Zarafshon dasht-to‘qay qo‘riqxonasi. Mazkur qo‘riqxona Zarafshon daryosi bo‘ylab joylashgan. Qo‘riqxonada yuzdan ziyod hayvon turlari ro‘yxatga olingan va muhofaza etiladi. Qo‘riqxonada oddiy to‘qay tovushqoni, bo‘rsiq, karaganka, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi, jayra ko‘paytiriladi.
Kitob davlat qo‘riqxonasi. Kitob davlat qo‘riqxonasi Zarafshon tog‘ tizmasining janubi g‘arbiy qismida joylashgan. Qo‘riqxonada noyob paleontologik topilmalar muhofaza qilinadi. O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan burgut, boltayutar va boshqa hayvonlar qo‘riqxona faunasini tashkil etadi.
Chotqol tog‘-o‘rmon biosfera qo‘riqxonasi.Chotqol qo‘riqxonasida Markaziy Osiyo tog‘ ekotizimlarining faqatgina shu hududda uchraydigan endemik va kamyob o‘simlik hamda hayvon turlari muhofaza qilinadi. Ushbu qo‘riqxonada tog‘ qo‘yi, yovvoyi cho‘chqa (qobon), Turkiston silovsini, ko‘k sug‘ur, jayra, gornostay, relikt yumronqoziq, qor barsi (irbis) kabi hayvonlar muhofaza qilinadi
XULOSA
Har bir inson tabiatni muhofaza qilish ishiga vijdonan yondashishi zarur. Ona tabiatni kelgusi avlodlarimiz uchun tabiiy holda saqlab qolish – bugungi kunning asosiy muammolaridan biridir.
Mavzu : O’rta Osiyo suv havzalarida uchraydigan baliq turlari va ekologik guruhlari.
Reja:
1.Suv muhitida baliqlarning yashash sharoitlari.
2. Baliqlarning ekologik guruhlari.
3. O'zbekiston ixtiofaunasining o'ziga xos xususiyatlari.
Baliqlarning hayoti to'liq suv muhiti bilan bog'liq, ayrim turlari suvdan tashqarida qisqa vaqt yashashi mumkin. Baliqlar baland tog'lardagi suvliklarda, ya'ni dengiz sathidan 6000 ming metr balandlikda ham va okeanlarning 10000 metrlik chuqurliklarda ham yashaydi. Suvning issiqlik sig'imi yuqori va shu sababli suv harorati ma'lum vaqt davomida (sutka, fasl, yil) atmosfera haroratiga nisbatan kam o'zgaradi. Suvning solishtirma og'irligi havoning solishtirma og'irligidan biroz ko'p bo'lib, baliqlar tanasining solishtirma og'irligiga yaqin bo'ladi.Baliqlarning hayotida suvning oqimi, harorati, suvdagi kislorod va tuzlar miqdori katta ahamiyatga ega. Suv muhitining harakati daryo, dengiz va yopiq suv havzalarida doim bo'lib turadigan oqimlar bilan bog'liq. Suvning isishi suv qatlamlarini vertikal yo'nalishda harakatga olib keladi. Suvning harakati odatda baliqlarning passiv ko'chishini ta'minlaydi. Masalan: Skandinaviyaning g'arbiy qirg'oqlarida tuxumdan chiqqan Norvegiya seldining lichinkalarini Golfstrim oqimining bir tarmog'i 3 oy mobaynida qirg'oq bo'ylab 1000 km ga olib ketadi.Yirik daryolarning yuqori qismida uvildiriqdan chiqqan losos baliqlarining lichinkalari hayotining ko'p qismini dengizda o'tkazadi. Daryodan dengizga o'tish ma'lum darajada passiv, ya'ni daryo oqimi yordamida sodir bo'ladi. Baliqlar harakatini ma'lum darajada belgilovchi oziq obyektlari – planktonlarning harakati ham oqim yordamida vujudga keladi.
Baliqlar sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi, ya'ni ularning tana harorati doimiy emas, balki to'g'ridan-to'g'ri atrof-muhit haroratiga qarab o'zgarib turadi. Bu esa organizmning fiziologikxususiyatiga bog'liq, jumladan, issiqlik hosil qilish jarayoniga bog'liq. Baliqlarda issiqlik hosil qilish jarayoni juda sekinlik bilan boradi. Umumiy qoidaga muvofiq, suv harorati ko'tarilsa, baliqlar ko'p oziq yeydi, gazlar almashinuvi kuchayadi, baliqlarning o'sish sur'ati, jinsiy mahsulotlarning yetilishi tezlashadi. SHuni aytish kerakki, har bir tur baliq uchun ma'lum harorat chegarasi bor. Ko'pgina tropik baliqlar suvning harorati +310S bo'lganda bemalol yashaydi, ayrimlari +45 S gacha bo'lgan issiq buloqlarda hayot kechiradi. Kaliforniyada +52 S bo'lgan buloq suvida Syprinodon avlodiga mansub baliqlar bemalol yashashligi kuzatilgan. Ba'zi bir baliq turlari muzlashga ham chidaydi. Demak, ayrim baliq turlari suvda haroratning o'zgarishiga chidab, yashashni davom ettiradi, bunday baliqlar evriterm hayvonlar guruhiga kiradi, boshqa bir tur baliqlar esa suvning harorati salga o'zgarsa ham halok bo'ladi, bular stenoterm hayvonlar guruhiga kiradi. Evriterm baliqlar guruhiga chuchuk suvlarda yashaydigan olabug'a, cho'rtan, toshbosh, nalim va dengizlarning qirg'oqqa yaqin joylarida yashaydigan ko'pgina baliqlar kiradi. Stenoterm baliqlar guruhiga esa barcha qutb baliqlari va ko'pgina tropik baliqlari kiradi. Baliqlar turlari orasida issiqsevar baliqlar (laqqalar, zog'ara biliqlarning ko'plab turlari) va sovuqsevar baliqlar (lososlar, treskalar) bor. Ba'zan issiqsevar baliqlar yashaydigan suv harorati birdan pasayib ketishi natijasida ko'plab baliqlar nobud bo'ladi. Masalan: 1930 yili oktabr oyida Primore o'lkasi suvlarida kuchli dovuldan keyin suv harorati +12 S dan +6,2 S ga tushib qolishi natijada issiqsevar baliqlardan seldlar ko'plab nobud bo'lgan. Lekin, o'rta kengliklarda yashaydigan issiqsevar baliq- lar, qishda suvning sovushiga moslashib, bir joyga to'planib uyquga ketadi. Buni baliq o'rasi deyiladi. Bu yerda ular shilimshiqqa o'ralib, oylab (Volga daryosida-5 oy) yotadi. Bunday o'rachi baliqlarga –oqcha baliq, zog'ora baliq, vobla, sla, karas, laqqa va baqra kabi baliqlar kiradi.
Baliqlar kislorodga bo’lgan talabini hisobga olib to’rtta guruhga bo’linadi.
1.Kislorodni juda ko’p talab qiluvchi baliqlar, ya’ni 1 litr suvda 7-11 sm3 kislorod bo’lgan suvlarda yashaydigan baliqlarga asosan, gulmoy, kumja, peskar, nalim va golyan kabilar kiradi. Bu baliqlar suvi sovuq va tez oqar daryolarda yashaydi.Tez oqar tog’ daryolardagi suvlar hamma vaqt havo bilan to’yingan bo’ladi.
2.Ko’p kislorod talab qiluvchi baliqlar, ya’ni 1 litr suvda 5-7 sm3 kislorod bo’lgan suvlarda asosan xarius, golavl, toshbaliq, peskar kabilar yashaydi.
3.Nisbatan kam kislorod talab qiluvchi baliqlar, ya’ni 1 litr suvda 4 sm3 kislorod bo’lgan suvlarda asosan, chaboq baliq, plotva, olabug’a va toshbaliqlar yashaydi.
4.O’ta kam kislorod talab qiluvchi baliqlar. Ular kislorodi juda kam bo’lgan oqmas suvlarda yashaydi, ya’ni bunday suvlarning 1 litrida 0,5 sm3 kislorod bo’ladi. Bunday suvlarda zog’ora baliq, lin va tobon baliqlar yashaydi. Bu baliqlar suvda erigan kislorod yetishmay qolganda tezda suvning yuzasiga chiqib, og’iz orqali atmosfera havosini yutib, jabra bo’shlig’iga kiruvchi suvni shu havo bilan boyitadi. Yana vyun degan baliq turi borki, u daryoning eski o’zanida va kichik ko’llarda yashab, yuqoridagi baliqlarga o’xshab to’g’ridan-to’g’ri havodan nafas olmay balki atmosfera havosini ichagiga yutadi, havo baliq ichagi orqali o’tar ekan, kislorodning bir qismini yo’qotib, anal teshigidan chiqadi, bu kislorod ichakning qalin kapillyarlar bilan ta’minlangan o’rta va keyingi bo’limlarida yutiladi. Ayrim chuchuk suv baliqlari ham shu tariqa ichakdan nafas oladi.
Suv havzalarida mavsumiy muz qoplamining hosil bo’lishi baliqlar uchun ham ijobiy, ham salbiy rol o’ynaydi. Avvalo, muz qoplami suvning pastki qatlamlarini havoning sovuq haroratidan himoya qiladi, suvning tubigacha muzlashiga to’sqinlik qiladi. Bu holat baliqlarni qishda havo harorati nihoyatda past bo’lgan joylarga tarqalishiga imkon beradi. Muz qoplamining ijobiy tomoni shundan iborat. Muz qoplamining baliqlar hayotidagi salbiy tomoni esa, avvalo muz qoplami suvning havodan kislorod bilan to’yinishini keskin kamaytiradi. Qish vaqtida ko’pgina suv havzalarida chirish jarayonlari natijasida kislorod miqdori juda ham kamayib ketib, baliqlarni nafasi bo’g’ilib, ko’plab nobud bo’ladi. Bunday hodisalar MDH ning ko’pgina oqmaydigan va sekin oqadigan suv havzalarida tez-tez bo’lib turadi. Bu hodisani o’lat (zamor) deyiladi. Baliqlarni uchta ekologik guruhga bo’lish mumkin: pelagik, abissal va litoral.
Do'stlaringiz bilan baham: |