206-guruh talabasi Kazakov Baxtiyor
Mavzu: Badiiy asarni etnopragmalingvistik jihatdan tasniflash.
Reja:
1.Badiiy asarlarni etnopragmalingvistik jihatdan tasniflash nima .
2.“Bemor” hikoyasini tahlili
3. Badiiy asarlarni etnopragmalingvistik jihatdan tasniflash nima uchun ahamiyatli.
Badiiy asarlarni etnopragmalingvistik jihatdan tasniflash nima deganda , badiiy asarlarni kerak bo’lsa har bir jihatidan tahlil qilish desak adashmagan bo’lamiz. Badiiy asardagi qo’llanilgan jumla va so’zlarni nima sababdan qo’llanilgani, kimga va qaysi vaziyatda qo’llanilgani kabi masalalarni tahlil qiladi. Asardagi so’zlar va iboralar qaysi shevaga oidligi , yosh jihatidan chegaralganmi yoki yosh jihatudan shegaralanmaganmi , hududiy chegaralanganmi yoki chegaralanmaganmi kabi jihatlardan tasniflaydi. Bu jihatidan asarlani tasniflash asarning ochilmagan qirralarini ochib beradi. Misol uchun bir jumlani olaylik, birgina “ yuklari loydan o’tginucha eshshakni ham tog’a deydi” iborasini olaylik. Bu iborani yosh jihatidan chegaralganmi yoki yosh jihatudan chegaralanmaganmi degan tasnifda buni aytayotgan inson yosh bola emasligi, es-hushini yig’ib olgan katta yoshdagi inson aytganligini biz bilib olamiz. Bu iboraga boshqa jihatdan ham etibor berishimiz mumkin. Ijtimoiy holatiga ko’ra tasniflasak , bu ibora aynan kimga qaratilganini biloib olish mumkin. Bu iborani biz ishi bitguncha har kimni xizmatini qiladigan, unga tilyog’lamalik qiladigan , kerak bo’lsa boshqani juda qattiq e’zozlaydigan insonni tushunamiz. Bu kabi tasniflashlar asarni chuqurroq tahlil qilib , yanada asardagi mano-mazmunni his qilishimiz mumkin.
Men bu mavzuda amaliy jihatdan yondashish uchun Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasini tanlab oldim. Chunki bu hikoyada ifoda etilgan mavzu va zamon har jihatdan chuqur va aniq tahlil qilishga muhtoj.
Bu hikoya orqali Abdulla Qahhor o’sha davrdagi millatimiz va davlatimiz ustida bo’lib o’tayotgan o’ta ayanchli voqealarni, qiyinchiliklarni birgina ayolning bemorligi orqali ifodalab bergan. Bu asarda oddiygina kasallik tufayli vafot etishi va shu kasalni bilimli tabibga, yaxshiroq doktorga ko’rsatgani yetarlicha puli yo’qligi sababli vafot etishini his qilishimiz mumkin. Oxirida yozuvchi bu hikoya orqali ayolni bemor emas, balki jamiyat bemor ekanligini qayd qilgan.
Endi esa bu hikoyani quyida keltirib uni etnopragmalingvistik jihatidan tahlil qilamiz:
Osmon yiroq, yer qattiq.
Maqol
Sotiboldining xotini ogʻrib qoldi. Sotiboldi kasalni oʻqitdi – boʻlmadi, tabibga koʻrsatdi. Tabib qon oldi. Betobning koʻzi tinib, boshi aylanadigan boʻlib qoldi. Baxshi oʻqidi. Allaqanday bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi, tovuq soʻyib qonladi… Bularning hammasi, albatta, pul bilan boʻladi. Bunday vaqtlarda yoʻgʻon choʻziladi, ingichka uziladi.
Shaharda bitta doktorxona bor. Bu doktorxona toʻgʻrisida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch parkda, daraxtlar ichiga koʻmilgan baland va chiroyli oq imorat; shisha qabzali kul rang eshigida qoʻngʻiroq tugmasi bor. Chigit poʻchoq va kunjara bilan savdo qiladigan xoʻjayini Abdugʻaniboy omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib oʻladigan boʻlganida bu doktorxonaga bormay Simga ketgan edi. Doktorxona deganda Sotiboldining koʻz oldiga izvosh va oq podshoning surati solingan 25 soʻmlik pul kelar edi.
Bemor ogʻirlashdi. Sotiboldi xoʻjayinining oldiga arzga bordi, ammo bu borishdan muddaosi nima ekanini aniq bilmas edi. Abdugʻaniboy uning soʻzini eshitib koʻp afsuslandi, qoʻlidan kelsa hozir uning xotinini oyoqqa bostirib berishga tayyor ekanini bildirdi, keyin soʻradi:
– Devonai Bahovaddinga hech narsa koʻtardingmi? Gʻavsul aʼzamga-chi?
Sotiboldi ketdi. Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur boʻldi – har xil savatchalar toʻqishni oʻrgandi. U ertadan-kechgacha oftobshuvoqda gavronlar ichiga koʻmilib savat toʻqiydi.
Toʻrt yashar qizchasi qoʻliga roʻmolcha olib, onasining yuzini karaxt, nimjon, xira pashshalardan qoʻriydi; baʼzan, qoʻlida roʻmolcha, mukka tushib uxlab qoladi. Hammayoq jim. Faqat pashsha gʻingʻillaydi, bemor inqillaydi; har zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi: “Hey doʻst, shaydullo banomi ollo, sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo…”Bir kechasi bemor juda azob tortdi. U har ingraganda Sotiboldi chakkasiga burov solingan kishiday talvasaga tushar edi. Qoʻshnisi bir kampirni chaqirdi. Kampir bemorning toʻzigan sochlarini tuzatdi, u yoq-bu yogʻini siladi, soʻngra… oʻtirib yigʻladi.
– Begunoh goʻdakning saharda qilgan duosi ijobat boʻladi, uygʻoting qizingizni! – dedi.
Bola anchagacha uyqu gʻashligi bilan yigʻladi, keyin ota-sining gʻazabidan, onasining ahvolidan qoʻrqib, kampir oʻrgatgancha duo qildi:
– Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin…
Bemor kundan-kun battar, oxiri oʻsal boʻldi. “Koʻngilga armon boʻlmasin” deb “chilyosin” ham qildirishga toʻgʻri keldi. Sotiboldi toʻqigan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz koʻtardi. “Chilyosin”dan bemor tetik chiqqanday boʻldi; shu kechasi hatto koʻzini ochib, qizchasini yoniga tortdi va pichirladi:
– Xudo qizimning saharlari qilgan duosini dargohiga qabul qildi. Dadasi, endi tuzukman, qizimni saharlari uygʻotmang.
Yana koʻzini yumdi, shu yumganicha qaytib ochmadi – saharga borib uzildi. Sotiboldi qizchasini oʻlik yonidan olib, boshqa yoqqa yotqizayotganda qizcha uygʻondi va koʻzini ochmasdan odatdagicha duo qildi:
– Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin…
1936.
Bu hikoya 1936-yilda yozilganiga qaramasdan bu 19-asrning oxirlari va 20-asrning boshlari haqida hikoya qiladi. Adib bu asarda maqol va iboralardan unumli foydalanadi. Misol uchun “Bularning hammasi, albatta, pul bilan boʻladi. Bunday vaqtlarda yoʻgʻon choʻziladi, ingichka uziladi.”
Birgina ibora orqali anchagina ma’noni ifodalayapti. Agar adib bu iborani qo’llamasdan oddiy so’zlar bilan vaziyatni ifodalaydigan bo’lsa , nutqning bo’yoqdorligi , ta’sirchanligini va ixchamligini yo’qotadi. Bu yerda “yo’g’on cho’ziladi , ingichka uziladi” deyishni o’rniga “ puli ko’p boyning bu davrda ko’p pul sarflashligi, hatto boyning o’zi ham qiynalishligi, , kambag’al esa umuman hech narsa qila olmasligi , qo’lidan hech narsa kelmasligi” ifodalanadi. Yana bu asarda ham faqat o’sha davr uchun tanish bo’lgan , keyinchalik boshqa nomga almashgan joy nomlari ham mavjud. Masalan “Chigit poʻchoq va kunjara bilan savdo qiladigan xoʻjayini Abdugʻaniboy omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib oʻladigan boʻlganida bu doktorxonaga bormay Simga ketgan edi.” “Sim” joy nomi. O’sha davr odamlari uchun ma’lum bo’lgan . Hozirgi o’quvchi bu nomni bilmaydi. Bilsa ham ma’lum bir joylarda, cheklangan insonlargina bilishadi. “Sim” bu hozirgi Farg’ona. Yozuvchi nimaga to’g’ridan to’g’ri Farg’ona demadi degan savol tug’ilishi mumkin. Buning sababi “Sim” joy nomi orqali o’quvchi ko’z o’ngida o’sha davr muhitini gavdalantirib beryapti. Bu asarda yana to’rt yasharlik qiz ham ishtirok etadi. Bemor ayolning qizi . Aynan u qizning tilidan yosh bollarga xos so’z va talaffuzlar ifodalangan. Misol uchun “Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin” shu jumla orqali so’zlovchini yoshini bilib olamiz . Yana shu yerda qo’shimchalarni qo’llashdagi hududiy birliklar ham ifodalangan . “Ayamdi” so’zidagi –di qo’shimchasi adabiy tildagi tushum kelishigi –ni o’rniga muqobil ravishda ishlatilgan. Asosan –ni ni –di shaklda Farg’ona vodiysi aholisi va ayrim Qirg’iziston Respublisaning vodiyga yaqin hududlaridagi aholi ham qo’llashadi. Yana qizning “Beygin” deyishi orqali uning yoshini aniqlab olishimiz mumkin. Yosh bollar “R” harfini talaffuz qilishdagi muommolari borligi tufayli bu jarayon osongina aniqlanib olinadi. Bu hikoyadi adib maqol va iboralar orqali, yosh kategoriyasiga aloqador so’zlar orqali va ma’lim bir hududga aloqador qo’shimcha va joy nomlari orqali o’sha davr muhitini yaratdi. Agar badiiy asarlarni etnopragmalingvistik jihatidan o’rganadigan bo’lsak, asarning hali ochilmagan qirralari va adibning mahoratlarini ochib boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Nargiza erkaboyeva
2.V . V. Reshetov
Do'stlaringiz bilan baham: |