Kiruvchi ma’lumot
Bu ikki algoritmning asosiy farqi, oldingi darslarimizda ham ko’p marta ta’kidlaganimizdek, ikkilik qidirish algoritmi ishlashi uchun array saralangan bo’lishi shart. Chiziqli qidirish algoritmida esa bu narsaga hojat yo’q. Aynan shu jihati bilan chiziqli qidirish algoritmi ikkilik qidirishdan ko’ra ustunlik qilishi mumkin. Chunki ba’zi holatlarda ma’lumot saralanmagan bo’lishi va uni saralash ko’proq vaqt olib qo’yishi mumkin.
2. Qidirish jarayoni
Chiziqili qidirish algoritmi elementni array boshidan tartib bilan qidiradi. Ikkilik qidirish algoritmida esa bu jarayon array o’rtasidan boshlanib turlicha davom etishi mumkin. Dasturlashda bu jarayon tasodifiy elementga murojaat (random access) deb ataladi. Bu narsa qidirish algoritmi ish bajarayotgan ma’lumot tuzilmasi uchun muhim. Chunki ba’zi tuzilmalarda tasodifiy elementga birdan murojaat qilishning iloji yo’q. Masalan, stack, queue, linked list va h.k.
3. Solishtirish
Elementni qidirishda solishtirish jarayoni ham ikki xil bo’ladi. Chiziqli qidirish algoritmi faqat tenglikka asoslanadi. Ikkilik qidirish esa tenglik, katta yoki kichiklikka qarab, o’z ishini davom ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |