206-guruh talabasi Erkinova Yulduz
Mavzu: Lisoniy va nolisoniy vositalar.
Reja:
1. Lingvistik (lisoniy) vositalar
2. Ekstralingvistik (nolisoniy) vositalar
3. Lisoniy va nolisoniy vositalrning badiiy asardagi tahlili
Lingvistik (lisoniy) omillar. Bularga muayyan tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlari - fonemalar tizimi, lug‘at boyligi, morfema tiplari, so‘z yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik, grammatik birliklarning semantik va funksional xususiyatlari, ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi qoida-qonuniyatlar kiradi. Adabiy til taraqqiyoti, birinchi navbatda, ana shularga tayanadi.
Ekstralingvistik (nolisoniy) omillar. Bularga tildan tashqarida mavjud bo'lgan faktorlar kiradi: ijtimoiy tuzum formalari, tarixiyjarayonlar, xalqlar va millatlar o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuyg‘ulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlar shular jumlasidandir. Masalan, 0‘zbekiston mustaqillikka erishgach, uning ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy hayotida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi: bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni boshlandi, milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning yangi shakllari yuzaga keldi. Buiarning barchasi o‘zbek tili leksikasiga ham ta’sir o'tkazdi: sobiq ittifoqdagi davlat tuzumiga xos ayrim tushuncha nomlari (partkom, raykom, obkom, sovxoz, oblast kabi so‘zlar) iste’moldan chiqib, o‘zbek tili lug‘at boyligining tarixiy qatlamiga o‘tib qoldi, ularning o‘rnida hozirgi mustaqil 0‘zbekiston hayoti taqozo qilgan yangi so‘z va atamalar (kollej, litsey, gimnaziya, litsenziya, reyting, test, marketing, minimarket, investitsiya, biznes kabilar) paydo bo‘ldi, hokim, hokimiyat, viloyat, tuman kabi leksemalarning mazmun mundarijasida hozirgi tuzumga xos yangi ma’no qirralari yuzaga keldi, natijada bunday so‘zlar eski qatlamdan zamonaviy qatlamga o'tib qoldi.
Keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa anglashiladiki, milliy tilning, shu jumladan, milliy adabiy tilning taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillar birga qatnashadi, ularning biri ikkinchisiga sharoit yaratadi, har ikkalasi bir butun mexanizm sifatida xizmat qiladi; til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari shuni taqozo qiladi.
Til birligining semantikstilistik belgilari majmui; til birligining aloqasoʻzlashuv jarayonida soʻzlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan shaxsga nisbatan subʼyektiv (ijobiy yoki salbiy) munosabatining ifoda vositasi boʻla olishini taʼminlaydi. Ekspressivlik tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik ekspressiv vositalar sifatida soʻz tarkibidagi undoshlardan birining qoʻshaloq holda yoki biror unlining choʻziq talaffuz etilishi, urgʻuning oʻrnini oʻzgartirish kabilarni koʻrsatish mumkin. Morfologik vositalar sifatida keng miqyosdagi erkalashkichraytish qoʻshimchalari (subʼyektiv baho ifodalovchi qoʻshimchalar)ni koʻrsatish mumkin (oyioyijon, ukaukaginam va boshqalar). Leksik ekspressiv vositalarga oʻz haqiqiy maʼnosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) boʻyoqqa ega boʻlgan soʻzlar, undov soʻzlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi (mas, "qiltiriq" soʻzi ozgʻinlikni salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi). Sintaktik sathda esa Eksoressivlik odatdagi soʻz tartibini oʻzgartirish, elliptik tuzilmalardan foydalanish, soʻz takrorlari orqali taʼminlanadi. Aloqasoʻzlashuv jarayonida lisoniy ekspressiv vositalar bilan parallel ravishda, nutq ekspressivligini kuchaytirishga koʻmak beruvchi koʻplab paralingvistik (nolisoniy) vositalar (tovushning balandligi va tembri, nutq surʼati, mimika, imoishora) ham qoʻllanadi. E. bevosita inson histuygʻularini ifodalash bilan bogʻliq boʻlganligi uchun uni emotsionallik (hissiyot, emotsiyani ifodalovchi soʻzlar va ulardan foydalanish)dan ajratib tasavvur etish qiyin. Hatto baʼzi tilshunoslarning asarlarida E. va emotsionallik kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin qilinadi.
Tushunarliroq bo'lishi uchun lisoniy va nolisoniy omillarni asarlar misolida tahlil qilamiz. "Oq kema" asaridan dialog. Shu tariqa ular koʻchma doʻkon oldida ivirsib turishdi-turishdi-da, sotuvchi aytgandek, “uch pul”ga narsa xarid qilib, uylariga tarqalib ketishdi. Shu ham savdo boʻldimi axir? Sotuvchi joʻnab ketgan ayollarning orqasidan tupurib qolarkan, tezroq rulga oʻtirib joʻnab ketish uchun qoʻqitib tashlangan mollarni yigʻishtira boshladi. Shu payt bolaga koʻzi tushdi.
– Nimaga turibsan, shalpang quloq? – soʻradi u. Bolaning quloqlari osilgan, boʻyni ingichka, boshi katta va yum-yumaloq edi. – Biron nima olasanmi? Olsang, tezroq kel, boʻlmasa hozir yopaman. Puling bormi?
Sotuvchi shunchaki oʻzi, bekorchilikdan soʻradi, lekin bola uzrli javob qildi.
– Yoʻq, amaki, pulim yoʻq, – deb bosh chayqab qoʻydi.
– Men boʻlsam puling bormi deb oʻylabman, – soxta ishonchsizlik bilan gap qotdi. – Siz bu yerdagilar hammangiz boysizlar, lekin oʻzlaringni kambagʻalga solib yurasizlar… Choʻntagingdagi nima u, pul emasmi, axir?
– Yoʻq, amaki, – dedi bola oldingidek samimiy va jiddiylik bilan yirtiq choʻntagini agʻdarib koʻrsatarkan (ikkinchisi tikib tashlangandi).
– Demak, pullaring tushib qolibdi-da. Chopgan joylaringni qidir. Topasan.
Ular jim qolishdi.
– Kimning bolasisan? – yana soʻroqqa tuta boshladi sotuvchi. – Moʻmin cholnimi, a?
Bola bosh irgʻab javob qildi.
– Nabirasi boʻlasanmi?
– Ha, – bola yana bosh silkidi.
– Onang qayoqda?
Bola hech nima demadi. Uning bu haqda gapirgisi kelmasdi.
– Onang oʻzi haqida hech xabar bermaydimi? Oʻzing bilmaysanmi?
– Bilmayman.
– Otangni-chi? Uni ham bilmaysanmi? Bola jim qoldi.
Bu asarda sotuvchi bilan bola tilidan keltirilgan dialogda sotuvchining bolaga bergan savollari lisoniy omil. Bolaning uning savollariga bosh silkib javob berib qo'yishi nolisoniy omil hisoblanadi.(kimning bolasisan?-yana so'roqqa tuta boshladi sotuvchi. - Mo'min cholnimi, a?
Bola bosh irg'ab javob qildi.
- Nabirasi bo'lasanmi?
-ha - bola yana bosh sikidi) yana shunday ko'plab asarlarda lisoniy va nolisoniy vositalrni ko'rishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nurmonov: Etnosotsiopragmatika asoslari
2. H.Jamolxonov Hozirgi o'zbek adabiy tili
3. Chingiz Aytmatov “Oq kema"
Do'stlaringiz bilan baham: |