Mustaqil ish mavzu: Kalkulyatsiya, uning maqsad va vazifalari Guruh: 85-guruh Bajardi



Download 75,93 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi75,93 Kb.
#353527
Bog'liq
MS-9


O’zbekiston respublikasi Oliy va

O’rta ta’lim

Vazirligi

Toshkent Moliya Instituti Sirtqi bo’limi

­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­________________fanidan




MUSTAQIL ISH


Mavzu: Kalkulyatsiya, uning maqsad va vazifalari

Guruh: 85-guruh

Bajardi: Rajabov Yorqin

Qabul qildi:________________

Toshkent-2021

Kalkulyatsiya, uning maqsad va vazifalari

Reja:

1.Kalkulyatsiya nima?

2. Хarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish tizimini turkumlash

3. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli

KALKULYATSIYA

KALKULYATSIYA (lot. calculatio, calculo — hisoblayman, hisob-kitob) — mahsulot birligi yoki bajarilgan ish tannarxini hisoblab chiqarish. Kalkulyatsiya tannarx boʻyicha reja yoki hisobotning asosiy koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi. Korxonada aniq bir turdagi mahsulot birligini i. ch. va sotish boʻyicha, shuningdek, xalq xoʻjaligining sanoat, transport va b. tarmoqlarida ish birligini (tashish, taʼmirlash va b.) bajarish uchun qilingan xarajatlarni pul shaklida ifoda etadi. Kalkulyatsiya quyidagi turlarga boʻlinadi: reja Kalkulyatsiyasi (ilgʻor ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning ilgʻor usullarida mehnat sarflari meʼyorlari asosida tuziladi). Bunday Kalkulyatsiya navbatdagi davr uchun (yil, chorak) ayrim mahsulotlarning oʻrtacha tannarxini belgilashda qoʻllaniladi, ulgurji narxni belgilashga asos boʻladi; hisobot K. (xatga olish maʼlumotlari asosida hisoblanadi, reja vazifalari bajarilishini nazorat qilish uchun tuziladi, amaldagi xarajatlar darajasini koʻrsatadi); normativ Kalkulyatsiya (i. ch. vositalari va ish vaqtidan foydalanishning mavjud meʼyorlari asosida tuziladi); l o y i ha Kalkulyatsiya (boshqa koʻrsatkichlar bilan bir qatorda kapital qoʻyilmalar va yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qoʻllaniladi). Shuningdek, tannarx Kalkulyatsiyasi ishlab chiqarish, toʻliq, tarmoq va b. K. larga boʻlinadi

Хo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatida sodir bo’lgan xarajatlarni guruhlashtirish u yoki bu boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yo’naltirilgan. Lekin xo’jalik faoliyatida ro’yobga chiqadigan holatlar ishlab chiqarilgan namunaviy tizimlarga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z menedjerlarining talabidan kelib chiqqan holda va ularning talabini qondirish uchun ayrim olingan hisob tizimining loyihasini ishlab chiqadilar. Shu bilan bir qatorda ushbu hisob tizimlarining xilma-xilligidan qat’iy nazar subyektlar faoliyatining nazariyasi va amaliyoti tomonidan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishni tashkil qilishning umumiy tartibi ishlab chiqilgan.

Хo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyatida xarajatlarning boshqaruv hisobi tizimini tashkil qiladigan va o’zaro bog’langan uchta element mavjud: ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish; tayyor mahsulotlarning hisobini yuritish va ushbu tayyor mahsulotlarning tannarxini kalkulatsiya qilish.

Ushbu o’zaro bog’langan tizim elementlarining talabidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish tizimi ushbu xarajatlarning turlari, tarkibi, mazmuni, yo’nalishi, sodir bo’lgan joylari va mas’uliyat markazlari, mahsulot yoki ishlarning turlari va ularning bir xil guruhlari, buyumlarning qismi va yarimfabrikatlar bo’yicha guruhlashtirishda qo’llaniladigan usullarning o’zaro aloqalarini aks ettirishi lozim va amal qilinayotgan me’yorlar bilan rejalashtirilgan samaradorlikni taqqoslash natijasida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni nazorat qilish usullaridir.

Ularning tarmoqlar bo’yicha xususiyatidan qat’iy nazar har bir xo’jalik yurituvchi subyektda xarajatlarni hisobga olish tizimi xo’jalik faoliyatining natijalarini ishonchli va xolisona aniqlash va ishlab chiqarish faoliyatining borishi ustidan nazorat o’rnatish imkoniyatini yaratib beradigan tashkiliy modulni talab qiladi.

Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqarishning texnologiya va tashkiliy xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayonining davom qilish muddati, mahsulotlarning miqdor va sifat tasnifi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishning har xil usullari va uslublarini qo’llashni talab qiladi. Хo’jalik yurituvchi subyektning amaliyotida qo’llanilayotgan ushbu tizimlar quyidagi tartibda turkumlashtiriladi:



A. Guruhlashtiriladigan obyektlar










Buyurtma tizimi




Jarayon tizimi










V. Me’yorlashtirish darajasi










Haqiqiy sarflarning tizimi




Me’yoriy sarflarning tizimi










S. Хarajatlarni qamrashning to’laligi










Тo’liq sarflarning tizimi




Qisman sarflarning tizimi

8.1- chizma . Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimining turkumlanishi

Хarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish tizimidan foydalanishda o’zbilarmonchilikka yo’l qo’yish mumkin emas. Chunki uni qo’llashning maqsadi boshqarish va xarajatlarni hisobga olish obyektlari bilan chambarchas bog’langan holda yig’ilgan.

Bizning mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va korxonalarning iqtisodiyotiga bag’ishlab chop qilingan adabiyotlarda, 1999-yil 5-fevralda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan "Хarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi nizom, buxgalteriya hisobining standartlari va xalqaro standartlarga ko’ra xo’jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning xarajatini hisobga olish va tannarxini kalkulatsiya qilishning uchta usuli me’yoriy, ishlov berish (jarayonlar bo’yicha) va buyurtma usullari mavjud. Ushbu usullarning qaysi birini qo’llash har bir xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilgan mahsulotning turlari, texnologiya jarayoni, tarmoqning xususiyati, ishlab chiqarishni tashkil qilish usuli va uning turlaridan kelib chiqqan holda o’zida ishlab chiqilgan hisob siyosatida ko’rsatadi va rahbarning buyrug’i bilan mastahkamlaydi. Shu bilan bir qatorda yuqorida keltirilgan turkumlarning hech biri ayrim olgan holda xo’jalik yurituvchi subyektning ichidagi o’ziga xos xususiyatlarini to’liq va har tomonlama yoritishga da’vogar bo’la olmaydi.

Ushbu yuqorida keltirilgan xarajatlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish belgilari xarajatlarni hisobga olish tizimini muvaffaqiyatli tashkil qilishga va bir usulni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi va osonlashtiradi.

Bizga ma’lumki, har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’zining faoliyatidan kelib chiqqan holda hisob siyosatini ishlab chiqadi va unda xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish usulini belgilaydi. Demak, yuqorida yoritilgan usullarning qaysi birini qo’llash uning texnologik jarayoni, mahsulotining turlari, tarmoq xususiyati va tashkiliy tarkibiga bog’liq.

Хarajatlarni hisobga olish mahsulot yoki buyurtmaning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli asosan ishlab chiqarish texnologiyasi uchun sarflangan xom-ashyo va materiallar, mehnat sarflari va boshqa umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatning turiga olib borish imkoniyati bo’lgan ishlab chiqarishda yoki subyektlarda qo’llaniladi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtma usulini joriy qilish uchun tegishli shart-sharoitlar mavjud bo’lishi kerak. Ushbu usulni joriy qilishning asosiy sharti bu tegishli buyurtmaga asosan yoki bitta ayrim olingan mahsulotni yoki ushbu mahsulotlarning guruhini ajratish imkoniyatini yaratish va ishlab chiqarilgan har bir mahsulot yoki bajarilgan ishning o’rtacha emas, balki yakka holdagi tannarxi to’g’risida ma’lumotlarni olish sharoitini tug’dirishdir. Ushbu hisob va kalkulatsiya tizimining usuli qo’llaniladigan ishlab chiqarish turlariga asosan qurilish obyektlari, samolyot-kemasozlik, qog’oz, mebel sanoati, ilmiy-izlanish, konstruktorlik va ta’mirlash ishlari, auditorlik, konsalting xizmatlari va shunga o’xshash yakka buyurtma yoki kichik guruhlardagi tovarlarni ishlab chiqarish jarayonlari kiradi.

Buyurtmalar bo’yicha xarajatlarni umumlashtirilgan hisobi bir necha variantlar bo’yicha quyidagilar yordamida tashkil etiladi: nazorat schyotlari; alohida hisoblash va shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi.

Nazorat schyotlari- bu xarajatlar va ular bilan korrespondensiyada bo’ladigan schyotlarni moliyaviy hisobning odatdagi tartibida ochilishini ko’zda tutuvchi schyotlar tizimi hisoblanadi. Хarajatlarning analitik schyotlari xarajatlar to’plami kartochkalarida ko’rsatilgan- ularda to’g’ri xarajatlar umumlashtiriladi. Egri xarajatlarni esa taqsimlash hisoblari bo’yicha hisobot davri tugagandan so’ng kiritiladigan "buyurtmalar kartochkalari"da hisobga olib boriladi. Kartochka buyurtmada ko’rsatilgan hamma ishlar bajarilgandan so’ng yopiladi. Hamma buxgalterlik yozuvlar qaydnomalarga qayd qilinadi, natijalar bosh kitob schyotlariga o’tkaziladi.

Alohida hisoblash- bu boshqaruv va moliyaviy hisobda schyotlarni alohida ochishni ko’zlovchi hisob tizimi bo’lib, bu holda xarajatlar schyotlariga moliyaviy muomalalar haqida yozuvlar qilinmaydi. Bu variant yozuvlarni hisobning ikki turida takrorlashni ko’zda tutadi.



Shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi- ishlab chiqarilishi uzoq siklli bo’lgan yirik buyumlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish tizimi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchiga qilingan ishlar uchun bosqichlar bo’yicha oraliq to’lovlar shartnomada ko’zda tutilgan to’lovlar summasi buyurtmachi dalolatnoma bilan tasdiqlangan realizatsiya qilingan ishlar qiymati bilan aniqlanadi. Тo’lovlarning kelib tushishiga qarab mazkur davr uchun foyda hisoblash uchun realizatsiya qilingan mahsulot tannarxiga kiritilishi kerak bo’lgan xarajatlar aniqlanadi. Shu yerda vaqti o’tmagan xarajatlarning miqdori, ya’ni tugallanmagan va buyurtmachiga topshirilmagan ishlarning tannarxi aniqlanadi.
Download 75,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish