KIMYO TEST.
SINOV (1-30 BOB)
1. NaEO3 tarkibli moddada, E ning konfiguratsiyasi 1s2 bo`lsa, bu element qaysi?
A) Be B) N C) C D) P
2. EHCO3 tarkibli moddada, E ning konfiguratsiyasi 1s2 bo`lsa, bu element qaysi?
A) Li B) Na C) Be D) Mg
3. Qaysi element xlorlanganda massasi 2,9 marta ortadi.
A) Be B) Al C) Ca D) Fe
4. Qaysi elemetning xlorli birikmasidagi massa ulushi 36 %.
A) Be B) Al C) Ca D) Fe
5. Metall oksidida metallning ekvivalenti kislorod ekvivalentidan 4,875 marta katta bo`lsa, metall oksidi massasi metall ekvivalentidan necha marta katta.
A) 2,14 B) 4,21 C) 1,42 D) 2,41
6. Metall karbonatidan metallning massasi tuz massasining 52 % ni tashkil etsa, bu tuzning necha molida 80 gr metall bo`ladi.
A) 1,23 B) 2 C) 3,33 D) 1,25
7. Xlor (I) oksidi va alyuminiy oksididagi atomlar soni nisbati 1 : 3,33 kabi bo`lsa, oksidlar mol nisbatini toping.
A) 1 : 2 B) 2 : 1 C) 2 : 3 D) 3 : 2
8. Azot (III) oksidi va marganes (VII) oksididagi atomlar soni 1 : 2,7 kabi nisbatda bo`lsa, oksidlar massa nisbatini toping.
A) 2: 3 B) 1: 4,38 C) 4,38 : 1 D) 3 : 2
9. Lyapsdagi atomlar soni 2,64 gr “kulduruvchi gaz”dagi molekulalar soniga teng bo`lsa, lyaps massasini (g) toping.
A) 2,04 B) 4,02 C) 4,2 D) 2,4
10. Silvinitdagi atomlar soni 3,15 gr gipoxlorit kislotadagi molekulalar soniga teng bo`lsa, silvinit massasini (g) toping.
A) 1,595 B) 1,995 C) 1,959 D) 1,559
11. 259102No → A + x42α + 1031T + 6-β + 10n. No ning elektronlar soni A tarkibidagi neytronlar soniga teng bo`lsa,
A ning p, e, n lar soni yig`indisini toping.
A) 242 B) 224 C) 232 D) 223
12. 23693Np → A + 15 α42 + xT31 + 4e. Np ning elektronlar soni A tarkibidagi neytronlar soniga teng bo`lsa, A ning p va e lar yig`indisini toping.
A) 181 B) 118 C) 124 D) 142
13. PYX3 va PY3X4 moddalarida fosforning massa ulushi mos ravishda 0,2627; 0,1462 ga teng bo`lsa moddalarning elementar tarkibini toping.
A) Li; P; O B) K; S; O
C) O; P; Na D) K; P; O
14. X2Y4Ba va X2Y6Ba moddalarida bariyning massa ulushi mos ravishda 0,5983; 0,525 ga teng. Moddalarning elementar tarkibini toping.
A) N; O; Ba B) S; H; Ba
C) S; O; Ba D) Cl; O; Ba
15. Noma’lum metall sulfati va nitratidagi kilorodning massa ulushi 1 : 1,2766 kabi nisbatda bo`lsa, metallning necha molida 23 gr modda bo`ladi.
A) 0,3594 B) 1 C) 0,589 D) 0,3584
16. Noma’lum metall bromidi va yodididagi galogenlarning massa ulushi 1 : 1,08 kabi nisbatida bo`lsa, necha molida 12 gr metall olish mumkin.
A) 0,5 B) 0,3 C) 0,2 D) 0,4
17. Deytero xlorid va tretiy xlorid aralashmasida galogenning massa ulushi 92,77 % ni tashkil etsa moddalar mol nisbatini toping.
A) 1 : 3,26 B) 0,61 : 3 C) 1 : 2 D) 1 : 3
18. Oddiy suv va o’ta og’ir suv aralashmasida vodorod izotoplarining massa ulushi 18,22 % ni tashkil etsa oddiy suvning massa ulushini (%) da toping.
A) 56 B) 44 C) 66 D) 34
19. Noma`lum metall sulfidini 2,2 gramini kuydirilishidan olingan oksidni qaytarish uchun 0,56 litr H2 sarflangan bo`lsa noma`lum metall ekvivalentini toping.
A) 32,5 B) 12 C) 20 D) 28
20. Noma`lum metall sulfidini 6,2 gr miqdori kuydirilishidan olingan metall oksidini qaytarish uchun 0,45gr alyuminiy sarflangan bo`lsa, no’malum metalning nisbiy atom massasini toping.
A) 108 B) 54 C) 32 D) 64
21. Piritdan H2SO4 ∙ 0,4SO3 tarkibli oleum olish reaksiyasida reaksiya unumlari 75%, 82% va 80% ga teng. Oleum massasi, piritdan 25,05 g ga kam bo`lsa, necha (g) pirit olingan.
A) 210 B) 315 C) 105 D) 420
22. Piritdan H2SO4∙0,8SO3 tarkibli oleum olishda reaksiya unumlari 80%, 95% va 82% ga teng. Agar olingan mahsulot, piritdan 35,2 g kam bo`lsa, shu oleumdan necha (g) 100 % li sulfat kislota olish mumkin bo`ladi.
A) 549,67 B) 274,84
C) 412,25 D) 206,13
23. 80 g 82% li H2SO3 ning disproporsiyalanishidan olingan eritmaning C normalini toping. (ρ = 1,7)
A) 28 B) 80,3 C) 14 D) 6,8
24. 180 g 26,3% li HgNO3 ning disproporsiyalanishidan olingan eritmaning C% konsentratsiyasini toping. (ρ = 2,5)
A) 2,8 B) 1,4 C) 18 D) 22,2
25. 5 litr idishda 18 mol karbonat angidrid va 9 mol vodorod bor. 30 sekunddan so`ng muvozanat qaror topdi. CO2+H2→H2O+CO (KM=1) reaksiya tezligini toping. (mol/l-sek)
A) 2,4 B) 0,04 C) 0,02 D) 0,01
26. 5 litr idishda karbonat angidrid va 10 mol vodorod bor. 45 sekunddan so`ng muvozanat qaror topdi. CO2+H2→CO+H2O (KM=1) CO2 ning boshlang`ich miqdorini aniqlang. Reaksiya tezligi 1,6 mol/l-min.
A) 15 B) 10 C) 9 D) 0,75
27. Biror moddani yoqish uchun 22,4 litr ozon va kislorod aralashmasi yoki 134,4 litr havo ( =0,2) sarflansa, aralashmaning o’rtacha massasini hisoblang.
A) 38,4 B) 76,8 C) 57,6 D) 70,4
28. Biror moddani yoqish uchun 26,88 litr ozon va kislorod aralashmasi yoki 31,36 litr havo sarflansa ( =0.2) , aralashmaning o`rtacha massasini toping?
A) 44,8 B) 22,4 C) 33,6 D) 37,3
29. Massa va hajmlari bir xil bo`lgan 4 ta idish – gaz bilan to`ldirildi. Birinchi idishda CH4, ikkinchisida C2H2 bo`lsa, uchunchi va to`rtinchi idishlar qaysi gazlar bilan to`ldirilgan. Idishlarning massalari mos ravishda 23 g, 28 g, 29 g, 37 g.
A) N2O3; C2H6 B) SO2 ; SO3
C) CO ; CO2 D) NO2 ;Cl2
30. Massa va hajmlari bir xil bo`lgan 4 ta idish – gaz bilan to`ldirildi. Birinchi idishda C2H2, ikkinchisida C3H4 bo`lsa, uchunchi va to`rtinchi idishlar qaysi gazlar bilan to`ldirilgan. Idishlarning massalari mos ravishda 17,2 g, 20 g, 15,2 g, 17,6 g.
A) N2O3; C2H6 B) SO2 ; SO3
C) C3H4; CO D) CH4 ; CO