3. Abissal baliqlar guruhi. Abissal guruhiga kiruvchi baliqlarning turlari unchalik ko'p emas. Ular asosan dengiz va okeanlarning tubida katta chuqurliklarida yashaydi. Bunday katta chuqurliklarning asosiy xossalari – bosimning juda yuqori bo'lishi, yorug'likning mutlaqo yo'qligi, suvning oqmasligi, haroratning bir xil va past (+4-00S ) bo'lishi, suvning sho'rligi va tirik o'simlik organizmlarining bo'lmasligidir. 200 metrdan pastda chuqurlik har 10 metrga oshgan sayin, bosim ham bir atmosferaga oshadi. Masalan: 5320 metr chuqurlikda bosim 532 atmosferaga teng bo'lib, bunday chuqurliklarda ham baliqlar yashaydi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda okeanning eng chuqur tubida, ya'ni 10500 m chuqurligida ham ayrim tur baliqlarning yashashi aniqlangan. Bunday chuqurlikda bosim 1050 atmosferaga teng bo'ladi. Mana shunday chuqurlikda yashaydigan baliqlar suv betiga olib chiqilsa, ularning gavdasi shishib ichaklari og'zidan tashqariga chiqib ketadi, ko'zlari esa ko'z kosasidan turtib chiqadi. Bunday katta chuqurliklarda yashaydigan baliqlar yoki ko'r bo'ladi yoki chuqur suv qorong'iligini seza oladigan katta-katta teleskop tipida tuzilgan ko'zlari bo'ladi, ayrim turlarida esa yorug'lik chiqaradigan organlari bo'lib, ovqat qidirib topishda yordam beradi. Bunday katta chuqurliklarda tirik suv o'tlarining bo'lmaganligi sababli abissal baliqlar go'shtxo'r, ya'ni yirtqich yoki o'limtikxo'r bo'ladi. Bu guruhga kiruvchi baliqlarning muskul va skelet sistemasi yaxshi taraqqiy etmagan, og'zi katta bo'ladi.
O'zbekiston suv havzalarida baliqlarning asosan 77 ta turi tarqalgan. SHulardan 18 ta turi “O'zbekiston Qizil kitobi”ga (2019) kiritilgan. Quyida “O'zbekiston Qizil kitobi”ga kiritilgan turlarning tavsifi qisqacha bayon etiladi.
OROL BAHRISI (Bakra) Tarqalishi. Amudaryoning quyi va o'rta oqimlari; ilgari Orol dengizi va Sirdaryoda ham bo'lgan. O'zbekistondan tashqarida: Qozog'iston (Orol dengizi va Balxash-Ili havzalari), Kaspiy, Qora va Azov dengizlari havzalari.YAshash joylari. Dengizning chuqurligi 10-15 metrgacha bo'lgan joylari (ulg'ayish) va u yerlarga quyiladigan daryolar (urchish).Soni. 1970-1999 yillar mobaynida 267 dona tutilgan.YAshash tarzi. O'tkinchi, gala bo'lib yashaydigan baliq. 10-12 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi 2-3 yilda bir marta, daryoga kirganidan (iyul-avgustda) so'ng, kelasi yilning bahorida yuz beradi. Serpushtligi – 200–1300 ming uvuldiriq atrofida. Asosan suv hasharotlarining lichinkalari, bo'g'imoyoqlilar, mollyuskalar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi.CHeklovchi omillar. Daryo oqimining sun'iy ravishda tartiblanishi va suvining ifloslanishi natijasida Orol dengizi (suv sathining pasayishi va uning sho'rlanishi) va unga quyiladigan daryolarning tabiiy suv rejimining o'zgarishi; 1936–1937 yillarda yoppasiga kasallik tarqalishi tufayli baliqlarning qirilib ketishi, ko'plab ovlanishi, brakonerlik. Ko'paytirish. Imkoni mavjud.Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Qizilqum qo'riqxonasida va Quyi Amudaryo biosfera rezervatining qo'riqlanadigan hududida muhofaza qilinadi. CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Sun'iy sharoitda ko'paytirish va yashash joylarida maxsus muhofaza tartibini joriy qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |