Mustaqil ish mavzu: Alisher Navoiy


FURQAT-MA’RIFAT VA MADANIYaT TAR¢IBOTChISI



Download 46,35 Kb.
bet4/6
Sana15.02.2022
Hajmi46,35 Kb.
#450016
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
furqat lirikasi B Muhammadjon

FURQAT-MA’RIFAT VA MADANIYaT TAR¢IBOTChISI

Zokirjon Furqatning ma’rifatparvarlik ruxidagi asarlarida davrning bosh masalalaridan biri-Rossiyaga, rus xalqiga munosabat masalasi, o’lkaning Rossiya sostaviga qo’shib olinishini baxolash masalasi chuqur xalqchillik pozitsiyasidan goyaviy etuklik va katta zakovat bilan xal etiladi. Reaktsion guruxlar, feodal tuzumi maddoxlari, din Xomiylariga zid o’laroq, demokrat shoir Rossiyaga qo’shib olinishni ma’qulladi, uning chorizm va rus burjuaziyasi ish-ixtiyoridan tashqari bo’lmish ob’ektiv ijobiy oqibatlarini ko’rdi, faxm etdi, o’zbek xalqining kelajagi,taqdiri, zamonaviy taraqqiyotga erishuvi faqat Rossiya va rus xalqi bilan xamkorlik va do’stlashuvda ekanligini o’z davrining ilgor farzandi sifatida tushundi. Shubxasiz, shoir bunda ma’lum evolyutsiya jarayonini bosib o’tdi... Bunga aniq ishorani “Furqatnoma”ning quyidagi jumlalarida xam ko’ramiz: “... Ho’qand va Margilonda ekan vaqtimda Rusiya rasmlarini mutlaqo bilmas erdim... Ul vaqtlarda Rusiya xalqidin baroq odamni bazorda ko’rsam, qochib yiroqdin o’tib ketar edim. Hatto o’ris bilan so’zlashgan odamni yomon ko’rar erdim... Toshkent shaxriga kelib, bir necha vaqt turub, Rusiya xalqining odamlari bilan tanishib, oshno bo’lib, alarning ko’p rasmlarini ko’rdim va ko’rmaganimni so’rdim...” Demak...


Keyinchalik “Rossiyaning Sharqqa nisbatan madaniylashtiruvchilik roli”ni tushungan Furqat ossiyani uluglashga kirishadi. Hatto shoir Rossiyaga qo’shib olinish natijasida o’lkada asrlar mobaynida muntazam davom etib kelgan feodal boshboshdoqlikka, taxt uchun olib boriladigan o’zaro ichki urushlarga uzil-kesil barxam berilganligini so’zlaydiki, bu nixoyatla muximdir. Bu tarixiy xaqikat “Turkiston viloyati gazeti” 1903 yil 9 may sonida bosilgan asarida shunday beriladi:
Qadim ayyom xonlaro asrini ko’rgan-eshitganmiz:
Har oyda bir tarafdin yov chiqib elga ziyon etdi.
Bir-ikki gaz qizil chit nayzaga boglab alam aylab,
Qo’shun tortib necha erlarni toroju talon etti.
Ko’p elni xuni noxaq qildi ul saffoni joxillar,
Bolasini etim-xotunlarin bexonumon etti.
Qachon Rusiya axli qo’shdi yuz Fargona mulkiga,
Musulmonlarni ul sho’ru balolardin omon etti.
Shoir “Ilm xosiyati” she’rida yangi davr va yaqin kelajak ossiya davridir, degan chuqur xulosaga keladi:
Zixi davroni arxunda nishoni,
Zamon o’ldi o’rusiya zamoni.
Toparga ilmni aylar jadallar,
Topib aylab aning birla amallar.
Bo’lub bu asr xikmat axli xadsiz
Fatonat axli donishmand adadsiz.
Ulumu fanda Aflotundin afzal,
Kamoli axlu donish birla akmal.
Furqatning ma’rifatparvarlik ruxidagi asarlaridan birinchisi-“Gimnaziya” rus-evropa ta’lim-tarbiya, o’qituv sistemasiga madxiya sifatida jaranglaydi. Ayni zamonda, “Gimnaziya” ob’ektiv ravishda eski usuldagi maktablar axvoliga tanqidiy nazar bilan qarash, yangi tartiblarni orzu qilish ro’xi bilan sugorilgan. Asar eski maktabning qotib qolgan chalasavod domlalariga qarshi qaratilgan tanqid sifatida xam axamiyatlidir:
Esizkim, bizni o’tmish xonu beklar.
Kechib ishratda zos subxu shomi,
Keturmay yonigi bir axli donish,
O’ziga xos etib necha ovomi.
Chu ilmu fazl elini tutmadilar,
Qilibon tarbiyatda extiromi...
Ma’rifat tavsifiga bagishlangan va “Akt majlisi xususida” deb yuritilayotgan masnaviy o’zining mazmuniga ko’ra “Gimnaziya”ning davomidir. Unda shoir gimnaziyani bitiruv imtixonlariga bagishlangan majlis xaqida batafsil so’z yuritadi. Ayniqsa, bitiruvchilar orasida “musilmon xalqimizda tolibul-ilm”lar xam borligi muallifni quvontiradi. Nixoyat shoir bu so’zlarni aytishdan maqsadim ilmga chanqoqligim deydi va zamondoshlarini yana ilm olishga da’vat etadi:
Tiriklikda kishikim qilsa xar kor,
Ani osonligina ilm darkor.
Shoir asar xotimasida “Bu so’zlarni demoqdin shul murodim”,-deya asosiy goya bayoniga o’tadi va zo’r extiros, kuchli xayajon bilan ilm, maorifni uluglaydi. Ilm insonga o’zligini tanitadi, xayotdagi o’rnini belgilaydi, unga jaxonni ochadi”, bir mash’aldek uning yUlini yoritadi, deydi shoir:
Jaxon ravshan ziyoni ilmdandur,
Ko’ngil sofi safoyi-ilmdandur.
Charog o’lsa agar xam kim qo’lida,
Xatar bo’lmas qaronguda yo’lida.
“Turkiston viloyatining gazeti”da (1890 yil, 35, 36 va 39-son).
Zokirjon Furqatning Toshkentda uyushtirilgan vistavkaga bagishlangan (umumiy soni 92 baytdan iborat) masnaviylari e’lon qilinadi. 30 avgustda ochilgan vistavkani 2 sentyabrda tamosha qilgan shoir o’z taassurotlarini juda tezlik bilan she’rga tushirgan, 6 sentyabrda esa gazetxonlar u bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lganlar. Bu repertaj-masnaviylar voqea yuz bergan joydan uyushtirilgan oddiy gazeta xabari emas, balki ma’rifatparvar shoirning ilgor qarashlarini aktiv targib etuvchi etuk badiiy asarlar darajasiga ko’tarilgan.
Shoir bevosita voqea yuz bergan joyda-vistavkada. U jiddiy manfaatdorlik bilan ko’rzagmani diqqat qiilb aylanadi va mayda-chuyda detallarga qoldirmay birma-bir o’quvchilarga bayon qilib beradi. o’ning tasviri tinglovchilarda zo’r qiziqish, xavas uygotib fikrlarini boyitadi:
Hunarkim, vasfi bo’lsa xar zabonda,
Qilur ko’b qadrlar paydo jaxonda.
Furqat vistavkada o’zbek xunarmandlarining xam bir qancha kashfiyotlari namoyish qilinayotgan, ular rus kishilarida katta taassurot qoldirib, taxsinga sazovor bo’lganligini chuqur mamnuniyat va tabiiy gurur bilan yozadiki, bu o’z navbatida, ragbatlantirish, undov kabi o’qiladi:
... Samarqandu Buxorodin matoi,
Kelturdilar xama o’z ixtiroi...
Musulmon aylagan moshinalar xam,
Bor erdi, garchi ko’p yo’qdur, gara kam.
Ko’rub rusiyalar: “Axsan!” –dedilar..
“Musulmondin ajab bir fan” dedilar.
Maxalliy Milliy vakillarining vistavkada qatnashuvlari tasviriga shoir ayniqsa, ikkinchi masnaviyda katta o’rin ajratadi. Uning yozishicha, Buxoro kosib-xunarmandlari namoyish etgan siopxiy asboblari, “ipaklik ish, atlas, beqasam, shoxiyu adros”lari, “duxoba” birla kimxob, zardo’ziyu, zarrinu zardoblari”, Urganchdan keltirilgan gilam, chakmonlar va boshqa molu asbob-uskanalar tomoshobinlarni xayajonlantirgan.
Bu tsikl masnaviylarining uchinchisi asosan rus va Evropa olimlarining fan-texnika soxasida erishgan yutuqlarining madxiga bagishlangan fan-texnikaning juda murakkab ixtirolarini tasvirlashda Furqat genial soddalik va aniqlikka erisha olgan. Bu ayniqsa, lampochka bayoniga bagishlangan misralarda yaqqol ko’rinadi.
... Chunonchi ikki fonus, axli xikmat,
Yasabdurlar qilib izxori san’at.
Yonar befilta, begugurt, bayog,
Anga bir sim ishorat aylagan chog.
Yo’q ammo lampa yanglig anda soya,
Gadoyi bog aro aylar kifoya.
Emasdur shom rangi-sho’’lasi oq,
Latofatda yana andin maxinroq.
Xullas, Furqat xaqli ravishda vistavkani bilim dargoxlaridan biri, tajriba almashish maydoni, o’z Xunarini kamolga etkazish vistavkasi deb ta’kidlaydi:
Kelib anda xunar komil qilurlar,
Ko’rub ko’b ilmni xosil qilurlar.



Download 46,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish