Vitamin B1 - tiamin yoki anevrin. Birinchi navbatda bu vitamin
markaziy nerv tizimini normal ishlashi uchun kerak, qolaversa beri-beri
deb nomlangan og’ir periferik nevrit kasalligmi oldini olish uchun ham
kerak. Karbonsuv va azot almashinishida o ’z ta’sirini namoyon etadi. Bu
vitamin yetishmagan vaqtda xotira kuchsizlanadi, diqqat e’tibor pasayadi,
ta’sirchanlik holatlari, oyoqlarda og’riq, mushaklar bo’shashishi
kriladi. Karbonsuvlarni parchalanish jarayoni to’xtaydi, hosil bo’lgan
pirouzum kislotasi tanada to’planadi va energiyani sarflashga halaqit beradi.
Mashq qiladigan sportchilar uchun bu hodisa manfiy ta’sirga ega.
Vitamin Bj ga boy ovqat moddalariga qora bug’doy non, hamirturush, loviya,
no’xat va boshqalar kiradi. Nisbatan jigarda, buyrakda, tuxum sarig’ida
ham ko’p. Vitamin Bi oq nonda, pecheneda, guruchda y o ’q. Vitamin
Bi ni kunlik me’yori 18-40 yoshlardagi erkaklarga jism oniy mehnatiga
qarab 1,9-2,4 mg., ayollar uchun 1,6-2,0 mg miqdorida belgilangan.
Vitamin Bi nerv va mushak faoliyatini yaxshilaydi, og’ir ishlardan sng
charchashni y o ’qotadi. Bu vitaminni ko’plab sarflanishi ogMr uzoq davom
etadigan sport mashg’ulotlari vaqtida, tashqi muhitni harorati yuqori
boMgan vaqtda teri orqali chiqib ketishi hisobiga aniqlangan. Shu boisdan
sportchilarga beriladigan dozasi birmuncha ko’paytirilgan. 0 ’quv
mashq yigMnlarida ish qobiliyatini oshirish va charchashni kamaytirish
maqsadida (Minx A.A., Yakovlev N.N. va boshqalar) bir kunga qo’shimcha
5-10 mg dan beriladi. Ozuqa ratsionini vitaminizatsiya qilish maqsa-
dida bir kunda 50 g hamirturush yoki suyuq pivo achitqisidan 100-200 g
iste’mol etiladi.
Vitamin B2-riboflavin .
B2 gruppasidagi boshqa vitaminlar kabi biologik oksidlanish jarayonlarida
qatnashadi. Yana yorugMik nurini va rangli nurlarni ko’rishda
ishtirok etadi, to’qima!arni regeneratsiya va sishini yaxshilaydi. Bu
vitamin yetishmaganda oksidlanish - qaytarish jarayoni intensivligi kamayadi,
aminokislotalarni va yogMami sintezi zlashtirish buziladi, ish*
taha bo’g’iladi, kam quvvatlik, ish qobiliyati pasayadi, kasallik holati lab
burchaklari yoriladi (bichiladi), krish organi funksiyasi buziladi (yorugMikdan
qrqish, soMak oqishi, aniqmas ko’rish, konyunktivit). Riboflavinning
asosiy manbai achitqilar, jigar, yosiz go’sht, buyrak, tuxum
sarig’i, sut, sir, dukkaklilar, qora non. Vitamin B2 ni kunlik me’yori 18-
40 yoshlardagi erkaklarga 2,2-3,0 mg., ayollarga 1,9-2,5 mg miqdorida
belgilangan. Karbonsuvlarga boy boMgan ozuqa moddalarini iste’mol
etish riboflavinga boMgan ehtiyojni oshiradi. Sport bilan shug’ullanadiganlarga
riboflavinni bir kunlik me’yori 6-8 mg gacha ko’paytirilgan.
Vitamin PP - nikotin kislota. Tanaga nikotin kislota oksidlanish
jarayonlarda qatnashadi, markaziy nerv tizimiga teri holatiga yaxshi ta’-
sir ko’rsatadi. Bu vitamin kam boMsa, umumiy holsizlik, bosh aylanishi,
terini qurishi, xotirani pasayishi, kayfiyatni pasayishi, tez charchash holatlari
namoyon bIadi, agarda tamomila yo’q boMsa, pellagra kasalligi
namoyon boMadi. Pellagra kasalligi terida keskin o’zgarish boMishi,
^ ichak faoliyatining buzilishi (ich ketish) va asab faoliyatini tormozlanishi
bilan ta’riflanadi. Uzoq vaqt jo ’xori, suxari, konservalar bilan ovqatlanish
natijasida pellagra kasalligi paydo boMadi. Vitamin PP ko’p blgan
ozuqa moddalariga achitqilar, jigar, buyrak, mol gshti, buzoq gshti,
qora non, dukkaldilar misol boMa oladi. Vitamin PP ni kunlik m e’yori
18-40 yoshlardagi erkaklarga jismoniy mehnatiga qarab 18-24 mg., ayollar
uchun 16-21 mg miqdorida belgilangan. 0 ’quv mashq vaqtlarida qo’-
shiincha 15 mg nikotin kislota qabul etish ish qobiliyatini oshirganligi
aniqlangan. Shu boisdan juda mas’uliyatli musobaqalar vaqtida qshimcha
20-30 mg nikotin kislota qabul etish l.M.Borisov, Ye.M. Zaburkinlar
tavsiya etishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |