Yassi chuvalchanglar — tuban chuvalchanglar tipi. Gavdasi 2 tomonlama simmetriyali, choʻziq, koʻpincha orqaqorin yoʻnalishida yassilashgan. Uz. 0,2 mm dan 18 m gacha. Erkin yashovchi turlarining gavda qoplogʻichi — kiprikli epiteliy, parazitlariniki — ichkariga botib kirgan yadrosiz qavat — tegumentdan iborat. Parazit turlari tanasining oldingi, baʼzan keyingi tomonida soʻrgʻichlar, soʻrgʻichli disk, klapanlar va irmoklardan iborat yopishuv organlari boʻladi. Ogʻzi tanasining qorin yoki oldingi tomonida. Halqumi rivojlangan, ichagi toʻgʻri (shoxlanmagan, 2—3 yoki koʻp marta) shoxlangan, baʼzi erkin yashovchi turlarida rivojlangan; tasmasimon chuvalchanglarda ikkilamchi tarzda yoʻq boʻlib ketgan. Ichakning keyingi boʻlimi va anal teshigi boʻlmaydi. Tuban ichaksiz kiprikli chuvalchanglar ozigʻi hazm qilish parenximasida hazm boʻladi; tasmasimon chuvalchanglarda va ayrim boshqa guruhlarda oziq butun tana yuzasi orqali shimiladi - Yassi chuvalchanglar tipi o‘z navbatida 9 ta sinfga boiinadi, asosiylari quyidagilar: 1. Kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar (Turbellaria) sinfi. 2. Monogeniyalar (Monogenea) sinfi. 3. So‘rg‘ichlilar yoki trematodalar (Trematoda) sinfi. 4. Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar (Cestoda) sinfi. 5. Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfi.
- Tasmasimon chuvalchanglar, sestodlar (Cestoda) — yassi chuvalchanglar sinfi. Hayvonlar va odam ichagida, baʼzan boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gavdasi tasmasimon (nomi shundan), uz. mm ning bir necha ulushidan 30 m gacha, bosh (skoleks), boʻyin va strobiladan iborat. Boshida yopishuv organlari (soʻrgʻichlar, ilmoqlar, xartumlar va boshqalar) joylashgan. Boʻyin qismi oʻsuvchi yosh boʻgʻim (proglotid)lardan iborat. Strobilasi, odatda, bir nechtadan oʻnlab, hatto yuzlab boʻgʻimlarga boʻlingan. Jinsiy organlari germafrodit, har bir boʻgʻimida bitta yoki bir juftdan boʻladi. Tanasi botib kirgan kipriksiz epiteliy bilan qoplangan. Ichagi boʻlmaydi, tanasining yuzasi orqali ichakdagi suyuq oziqni soʻrib oladi. Juda serpusht, ayrim turlari bir yilda 600 mln.gacha tuxum qoʻyadi
- Xoʻjayin almashtirib rivojlanadi. Tuxumlari ichida tashqi muxitda 6 ilmokli onkosfera lichinkalar rivojlanadi. Tuxumlar oraliq xoʻjayin ichagiga tushganida lichinkasi kon orkali turli organlarga borib, pufak (finna)ga aylanadi. Asosiy xoʻjayin finnali organ (goʻsht, jigar va boshqalar)ni yeb, parazitni yuktiradi. Asosiy xoʻjayin ichagida finnadan chiqqan lichinka ichak devoriga yopishgach, yangi boʻgʻimlar chiqarib oʻsadi. Ayrim Tasmasimon chuvalchanglar 2 oraliq xoʻjayinda rivojlanadi. 9—10 turkum, 3000 ga yaqin turi bor. Tibbiy nuqtai nazardan qoramol tasmasimon chuvalchangi, exinokokk, zanjirsimon tasmali chuvalchanglar, qoʻy miya qurti, serbar Tasmasimon chuvalchanglar, ligula va boshqa katta ahamiyatga ega.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |