Suvda va quruqliqda yashovchilar (Amphibia) — suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki umurtqali hayvonlar sinfi. Quruqlikda yashashga oʻtish bilan Suvda va quruqlikda yashovchilarning tuzilishi balikdarga nisbatan takomillashgan, xususan, skeletning tayanch vazifasini bajarishga oʻshii bilan uzun naysimon suyaklar paydoboʻlishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Quruqpikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ — oʻpkaning rivojlanishiga, qon aylanishi, nerv sistemasi va sezgi organlarining takomillashuviga olib kelgan. Shuning bilan birga Suvda va quruqlikda yashovchilar skeletida togʻayning koʻp boʻlishi, nafas olish, qon aylanishi, ayirish, nerv sistemasi va boshqa organlarning sodda tuzilganligi, lichinkasining yon chiziqlari, dumi, yuragining 2 kameradan, qon aylanish sistemasining bir doiradan iboratligi ularni quruqlikda yashovchi eng sodda tuzilgan umurtqali hayvonlar ekanligini koʻrsatadi. Koʻpchilik Suvda va quruqlikda yashovchilarning hayoti voyaga yetgan davrida ham suv bilan bevosita bogʻliq. - Hozir Suvda va quruqlikda yashovchilar tanasi uzunligi 2—3 sm dan 1,8 m gacha. Terisi yumshoq va yupqa boʻlib, shilimshiq bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan doimo hoʻllanib turadi. Teri gaz va suv almashinuvi vazifasini ham bajaradi. Terining bu xususiyati ularning quruklik muhitiga toʻliq moslanishiga imkon bermagan. Bir qancha turlari terisida zaharli suyuklik ishlab chiqaradigan bezlar ham boʻladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar hrz. quruqlikda yashovchi umurtqalilar orasida eng sodda tuzilgan boʻlib, skeletida togʻaylar koʻp. Oldingi oyokdari, odatda 4 barmokli, keyingisi — 5 barmokli. Dumli Suvda va quruqlikda yashovchilardan sirenlarning keyingi oyoqlari, oyoqsizlarning ikkala juft oyoqlari, koʻkrak qafasi boʻlmaydi; ogʻiz boʻshligʻi tubidagi muskullarning qisqarishi tufayli havo oʻpkaga oʻtadi.
- Suvda va quruqlikda yashovchilar sovuq qonli(poykilotyerm) hayvonlar bo`lib, bularning gavda temperaturasi tashqi muhit temperaturasiga bog`liqbo`ladi. Yana bularning tana harorati atrofdagi muhitning namligiga ham bog`liqbo`ladi. Amfibiyalarning yalang`och terisi hamma vaqt nam bo’ladi, chunki kislorod suv pardasi orqaligina diffuziya eta oladi. Тyerining ustidagi nam doim bug`ga aylanib turadi. Atrofda-gi muhitda namlik qancha kam bo’lsa, teri ustidagi nam shuncha ko’p bug`lanadi. Тyeridagi namning bug`lanishi gavda temperaturasining pasayishiga sabab bo’ladi. Shu sababli havo qancha quruq bo’lsa, gavda tem-pyeraturasi shuncha past tushadi.
- Suvda va quruqlikda yashovchilar sovuq qonli (poykiloterm) hayvonlar bo’lib bularning gavda temperaturasi tashqi muxit temperaturasiga bog’liq bo’ladi. Yana bularning xayoti atrofidagi muxitning namligiga xam bog’liq bo’ladi.Amfibiyalarning yashash joylari ancha xilma-xildir, lekin ko’pchiligi nam joylarda yashasa, boshqa, birlari butun umrini suvda o’tkazadi. Tropik zonalarda yashovchi oyoqsizlar esa yer tagida xayot kechiradi. Bolqon proteyi qorong’i g’or suvlarida yashaydi.
- Amfibiyalar sovuq qonli bo’ganligi sababli tashqi muxit temperaturasi +100 C bo’lganda aktivligi susayadi. +5 +70 C da karaxt bo’lib qoladi temperatura -26 bo’lsa, bular o’ladi. Shuning uchun xam amfibiyalar asosan ekvatorda tarqalib, qutblarga borgan sari turlar soni keskin kamayadi. Bundan tashqari amfibiyalar nam iqlimda va sho’r suvda yashay olmaydi.
- Teri orqali nafas olish ular hayotida katta ahamyatga ega, chunki teri orqali nafas olish ularda qo’shimcha nafas olish organi bo’lishi bilan bir qatorda, ba’zan yetilmagan o’pka orqali nafas olishning o’rnini ham bosadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |