Mustaqil ishi 206-guruh talabasi Abduhamidova Sayyora


-guruh talabasi Karimova Moxinur



Download 0,75 Mb.
bet22/30
Sana21.11.2022
Hajmi0,75 Mb.
#869804
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
Mustaqil ish 206-guruh

206-guruh talabasi Karimova Moxinur

Mavzu: Hududlarni etnopragmalingvistik jihatdan tahlil qilish


REJA:
1. Hududlar shevalarining fonetik va morfologik xususiyatlari haqida.
2. Dialektlarni o‘rgangan olimlar.
3. Hududlarni etnopragmalingvistik jihatdan tahlili badiiy asar misolida.
Hududlarni etnosotsiopragmatik jihatdan tahlil qilishda hududlarning dialekti, lahjasi va shevalarini o’rganish lozim. Avvalo ushbu atamalar aslida nima ekanligiga to’xtalish zarur.
Sheva – biror tilning o’ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo’lgan eng kichik qism; lahja – shu xususiyatlarni o’zida birlashtiruvchi shevalar yig’indisi. Dialekt termini dialektologik adabiyotlarda ko’pincha lahja ma’nosida, ba’zan sheva ma’nosida ham qo’llaniladi. Shevalarni o’rganish xalq tarixi , etnografiyasi uchun muhimdir. Masalan shevalarni o’rganish orqali hududlarni aniqlash, toponimlar, gidronimlar va shu kabi nomlar vositasida xalq tarixining ayrim xususiyatlarini yaratmoq mumkin.
O’zbek sheva va lahjalari 3 turga bo’linadi:
I.Janubi-sharqiy guruh: qarluq-chigil-uyg’ur shevalari. Bunga ko’pchilik shahar shevalari kiradi. Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik jihatlari:
1. So’z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: bilak – bilay, tilak – tilay, ertak – ertay, elak – elay kabi
2. Bu lahjaga kiruvchi ko’pchilik shevalar uchun “o”lashish muhimdir: aka – oka, Bahodir – Bohodir, Akram – Akrom kabi.
3. Hozirgi zamon davomli fe’li -vot (Toshkentda – kevotti, yurvotti),
-ut (Namanganda – kelutti, borutti),
-yap (Andijon, Qo’qon, Farg’onada – kelyapti, o’qiyapti),
-op ( Samarqand, Buxoro – kelopti, boropti) kabi qo’shimchalar bilan hosil bo’ladi. Adabiy tilda bu fe’llarning -yap qo’shimchasi bilan hosil qilingan shaklidir.
4. Qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchasi -ni, -i tarzida ishlatiladi: daraxtlarni bargi (daraxtlarning bargi), oshshi ta’mi ( oshning ta’mi), gappi cho’zma (gapni cho’zma).
II. Janubi-g’arbiy guruh: o’g’uz lahjasi. Xorazm, Qozog’iston, Turkmanistondagi ba’zi o’zbek shevalari. Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari:
1.Unli tovushlar qisqa va cho’ziq aytiladi: at (hayvon), a:d ( ism – A:ding kim?); o’t (o’simlik), o’:d (olov); yaz (yozmoq), ya:z (fasl).
2. So’z boshidagi t tovushi d; k tovushi g tarzida aytiladi: dil – til, dog’ – tog’, duz – tuz, galdi – keldi, go’z – ko’z kabi
3. Qaratqich kelishigi qo’shimchasi -ing tarzida (Hazorasping olmasi – Hazoraspning olmasi), jo’nalish kelishigi qo’shimchasi -a tarzida (atima – otimga, bolama – bolamga, Andijona boraymi? – Andijonga boraymi?) shaklida qo’llanadi.
4.O’g’uz lahjasida rayhon so’zi o’rnida nozvoy, juda o’rniga dim, yangi o’rniga toza, ship o’rniga patik kabi so’zlar ishlatiladi.
III. Shimoli-g’arbiy guruh: qipchoq shevalari – qishloq shevalari. Bu lahjaning o’ziga xos fonetik va morfologik xususiyatlari quyidagilar:
1.Ayrim shevalarda so’z boshida y tovushi o’rniga j tovushi aytiladi: jo’l – yo’l, jo’q – yo’q, jur – yur, jamg’ir – yomg’ir.
2. Ko’pincha so’z oxiridagi g’ tovushi o’rnida v aytiladi: tov – tog’, sov – sog’, ovdi – og’di.
3. So’z oxirida q, k tovushlari tushiriladi: sari – sariq, kichi – kichik, eti- etik.
4. Hozirgi zamon davom fe’li -jatir, -votir qo’shimchalari bilan hosil qilinadi: o’qijatir, borajatir, jazvatir.
5. Jo’nalish kelishigidagi menga, senga, unga kishilik olmoshlari mag’an, sag’an, ug’an tarzida ishlatiladi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg’ona – Toshkent shevalari asos qilib olingan.
O’zbekiston hududi sheva va lahjalarini o’rganish sohasida professor I. I. Zarubinning tadqiqotlari o’zbek shevalari orasida katta o’rin tutgan. U o’zbek shevalarini hudud bo’yicha 4 ta guruhga bo’lgan. Xiva, Farg’ona, Toshkent, Samarqand – Buxoro. Uning tadqiqotlarida hozirgi O’zbekistonning anchagina hududiga tarqalgan qipchoq (j lovchi) shevalar va shimoliy shevalar hisobga olinmaydi.
Professor K. K. Yudaxin o’zbek shevalarining 2 variantini tavsiya etadi. 1-variantda o’zbek shevalarining tojik tili bilan munosabati va singarmonizmni saqlash darajasiga qarab o’zbek shevalarini 4 guruhga ajratadi. Keyinchalik hududlarni o’rganib, shevalarni 5 guruhga ajratadi: Toshkent, Farg’ona, Qipchoq, Xiva ( Xiva – o’g’uz) va shimoliy shevalar.
Professor E. D. Polivanov bir qator o’zbek shevalarini o’rganib, o’zbek tilidagi sheva va dialektlari orasidagi eng mayda farqlarni ham ko’rsatuvchi tizimni topib berdi. Unga ko’ra metisatsiya ( qardosh tillarning chatishuvi) va gibridizatsiya ( turli tizimdagi tillarning chatishuvi). Ya’ni ba’zi o’zbek shevalarining tiklanish protsessida tojik tilining ishtirokini hisobga olib, shevalarni quyidagicha tasniflagan:
1.Eronlashmagan shevalar.
2. Eronlashgan shevalar: Toshkent, Qo’qon – Marg’ilon, Andijon- Shahrixon tipidagi shevalar maksimal eronlashgan, ya’ni tojik vokalizmini o’zida to’la aks etgan shevalar.
Professor G’ozi Olim o’zi to’plagan juda boy faktik manbalarga tayangan holda 1936-yili, Polivanovdan keyin o’zbek shevalarini hududiy tahlil qildi. U o’zbek shevalarini 3 lahjaga ajratdi. 1) o’zbek – qipchoq lahjasi; 2) turk – barlos lahjasi; 3) Xiva – Urganch lahjasi.
Ko'plab adiblar asarlarida hududlarni aniq ko'rsatib berish maqsadida shevalaridan keng foydalanadi. Masalan, O'tkir Hoshimovning “Omadli jentelmenlar” nomli hikoyasida uchta shevaga misollar mavjud. Ularni shevada va adabiy tildagi ko'rinishini bir-biriga solishtirib chiqamiz.
1.Men Bexoroning Rometan rayonidanman. Otim Baqoyev Po’lot. O’ziym maktabga ishlayman. Shunaychikun payshanbe kuni xotinim bilan mashinaga Buxoroda borib ediym. Ketopsak, lotareya sotopti. Sotuvchi o’ziymning sobiq o’quvchim ekan. “Domulla Baqoyev, dedi, manginaning lotareyasidan birtagina oling, oxe!” dedi. Xotinim aytdi: “Kot-motta odam lotareyani nema qilasiz, undan ko’ra bachalarga banan olayik”, dedi. “Xay birta lotareya olsak olibmiz-da”, deb shunay o’chirsam, “avtomobil” deb yozib qo’yibdi. Xotinim “Ibi-i-i-i” dedi-yu, yiqilib to’xtadi.
Bexoroning – adabiy tilda Buxoroning. Talaffuzda u tovushi e ga o’zgargan.
Po’lot- adabiy tilda Po'lat. Bu yerda a tovushi o ga o’zgargan.
O’ziym – adabiy tilda o'zim. Bu yerda talaffuzda bitta y tovushi orttirilyapti.
Maktabga – adabiy tilda maktabda. Bu yerda -da o'rin-payt kelishigi -ga tarzida qo’llanilyapti. Shunaychikun – adabiy tilda shunday. Bu yerda d tovushi tushirilgan. Bundan tashqari, -chikun qo’shimchasini ham qo'shilmoqda.
Payshanbe – adabiy tilda Payshanba. Bu yerda so'z oxiridagi a tovushi e tarzida talaffuz qilingan.
Mashinaga – adabiy tilda mashinada. Bu yerda o’rin-payt kelishigi -da jo'nalish kelishigi -ga shaklida kelgan.
Buxoroda – adabiy tilda Buxoroga. Bu yerda jo’nalish kelishigi -ga o’rin-payt kelishigi -da tarzida talaffuz qilingan.
Borib ediym – adabiy tilda borgan edim. Bu yerda -gan o’tgan zamon kelishigi qo'shimchasi -ib ravishda shaklida, edim to’liqsiz fe’lida esa y tovushi orttirilyapti.
Ketopsak – adabiy tilda ketayotsak. Bu yerda -ayotsak hozirgi zamon fe’l qo'shimchasi -opsak tarzida talaffuz qilingan.
Sotopti – adabiy tilda sotyapti. Bu yerda -yap hozirgi zamon fe’l qo’shimchasi -op tarzida talaffuz qilingan.
Manginaning – adabiy tilda mening. Bu yerda talaffuzda -gina yuklama orttirilgan.
Birtagina – adabiy tilda Bittagina. Aslida bir so'ziga -ta dona son qo'shimchasi qo'shilganda r tovushi t ga o'zgarishi kerak.
Oxe – bu so'z ko'proq Samarqand – Buxoro shevalarida ko'p qo’llaniluvchi so'z
Kot-motta – adabiy tilda kap-katta. Bu yerda sifat orttirma darajada qo'llanilgan bo'lib, aslida birinchi qismda p tovushi ortishi kerak. Lekin talaffuzda t tovushi ortgan va katta so’zining birinchi bo’g’indagi a tovushi talaffuzda o ga o’zgargan.
Nema – adabiy tilda nima. Bu yerda I tovushi e tarzida talaffuz qilingan.
Bachalarga – adabiy tilda bolalarga. Samarqand – Buxoro shevalarida bolaga nisbatan bacha so'zi ishlatiladi.
Olayik – adabiy tilda olaylik. Bu yerda uchinchi bo’g’indagi l tovushi talaffuzda tushirilgan.
Xay – bu so’z ham Samarqand- Buxoro shevasida qo'llaniladi.
Shunay – adabiy tilda shunday. Bu yerda d tovushi talaffuzda tushirilgan.
Ibi-i-i-i – adabiy tilda maqbuli iyi. Ya'ni hayratlanish ma'nosini anglatadi.
Samarqand – Buxoro shevalarida o'rin-payt va jo'nalish kelishigi kelishildi almashtirilib qo'llanilishiga guvoh bo'lishimiz mumkin.
2. Men Xamidxon Xabibxonovman. Namongonning Uchqo’rg’onidan bo’laman. O’tgan hafta institutga ketutsam supermarketning oldida lotareya sotutti ekan. Uchtaginasini olgan edim, mashina chiqdi.
- Xamidxon ota-onangiz bormi?
-Borlar. Dedom borlar. Abam borlar. Mana, abamning o’zlari.
- Ashnaqa, ukajon. Balamning baxtidan baxtidan o’rgilay! Lotareyaga yutganini eshitib, qaldirab qolsam deng. Dedasini aytmaysizmi?
Namongon – adabiy tilda Namangan.
Ketutsam – adabiy tilda ketayotsam. Bu yerda -ayot hozirgi zamon fe’l shakli -ut tarzida qo’llanilgan.
Sotutti – adabiy tilda sotyapti. Bu yerda -yapti hozirgi zamon fe’l shakli -utti tarzida qo’llanilgan.
Uchtaginasini – adabiy tilda uchtasini. Bu yerda -gina yuklamasi bilan ma’no yanada kuchaytirilgan.
Deda – adabiy tilda ota, dada.
Aba – adabiy tilda ona.
Ashnaqa – adabiy tilda shunaqa. Asosan vodiy viloyatlarida shu tarzda qo’llaniladi.
Balam – adabiy tilda bolam. Birinchi bo’g’indagi o talaffuzda a ga o’zgargan.
Qaldirab – adabiy tilda qaltirab. 2-bo’g’indagi 1-harf t talaffuzda d ga almashgan.
Deng – adabiy tilda deying. Aslida de asosga -ing ıı.sh.ko’plik son qo’shilganda ikki unli o’rtasida -y tovushi ortishi kerak. Lekin shevada -y bilan birga -i ham tushirilyapti.
Bularning barchasi Namangan hududi shevasiga xos.
3. Sardor siz qanday yutib oldingiz?
-Etsam etvuraman. Dodam rahmatli etgandila: “ Qimorri yaqiniga yo’lama, badbaxt, qimorvozzi kosasi oqarmiydi”, diganla. Lotareya-potareyaga toqatim yo’q. Oddix kuni shoshib ketvossam, bir bola “mashi lotareyani oling oka, moshina yutasiz”, diydi. “Yutadigan lotareya bo’sa nega o’zing omiysan?” disam “pulim yo’q-de, oka”, diydi. Ming so’m bersam, qo’limga ikkita bilet tiqishtirvotti. “Xov, bratan, zdachisini bermisanmi? Sani lotareyangni dip uyimga piyada ketamanmi?” disam, “ikkita ovuring, rachchot bo’lovuza”, diydi.
Mani ahmo dip o’ylavossizmi, oka? Xich qanaqa “Oqtepa”ni bilmiyman. Adresim boshqa. Otimam Sardor emas, Alibek. Hamma Albert diydi.
Etsam – adabiy tilda aytsam. So’zning asosida o’zgarish bo’lgan
Eturaman – adabiy tilda aytaveraman. So’zning asosi ayt bo’lib, shevada et tarzida qo’llanilgan.
Dodam – adabiy tilda bobo.
Etgandila – adabiy tilda aytgandilar. So’z asosi yana et tarzida o’zgargan. -lar ko’plik (bu yerda hurmat ma’nosida) qo’shimchasi oxiridagi r tovushi talaffuzda tushirilgan.
Qimorri – adabiy tilda qimorni. Bu yerda qaratqich kelishigi -ni talaffuzda -i tarzida kelib, asosning oxiridagi r tovushi ikkilanyapti.
Qimorvozzi – adabiy tilda qimorvozni. Bu yerda qaratqich kelishigi -ni talaffuzda -i tarzida kelib, asosning oxiridagi z tovushi ikkilanyapti.
Lotareya -potareya – bu yerdagi takror so’z aynan asosning birinchi bo’g’ini birinchi tovushi o’rniga p tovushini o’zgartirish bilan hosil qilinyapti.
Oddix – aslida rus tilidan olingan so’z bo’lib отдых , ya’ni dam olish kuni degan ma’noni ifodalaydi.
Ketvossam – adabiy tilda ketayotsam. Bu yerda -ayot hozirgi zamon fe’li -vos tarzida qo’llangan.
Mashi – adabiy tilda mana shu. Bu yerda mana ko’rsatish olmoshining ikkinchi bo’g’ini talaffuzda tushirilib, ikkinchi qism bo’lgan shu birinchi qismga qo’shilgan va so’z oxiridagi u tovushi talaffuzda i ga o’zgargan.
Oka – adabiy tilda aka. Birinchi bo’g’indagi a tovushi talaffuzda o ga o’zgargan.
Moshina – adabiy tilda mashina. Birinchi bo’g’indagi a tovushi talaffuzda o ga o’zgargan.
Diydi – adabiy tilda deydi. Bu yerda birinchi bo’g’indagi e tovushi talaffuzda i ga o’zgargan.
Bo’sa - adabiy tilda bo’lsa. Bu yerda asosdagi bo’l so’ziga -sa shart mayli qo’shilgan bo’lib, asosdagi l tovushi talaffuzda tushirilgan.
Omiysan – adabiy tilda olmaysan. Bu yerda ol so’z asosiga -may bo’lishsizlik qo’shimchasi qo’shilgan. Natijada asosdagi l tovushi tushirilib, bo’lishsiz qismdagi a tovushi talaffuzda i ga o’zgargan.
Disam – adabiy tilda desam. Bu yerda asosdagi e tovushi talaffuzda i ga o’zgargan.
Tiqishtirvotti – adabiy tilda tiqishtiryapti. Bu yerda -yapti hozirgi zamon fe’li -votti deya talaffuz qilingan.
Bermisanmi – adabiy tilda bermaysanmi? Bu yerda -may bo’lishsizlik qo’shimchasi -mi tarzida talaffuz qilingan.
Dip – adabiy tilda deb. Bu yerda e tovushi i tarzida, b tovushi p tarzida talaffuz qilingan.
Piyada -adabiy tilda piyoda. Bu yerda ikkinchi bo’g’indagi o tovushi talaffuzda a ga o’zgargan.
Ovuring – adabiy tilda olavering. Bu yerda ol so’zning asosi bo’lib, l tovushi tushirilgan. -ver qismidagi e o’rnida u tovushi qo’llanilgan.
Bo’lavuza – adabiy tilda bo’lamiz. Bu yerda -miz ıı sh.ko’plik shakli -vuz tarzida qo’llanilyapti va so’z oxirida a tovushi orttirilyapti.
Mani – adabiy tilda meni. Ayrim hududlarda man tarzida talaffuz tilidagi.
Ahmo – adabiy tilda ahmoq. Toshkent hududida ko'pincha so'zlarning oxirgi tovushi talaffuz qilinmaydi.
O'ylavossimi – adabiy tilda o’ylayapsizmi. Bu yerda -yap hozirgi zamon fe'li -vos tarzida, -siz ıı.sh. ko'plik -si tarzida talaffuz qilingan.
Hich – adabiy tilda hech. Bu yerda e tovushi talaffuzda I tarzida talaffuz qilingan.
Bilmiman – adabiy tilda bilmayman. Bu yerda -may fe'lning bo'lishsiz shakli -mi tarzida qo’llanilyapti.
Otimam – adabiy tilda otim ham. Talaffuzda ikki qism birlashib, h tovushi tushirilgan.
Diydi – adabiy tilda deydi. Talaffuzda e tovushi I ga o'zgargan.
Bularning barchasi Toshkent viloyati va Toshkent shahri shevalariga xos.
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, umumilliy tilning sheva va dialektlari ma’lum til sistemasigab ega bo’lib, real til qurilishini aks ettiradi. Ularning sistemasi tor dialektal va lokal ( mahalliy, ma’lum bir joyga xos) belgilardangina emas, balki ularning ma’lum yig’indisidan iborat. Hududlarni etnopragmalingvistik jihatdan o’rganishda ularning, dialekt, sotsiolekt, sheva va lahjalarini hisobga olmoq zarur. Har bir hudud alohida sheva va lahjalardan foydalanadi, ammo barchasi uchun tushunarli bo’lgan,adabiy tilga yaqin shevalar bu Toshkent va Farg’ona shevalaridir. Ularni hududiy jihatdan tahlil qilishda avvalo ularning kelib chiqish tarixi, taraqqiyoti va qaysi so’zlar qanday nutqiy vaziyatda qo’llanilishi kerakligini hisobga olmoq lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Nargiza Erkaboyeva. Ma'ruzalar to‘plami. "O‘qituvchi" -T. , 2019

  2. O’tkir Hoshimov. Tanlangan asarlar. “G’afur G’ulom” – T., 1997

  3. V.V. Reshetov, Sh. Shoabdurahimov. O’zbek dialektologiyasi. “O’qituvchi”- T., 1978



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish