Ilon zahari — zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sargʻish yoki och yashil, hvdsiz tiniq suyuklik. Quritilgan I.z.ning 70—90% I murakkab oqsil moddalar, qolgani anorganik moddalardan iborat. Zahar tarkibida erkin aminokislotalar, yogʻlar, yogʻ kislotalar, har xil tuzlar bor; natriy, kalsiy, kaliy, rux, magniy, fosfor, kremniy, temir, kumush kabi elementlar ham uchraydi. Ilon zahrida 15 ga yaqin oqsil moddalar borligi elektroforsz usulida aniqlanib bu moddalarning biologik xossalari turlicha ekanligi qayd qilingan. Ulardan biri odam yoki hayvonni oʻldirsa, ikkinchisi qonni ivitadi, uchinchisi qizil qon tanachalarini yemiradi, boshqasi esa organizmga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi. Koʻzoynakli ilon zaharidan nervga taʼsir etadigan modda — neytrotoksin, koʻlbor ilon va charx ilon zaharidan bir qancha fermentlar ajratib olingan. Ilon chaqqan odamning zaharlanishida ana shu maxsus toksinlar va baʼ-zi fermentlar asosiy rol oʻynaydi. Yaxshilab quritilgan va havo kirmaydigan qorongʻi joyda saqlangan I. z. 15—20 yilgacha barcha xossalarini saqlab qoladi.
Oʻrta Osiyodagi zaharli ilonlar zaharining organizmga taʼsiri ham bir xil emas, mas, koʻzoynakli ilon zahari, asosan, nerv sistemasiga, koʻlbor ilon, charx ilon va boʻsh ilon zahari esa, asosan, kon tomir devori va qonga taʼsir etadi. Bu ilonlar chaqqanda jarohatlangan joy va uning atrofi zahardagi gemorragik moddalar taʼsirida shishadi va qattiq ogʻriq paydo boʻladi. Ilon zahrining taʼsiri odamning qaysi joyini ilon chaqqaniga ham bogʻliq. Koʻkrak yoki boʻyinni chaqsa, juda xavfli, chunki bu qismda yirik qon tomirlar koʻp.Ilon chaqqanda koʻriladigan eng asosiy choralardan biri organizmga kirgan zahar miqdorini kamaytirishdir. Buning uchun ilon chaqqan joy mahkam ushlanadi va qattiq siqib, jarohatdan qon chiqariladi. Qonni ogʻiz bilan ham soʻrib olish mumkin, lekin ogʻiz boʻshligʻida yarachaqa boʻlmasligi kerak. Ilon oyoq yoki qoʻlni chaqsa, zahar badanga tez tarqalmasligi uchun, ularni mutlaqo qimirlatmaslik kerak. Qaysi ilon chaqsa, organizmga oʻshaning zaharidan tayyorlangan maxsus zardob yuboriladi. Bunday zardoblar Toshkentdagi Vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot institutda tayyorlanadi.Agar sizni zaharli ilon chaqsa, darhol jarohatni qo‘lingiz bilan siqib chiqaring yoki og‘zingiz bilan so‘rib tashlang. Ilonning zahari so‘lak ta’sirida qisman parchalanadi va odam og‘zi orqali hech qachon, hatto buzilgan tishi bo‘lgan taqdirda ham zaharlinishi mumkin emas. Qonni 5-8 minutdan ortiq so‘rib yoki siqib chiqarish mumkin emas. Shundan keyin margansovka, sirka yoki sodali suvga ho‘llangan bint yoki paxta bosish kerak. Jarohatlangan odam suv, limonad, sut, kofe ichishi, tarvuz eyishi foydali. Jarohatni qizdirilgan temir bilan bosish yoki kuchli spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Dastlabki chora-tadbirlar ko‘rilgandan keyin, iloji boricha tezroq zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun vrachga borish lozim.
Zardob quyidagicha tayyorlanadi: ilonlardan olinadigan zahar maxsus pitomniklarda saqlanadi, quritiladi. Quruq cho‘kma fiziologik eritmada eritiladi va otlarga yuboriladi. Bunda eritma dozasi oshirib boriladi. Hayvonda immunitet hosil qilinadi. Undan qon olinadi, qizil va oq qon tanachalari ajratiladi, plazma esa (shuning o‘zi ilonga qarshi zardobdir) shisha ampulalarga solinadi. Ampulalarga solib kavsharlab qo‘yilgan zardob ikki va undan ortiq yil saqlanishi mumkin. U ilon chaqqan odamning terisi ostiga yoki venasiga yuboriladi. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilganda ilon chaqqan odam ertasi kuniyoq tuzalib ketadi.
Ilon zahridan tayyorlangan preparatlar shifobaxsh dori sifatida ishlatiladi, mas, vipraksin, nayasin va viprosallar yalligʻlanishga qarshi va ogʻriqsizlantiruvchi xossalarga ega boʻlib, revmatizm va nerv kasalliklarini davolashda qoʻllaniladi. Ilon zahridan ajratib olingan fermentlar nuklein kislotalar va oqsil moddalar strukturasini, organizmning baʼzi ferment sistemalarini, oqsillar almashinuvida oraliq moddalar hosil boʻlishini oʻrganishda koʻllanilmoqda. Oʻzbekiston FA Biokimyo institutipa. Oʻrta Osiyodagi zaharli ilonlar zaharining kimyoviy tarkibi va taʼsiri oʻrganiladi.Ilonlardan har 25—30 kunda bir marta zahar olinadi. Oʻzbekistonda uchraydigan ilonlardan kuzoynakli ilon (kapcha ilon) va koʻlbor ilon (gyurza)da koʻp, charx ilon va boʻsh ilon (qalqontumshuq ilon)da kamroq, choʻl qora iloni (gadyuka)da juda kam zahar boʻladi. Har galda koʻpi bilan 0,1 g quruq zahar olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |