchi. O'zi ham mo'mingina odam. Xotini boshqacharoq. Kattayu kichik hamma uni Kelinoyi deb chaqiradi. Kelinoyining qiziq odati bor. Ichida gap yotmaydi. Uyida qaysi sholchaga xokandozdan cho'g' tushib, qancha joyi kuygani, qaysi o' g'li sholg'omni yomon ko'rishi, qaysi qizining sochiga sirka oralagani- hammasini birpasda mahallaga yoyib chiqadi. - Ketaman! - dedi u ovozini baralla qo'yib. - U qo'ymasa, mana man qo'ydim! Ketaman! Ketgandayam uyini vayron qilib ketaman!
Tushundim. Bundan chiqdi, Kelinoyi eri bilan urishgan. Uyida sal janjal chiqsa, albatta oyisinikiga «ketadigan» bo'lib qoladi. Tomosha ko'rish uchun asta mo'raladim.
Do'stlaringiz bilan baham: |