Kishining mehnat faoliyati turli-tuman bo`lganligi uchun, uning mehnatiga haq to`lash ham turlicha shakllarda namoyon bo`ladi. Ish haqining ikki shakli qabul qilingan:
ishbay haq to`lash;
vaqtbay haq to`lash.
Bundan tashqari mehnatga haq to`lash o`z vazifasiga ko`ra:
- asosiy ish haqi to`lashga;
- qo`shimcha haq to`lashga bo`linadi.
Mehnatga haq to`lash shakllari va tizimi
Mehnatga haq to`lash tizimi – o`zaro bog`langan, bir maqsadga qaratilgan, bir-birini to`ldiruvchi turli haq to`lash shakllarining o`zaro yig`indisidir.