FURQAT LIRIK ShOIR
Furqat o’zbek demokratik adabiyotida gumanistik lirikaning boyishi va rifojlanishiga katta ulush qo’sha olgan shoirdir. Lirika uning ijodida xajm jixatidan xam, mazmun va badiiylik jixatidan xam salmoqli o’rin tutadi. U klassik poeziyamizning gazal, muxammas, musaddas, masnaviy, maktubat, tarji’band v.b. shakllarida ajoyib va go’zal asarlar yaratdi.
Shoir asarlarining ko’pchiligi muxabbatni tarannum etuvchi gazallardan iborat. U o’z lirikasining mavzui, xarakter va maqsadi xaqida so’z yuritar ekan, quyidagi misralarni yozishga batamom xaqli edi;
Ey muxabbat axli, ramzi ishq faxm aylay desang,
Yozilgan xuni jigardin, Furqat, ash’orimga boq.
Chindan xam shoirning muxabbat tasviriga doir she’rlari dillarni jumbushga keltirib o’ziga asir etadi.
Furqat lirikasida yaratilgan ijobiy qaxramonning eng muxim xususiyati shuki, u xayotni sevadi, xayot go’zalliklaridan lazzatlarishga intiladi. Yor-maxbuba va uning xusnu latofati, noz-qarashlari xaqidagi qo’shiq shu xayot go’zalliklarining timsoli sifatida maydonga keladi.
Furqat lirikasidagi “Fasli navbaxor”, “Fasli guldir”, “Baxor ayyomida”, “Istar ko’ngil”, “Ul qaro ko’z” va shu kabi boshqa she’rlarda xayot go’zalligi tarannum etiladi :
Furqat lirik qaxramonning bunday ko’ngil istaklari” shoirning “Baxor ayyomida” sarlavxali gazalida xam o’z ifodasini topgan:
Baxor ayyomida gulgasht etarga bir chaman bo’lsa,
Qilurga sharxi xol, axli muxabbat ikki tan bo’lsa,
Bulut qatrafishonu, ruxafzo sabzalar xandon,
Ariglarning labida sabzavori bir chaman bo’lsa
Kishi tubiyu navsar, jannatu ruzvonni ne qilsun,
Jaxon ayvonida xosil bu yanglig anjuman bo’lsa.
Yoki
Ul qaro ko’z ko’zlariga surma bejo tortadur,
Balki andin daxr eli ortuqcha gavgo tortadur.
Qoshlari ostida go’yo ikki fatton ko’zlari
Ikki xindu bachchadurkim, yondoshib yotortadur.
Furqat poeziyasida tez-tez uchrab turadigan, yuqori maxorat bilan yozilgan bunday she’rlar jo’shqin va optimistik rux bilan bagishlovchi xarakterlarga ega.
“Sayding qo’ya ber, sayyod” allegorik musaxdasining yaratilishi faqat Furqat ijodidagina emas, balki, umuman o’zbek demokratik adabiyotida jiddiy ijobiy voqea bo’ldi. Bu asar o’zining erksevar mazmuni, chuqur gumanistik goyasi bilan davr adabiyotida aloxida o’ringa ega.
“Sayding qo’ya-ber, sayyod”ning moxiyati zulmni, tutqunlikni qoralashdir. Uning zaminida zo’rlik bilan insonni erkdan maxrum qilishga qarshi kuchli norozilik, ozodlik uchun bo’lgan intilish madxi yotadi.
Ma’lumki Furqat bu davrda mavjud ijtimoiy tuzumga, undagi xukmron adolatsizlik va zo’ravonlik tartiblariga batamom zid turgan goyani ochiq-oydin olga sura olmas edi. Sh/u xam shoir maxsus shakl va obrazlar qidirishga bo’ladi va chuqur ijtimoiy goyani badiiy tomondan xajman bilan kuchli tasvirlaydi. Musaddasda sayyod va uning tuzogiga ilingan sayd (ov) xaqida gap ketadi. Asarda sayyod-zulm, zo’rlik va adolatsizlik timsoli sifatida gavdalanadi, sayyod esa tutqunlik, qullik simvolidir. Shoir zulm va jafo ko’rgan saydga zo’r muxabbat va achinish bilan qaraydi, sayyodni esa yovuz kuch sifatida qoralaydi va la’natlaydi:
Sayding qo’ya-ber sayyod sayyora ekan mendek
Ol domini bo’ynidin, bechora ekan mendek
O’z yorini topmasdan ovora ekan mendek,
Iqboli nichun, baxti xam qora ekan mendek
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.
Lirik musaddasdagi asosiy obrazlardan yana biri shoirning o’zidir. U eng yuksak fazilatlarga ega, chin gumanist inson sifatida gavdalanadi. Muallif obrazi zulm va zo’rlikni, ta’qib va taziyqni qoralovchi sifatida maydonga chiqadi. U yuz bergan adolatsizlikka ro’y-rost salbiy munosabat bildiradi. O’zini “oxu”lar-tutqunlar jumlasidan deb xis etadi, “ekan mendek” radifli avtor obrazini voqea ichiga to’gridan-to’gri olib kiradi:
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.
Oxuning chekkan azobi va kechinmalari batafsil tasvirlanib, xar oltilik oxirida ana shu baytning takrorlanishi shoirning xam oxu qatoriga quyib bedodlikdan qutilishga shoirning o’zi xam muxtoj ekanidan xabar beradi.
Musaddas konkret ijtimoiy jamiyatdagi inson erki sha’niga aytilgan alangali qo’shiqqa aylanadi.
Kes rishtanikim, qilsun chapponlar otib jasta,
Hajrida alam tortib, bo’ldi jigari xasta,
Toglarga chiqib bo’lsin yori bila payvasta,
Kel, qo’yma balo domi birla oni po basti,
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.
Musaddas Zokirjon Furqat ongida ozodlik madxi, erkinlik goyalarining etakchi tamoyilga aylanganini ravshan ko’rsatish bilan bir qatorda, shoir dunyoqarashidagi, jamiyat rivojlanish qonuniyatlarini tushunishdagi cheklanganlikni xam, ozodlikka olib boruvchi, erkni ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy omillarni payqay olmaganligini xam ko’rsatishi jixatidan xarakterlidir.
Shunga ko’ra xam u zolim zulmini ko’rib, tutqunlik va erksizlikni xis qilgani xolda, ulardan qutulib, ozodlikka chiqish yo’lini bilmaydi. Natijada sayyodga murojaat qilib uni raxmdil, odil bo’lishga chaqiradi.
Furqat poeziyasida nolish, xasrat va shikoyat motivlarining asl moxiyatini ochib beradigan va ularning sotsial ildizlarini izoxlaydigan she’rlar xam uchraydi:
Sarxi kajraftorning bir shevasidan dogman,
Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur.
Bu baytda shoir o’zi bilan jamiyatdagi xukmron guruxlar o’rtasida, jamiyatning ilgor qismi-“dono”lar bilan reaktsion qismi – “nodon”lar o’rtasida tugilgan qarama-qarshilikka ochiq ishora qilib o’tadiki, bu konflikt xasrat, nolish va shikoyat motivlarini tugdirgan edi.
Furqat lirikasining xarakterli xususiyatlaridan biri undagi ¢urbat motivlaridir. Furqat poeziyasida, ayniqsa, shoirning chet ellarda yashagan davrida yaratgan she’rlarida bu motiv keng ishlandi. Furqat otashin vatanparvar shoir edi. U o’z xalqini, o’z ona-Vatanini cheksiz muxabbat bilan sevar, uning istiqboli, baxt-saodati xaqida qaygurar edi. Oir uzoq muddat chet ellarda yashagan davrida o’z Vatanini, xalqini unutmadi. Hokim guruxlar, ularning fitna va igvolari shoirni o’z Vatanini tashlab chiqishiga majbur etgan va uning qaytib kelish yo’llarini to’sib qo’ygan edi.
Bu jixatdan uning “Adashganman” muxammasi, bir qamar siymoni ko’rdim”, “Begiz nast” gazallari diqqatga sazovordir.
Muxammas shaklida yozgan “Adashganman” asari shoirning o’z vatani xaqidagi chuqur xis-tuygularini ajoyib maxorat bilan, jo’shqinlik bilan tarannum etadi:
Keyingi davr adabiyotimizda ona-Vatan dardini Furqatga o’xshab chuqur xis etgan va o’z ijodida mukammal yoritib, Vatan muxabbati xaqida ko’p va ajoyib asarlar yaratgan shoirni kam uchratamiz. Ulug Alisher Navoiyning xam Vatan muxabbati, gurbat alamlari xaqida o’lmas asarlar yaratgani ma’lum...
Furqat Kashmirda xind go’zaliga bagishlab, “Bir qamar siymoni ko’rdim” gazalini yozar ekan, o’zining ¢urbatda darbadar kezib yurganligidan baxs ochadi:
Aydi: “Ey bechora, qilding Na uchun tarki vatan?”
Man dedim: “¢urbatda Furqat bor ekan taqdirda!”
Aydim: “Ey jon ofati, zulfingga bo’lmish man asir,
Aydi: “Bu savdoni qo’y, umring o’tar zanjirida!
“Nuqta lab ustida bajodur”,-dedin aydi kulib
Saxv qilmish kotibi qudrati, magar, taxrirda:
Vatan muxabbati temasi Furqatning fors-tojik tilida yozilgan she’rlarida xam ishlanadi. Bu jixatdan Furqatning Tajalliy va Muqimiy she’rlariga nazira-javob tarzida yozgan “Begiz nast” she’ri taxsinga loyiq.
Dod az dasti baxori zindogi k-az, jo’shi u,
Yak guli xandoni nakxat bezu rangomez nast.
Dar vatan az javri gardun xurorami moro nabud,
In chi tole’ bud yorab, dar garibi niz nast.
Tarji’band-musaddas shaklida yozilgan va o’n besh band-to’qson misradan iborat bo’lgan katta xajmli “Uch xarobatiy” she’ri demokratik adabiyotdagi falsafiy lirikaning kuchli namunalaridan biridir. Bu yo’nalish she’r tekstida uchraydigan “Uch xarobotiy”, “Uch alamkashmiz”, “Uch qalandarmiz” iboralarida ko’rinib turadi. She’r din axllariga, taqvodorlariga qarshi bosh ko’targan va o’zini “Xarobot axli” deb e’lon qilgan uch isyonkor tilidan yozilgan. Din ta’limotini, taqvo va o’gitlarni tark etib, erkparvarlik ruxi bilan sugorilgan bu she’rda sarkashlik, shakkoklik va rindlik kayfiyatlari ilgari suriladi.
Uch xarobotiy erurmiz Sokini mayxonamiz
Xum boshidin charx urub, monandi bir parvonamiz,
Mast o’lubmiz jo’shishi maydin ajab koshonamiz,
Xolimiz dunyo gamidin forigi koshonamiz,
Yor bizning yorimiz, jonon bizning jononimiz,
Ushbu davron birla o’tsak yo’q erur armonimiz.
(Tanlangan asarlar P tom 95 bet 1-P-Sh bandlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |