206-guruh talabasi Xurazova Buvsalima
Mavzu : O‘tkir Hoshimov romonlarida tilning etnosotsiopragmatik tahlili
Reja:
“Ikki eshik orasi” romani tahlili
Romandagi tahliliy mutanosibliklar.
Etnosotsipragmatik tahlil xulosasi.
Bu mavzuda mustaqil ish qilish uchun men O‘tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romanini tanladim. Chunki bu romon o‘sha yozilish davri uchun juda yaxshi yoritilib berilgan.
O‘zbek mentalitetini ochib bera olgan, insoniy qarashlarga, mehr madaniyatiga ega bo‘lgan oliyjanob o‘zbek xalqining turmush tarzini, nasriy chizgilar bilan ko‘z oldimizda jonlanishiga sabab bo‘lgan asar. Asarda to‘qqiz qahramonning tilidan yozuvchi davr qiyinchiliklarini yengib o‘tayotgan xalqning o‘tmishini, provardida urushni qoralab yorita oladi. Asar so‘ngidagi baxtsiz tasodif tufayli, sut bir akasini yaxshi ko‘rib xato qilib qo‘ygan qiz taqdiri. O‘z sevgisini jilovlay olmagan yigitning, o‘z singlisini yoqtirishi tasvirlanadi. Ikki yosh to‘ydan avval gunoh qilib qo‘yishgani, va bu gunohning badali og‘ir bo‘lishini bilishmas edilar.Lekin baribir bosh aybdor urush bo‘lgani bilan, ikkinchisi ularning shoshqoloqliklari edi.Asar so‘ngida qahramonlar ikki eshik orasida qolib ketishadi. Uylanmaslikka iloj yo’q,uylanay desa sut bir singlisi… Ikki eshik orasi.
Arava ichiga qalin qilib to‘shalgan ko‘rpachada paranji yopinib o‘tiribman. Bir tomonda oyim, bir tomonimda Fotima kelin. Xotinlar to‘xtovsiz yor-yor aytadi:
Tog‘da toychoq kishnaydi, ot bo‘ldim, deb yor-yor,
Uyda kelin yig‘ laydi, yot bo‘ ldim, deb yor-yor..»
Asarda to‘y marosimi bilan bog‘ liq tafsilotlarga keng o‘rin ajratilgan. Asrlar davomida shakllangan milliy an’ana uch qahramon tomonidan izohlanadi. Bolakayning sodda, jozibali talqini, Robiyaning ruhiy tahlil teranligi saqlangan bayoni va Qora ammaning to‘y tashvishlariga yo‘naltirilgan kechinmalari marosimni turfa nuqtalardan yoritish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida xarakter qirralarini oydinlashtirish, milliy urf-odatlarning xalq hayotidagi salmog‘ ini kuzatishga yordam beradi. Nutqiy faoliyat vositasida kitobxon Muzaffarning bolalarcha soddaligi va tiniq samimiyati, Robiyaning ruhiy barkamolligi, Qora ammaga xos mehr-oqibat rishtalari bilan tanishadi. Bir tafsilotning uch talqini asar syujetini bog‘ lab turuvchi chiziq tarzida aniq tasavvurlar uyg‘otadi. Bu tasavvur xalq hayotining umumiy qonuniyatlarini ifodalab, insonlararo tipik manzaralar xarakter takomilidagi o‘sish-o‘zgarishlar hajmini uyg‘unlashtiradi. Bu mushtaraklik o‘z navbatida ham ijodkorning ijodiy tamoyillarini, ham ijtimoiylik belgilarini mujassam etgan. O‘z-o‘zidan ayonki, adib asarlarida milliy qadriyatlar va xalq ruhiyati xarakter tabiatini belgilaydi.
Aynan qahramonlar tafakkuri va faoliyatida ma’naviyat hamda e’tiqod ta’siri goh epik unsurlar, goh lirizm zalvori vositasida oydinlashadi. Kichkinagina to‘y detali bir necha obrazlar hayotini o‘zgartirib yuboradi. Binobarin, marosim Robiyaning orzu-istaklari, samimiy muhabbatini chegaralaydi. To‘g‘rirog‘i, hayotiy zaruriyat uni o‘z izmiga bo‘ysundiradi. Tabiiy ehtiyoj (Muzaffar qismati) Qora ammaga ham kuchli ruhiy zarba beradi. Negaki, Robiyaning Shomurodga uzatilishi Kimsan uchun ochilgan aza bilan barobar edi. Zahmatkash ona qalbida doimiy va davomiy ravishda umid, ilinj hamda ishonch tuyg‘usi yashashini e’tiborga olsak, psixologik kolliziyalarning tasvir markaziga ko‘tarilgani ayonlashadi. Ma’lumki, milliy urf-odatlar va an’analar xalq tiynati kabi soddaligi, qabariqligi, yorqinligi va ustuvorligi bilan ajralib turadi. Shu boisdan ham mentalitetga xos atributlar tinglovchi ongiga tez etib boradi. Bu xususiyat, bir tomondan, tushuncha, tasavvur hamda tafsilotlarning qayta-qayta ishlanganligi sayqal topganligi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan motivizatsiya zamirida qayta hayotiy tajribalar, falsafiy umumlashmalar vositasida izohlanadi. Demak, O‘.Hoshimov o‘z ijodida sharqona mifo-poetik qarashlardan foydalanar ekan, birinchi navbatda, aqidaning umuminsoniy mohiyatiga e’tiborni qaratadi.
Padariga la’nat! - Oqsoqol sandal to‘rida o‘tirib, choyni ho‘plarkan, bo‘ralab so‘kindi. - Kecha kechqurun yangi oy chiqdi. Qarasam, o‘rog‘i yana bemalol yonboshlab yotibdi. Oy o‘ziga tinch bo‘lsa, yer notinch bo‘ladi. Haliveri qishning keti ko‘rinmaydi, shekilli.
- Kuzgi bug‘doy chirib ketmasa go‘rgaydi, - dedi cholim bosh chayqab. - Hayronman, havoning bu ketishi bo'lsa... Ko‘cha eshik zardali taqilladi-yu, og‘zidagi og‘zida, bo‘g‘zidagi bo‘g‘zida qoldi. Uchovlashib, oldinma-keyin darvozaga chiqsak, Umar zakunchi otini gijinglatib turibdi. Boshida chaqmoq telpak, egnida pocha-po‘stin, qo‘lida qamchi.
-Yiling uyqu, muchaling yostiqmi? - dedi mo‘ylovi titrab. - Ikkita keliningni so‘qimga boqib qo‘yibsanmi?!
Hayratdan og‘zim ochilib qoldi. Shu gapni Oqsoqolga aytyaptimi? Butun No‘g‘ayqo‘rg‘onda cholimdan bo‘lak bironta odam shu paytgacha sansiramagan
(Oqsoqolga-ya?! Hozir katta janjal chiqishini sezib, yuragim uvishib ketdi. Qo‘rquv ichida burilib qarasam, Oqsoqol qovog‘ini uyib, Zakunchiga chaqchayib turibdi. Entikib nafas olayotgani uchunmi, havo sovuqligidanmi, oppoq mo‘ylovi tagidan quyuq hovur ko‘tarilyapti.
Oqsoqol bir hatlab, yaqin bordi.
- Menga qara, - dedi jilovga qo‘l cho‘zib. Ot hurkib, boshini ko‘tardi. Suvlig‘i shiqirlab ketdi. - Beshigimni tebratganmisan?!
Zakunchi labining bir burchi bilan iljaydi, lekin o‘sha zahoti jiddiy tortdi.
Xulosa qilib aytganda, O‘tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi " 1986 -yilda yozilgan . Katta hajmli davr xususiyatini yaxshi yoritib bergan . Bu asarni etnosotsiopragmatik tahlil qilsak ayni bundagi bosh qahramon obrazlaridan Oqsoqol tilidan tahlil qilib bermoqchiman .
"Padaringga la‘nat" bu so‘kinish albatta yosh nuqtai nazaridan so‘zlovchining yoshini bilsa bo‘ladi . "Oy o‘ziga tinch bo‘lsa yer notinch bo‘ladi " bunda maqol orqali o‘sha paytdagi ahvolni yoritib bermoqchi . Ya'ni hali urush davom etayotgani aholining ahvoli kun sayin og‘irlashib ketayotgani ochib beroladi. Qishning keti uzilmayalti bahor kelishi qiyin bo‘lyapti deb aytgan bu orqali xalqning og‘ir - ahvolda ekanligi, ishchi kuchi bo‘lgan erkaklarning urushga ketib qolishi oilasi boquvsiz qolishi butun bir ro‘zg‘orni boqish ayolining gardaniga qolib ketgani bu ham etnik xususiyatini bilib olsa bo‘ladi.
" Yiling -uyqu , muchaling - yostiqmi" maqolida etnik xususiyati avom xalqning haqoratlanish bunda martabasi jihatidan amali baland odamning gapirganini bilish mumkin . Ayni ochib bergan tomoni sansirab aytgani buyruq ohangida kinoya qilinadi.
Beshigimni tebratganmisan?! - Milliylik xususiyatimiz ko‘rinib turadi . Beshik biz o‘zbeklarning ramziy tushunchasi bu haqoratomuz so‘zlar ham beshik so‘zi bilan milliyligimizni ko‘rsatib bergan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O’tkir Hoshimov “ Ikki eshik orasi”
Etnosotsiopragmatika –Saparov
Do'stlaringiz bilan baham: |