Mustaqil ish bajardi : TÓychiyeva zarifa tekshirdi : eshova xolisa



Download 133,29 Kb.
bet9/20
Sana18.07.2022
Hajmi133,29 Kb.
#819038
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
mustaqil iw

1.Pelagik (ochiq suv muhitida yashovchi) baliqlar, suvning yuzasidan boshlab 150-200 metr chuqurlikkacha boradigan suv bag’rida yashaydi. Ularning ko’pchiligi juda ham faol va tez suzadi. Gavdasi uzun duksimon bo’lib, suvda suzib yuruvchi organizmlarni qidirib topib oziqlanadi va suv bag’riga yoki suv qirg’oqlariga yaqin sayoz joylarda ko’payadi. Bu baliqlar ochiq suv muhitida yashaganliklari uchun juda tez suzadi. Pelagik baliqlar ekologik guruhiga akulalar, makrel, lososlar, tuneslar, sardinalar, seldlar, yelkan baliqlar, treskalar, oq sla, siglar va uchar baliqlar kiradi. Yelkan baliqlarning juda uzun va baland orqa suzgich qanoti bo'lib, baliq suzganda bu suzgich qanoti suvdan tashqariga chiqib turadi va shamol ta'sirida harakatlanadi. Uchar baliqlar esa dushmandan saqlanish uchun kuch bilan suvdan havoga sakraydi va ko'krak suzgich qanotlarini havoda keng yoyib, dengiz ustidan 200 metr va ba'zan 400 m masofaga uchaoladi. Pelagik baliqlarga passiv holda yashovchi oy baliq ham kiradi. Pelagik baliqlarning orqa tomoni qoramtir, qorin tamoni kumushsimon rangda bo'ladi, lichinkalari esa tiniq shisha rangiga o'xshash bo'lib, ular dushman ko'ziga ilinmaydi.
2. Litoral baliqlar guruhi. Bu guruhga kiruvchi baliqlar suv havzalarining qirg'oqlariga yaqin joyda, ya'ni sohil yaqinida va suv tubi bilan ma'lum darajada bog'langan holda yashaydi. Bu yerda ular oziq topadi, yashaydi, ko'payadi. Suv tubidagi har xil toshlar, marjon orollaridagi yoriq kovaklari, suv o'tlari, qum va balchiqlar bu baliqlar uchun boshpana hisoblanadi. Pelagik baliqlar guruhiga qarshi o'laroq, litoral guruhiga kiruvchi baliqlar kam harakatchan. Bu baliqlarning tuzilishi va ko'rinishi ham har xil, ya'ni ba'zilarining gavdasi yapaloq bo'lib, suv tubida yashaydi. Litoral baliqlar guruhiga skatlar, kambalalar, dengiz shayton baliqlari, dengiz buqacha baliqlar, dengiz kuchukchalari kiradi. Bu baliqlarning ko'zlari ma'lum darajada yuqoriga qaragan, og'zi esa oziqlanish usuliga qarab yoki yuqoriga qaragan (dengiz shayton balig'i) yoki pastga qaragan (skatlar) bo'ladi. Hayotining ko'p qismini suv tubida o'tkazadigan baliqlarning gavdasi yapaloq va og'zi bilan ko'zi yuqoriga qaragan bo'ladi. Litoral guruhiga kiruvchi baliqlarning ko'pchiligida shakli o'zgargan suzgich qanotdan yuzaga kelgan so'rg'ichlari bo'ladi. Suv tubida yashaydigan turlarida esa (dengiz shayton balig'i, uch tikanli baliq) ko'krak suzgich qanotlari suv tubida o'rmalab yuruvchi harakat organiga aylangan. CHuchuk suvda yashaydigan litoral baliqlar guruhiga ko'pchilik karpsimonlar ham kiradi. Suv tubida yashab, suv tubini kovlab ovqat topadigan turlarida tuyg'u vazifasini bajaradigan mo'ylovlari bo'ladi. Har xil laqqa baliqlar, peskar va zog'ora baliqlar shular jumlasidan hisoblanadi. Suv tubidagi balchiqni kovlab yashaydigan ayrim baliqlarning gavdasi ilonga o'xshab uzun bo'ladi. Bunday baliqlarga ilonbaliqlar, vyun, lepidosiren, protopteruslar kiradi. Suv tubida yashaydigan nihoyatda g'alati shakldagi baliqlardan dengiz toychasini ham aytib o'tish kerak. Ular suv o'tlari orasida gajjakka o'xshash dumi bilan suv o'tlariga o'ralib yashaydi. Suv tubida yana gavdasi qattiq panser (kosa) ichiga joylashgan kuzovkalar ham uchraydi. Suvning qirg'oq qismida yashaydigan buqa baliqlar, dengiz itchalari, sakrovchi loyqa baliqlar va anabas, ya'ni o'rmalovchi olabug'a baliqlarning yashash tarzi ham g'alati. Masalan: dengiz itchalari dengiz to'lqinlari kelib urilganda suvga ko'milib, to'lqin qaytganda ochilib qoladigan toshlar ustiga chiqib o'tiradi. Sakrovchi loyqa baliq bilan anabas asosan Hind va Tinch okeanlarining tropik qismidagi tagi loyqa bo'lgan suv havzalarining qirg'oqlarida yashaydigan kichkina baliqlar bo'lib, ular hasharot izlab suvdan quruqlikka chiqadi va go'shtdor ko'krak suzgich qanotlari yordamida qirg'oqdagi toshlar, daraxtlar ildizlari ustiga chiqib bir necha soatgacha turadi. Bu paytda terisi orqali nafas oladi. Ularning ko'zlari havoda ko'rishga moslashgan. Tropik Osiyo daryolarida yashaydigan anabas suvdan quruqlikka chiqib, uzoq masofaga o'rmalab ketadi va jabra qopqoqlaridagi tikanlari yordamida xurmo daraxti tepasiga chiqadi. Anabaslar bunday paytda jabra bo'shlig'idagi qon tomirlari bilan ta'minlangan labirint, ya'ni yupqa suyak plastinkalari orqali nafas oladi.
Nihoyat ikki xil nafas oluvchilar ham shu guruhga kiradi va ular suvdan tashqarida bir necha oylab uxlab yotadi.

Download 133,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish