Ishchilarni to‘g‘ri tanlash uchun ikki xil ichki va tashqi chegara mavjud. Ichki chegara - bu korxona tomonidan qabul qilingan va tadbiq qilingan me’yordir. Tashqi chegara-bu o‘z ichiga qonunlashgan me’yorlarni, xujjatlarni oladi, masalan, mehnat va mehnatning sanitariya normalari. Kadrlar bo‘limi vazifasi ishchilarni ishga yollash va mehnat rezervlarini saqlash bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mutaxassislarni mas’uliyatli mansabga tanlash; ishchilarni mansabga yollash; ishchilarni ishdan bo‘shatish. U bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |