SIRDARYO KURAKBURUNI
(Filbo’yin) Maqomi. 1 (CR): Sirdaryoning butunlay yo'q bo'lib ketish arafasida turgan endemik relikt turi. TMXI Qizil ro'yxatiga kiritilgan [CR].Tarqalishi. Ilgari Sirdaryoning boshidan etagigacha uchrar edi. Hozirda daryoning yuqori qismidagina saqlanib qolgan bo'lishi mumkin. O'zbekistondan tashqarida: Qozog'iston va Tojikiston.YAshash joylari. Daryoning chuqurligi 1,5-2 metr, tubi qumli va loyli joylari. Loyqa oqar suvlarda yashaydi.Soni. 1959 yildan keyin 20 ta atrofida (oxirgi marta – 1968 yilda) tutilgan.YAshash tarzi. Yetarlicha o'rganilmagan. Daryolarda turg'un hayot kechiradigan baliq. 6 yoshdajinsiy voyaga yetadi. Urchishi – aprel oyida. Serpushtligi – 850-3800 uvuldiriq. Asosan suv hasharotlarining lichinkalari bilan oziqlanadi.CHeklovchi omillar. Sirdaryo oqimini sun'iy tartiblashtirish natijasida tabiiysuv rejimining o'zgarishi va suvining ifloslanishi, ko'payish sharoitlarining buzilishi,brakonerlik.Ko'paytirish. Ko'paytirilmagan.Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Saqlanib qolgan baliqlarni topish, ularni ko'paytirishni yo'lga qo'yish, tur topilgan joylarda suv qo'riqxonalari tashkil qilish lozim.
AMUDARYO GULBALIG’I
Maqomi. 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, Amudaryo endemik relikt kenja turi.Tarqalishi. Amudaryoning yuqori qismi (Surxondaryo, Sangardak va To'palang daryolari havzalari); Tanxozdaryoga keltirilgan, Qoradaryo va Norinda iqlimlashtirilgan. O'zbekistondan tashqarida: Qirg'iziston (iqlimlashtirilgan), Tojikiston, Afg'oniston. Orol, Kaspiy, Qora, Boltiq, Barens va Oq dengizlar havzalarida, Janubiy Yevropa, AQSHda (iqlimlashtirilgan) – boshqa kenja turlari.YAshash joylari. Tez oqadigan, suvi sovuq va tubi tosh-shag'alli tog' daryolari.Soni. Ilgari ko'p bo'lgan, keyingi o'n yilliklar davomida keskin kamayib ketdi.YAshash tarzi. Tog' daryolari balig'i. 3-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi – sentabr-oktabr oylarida. Serpushtligi – 160–3000 uvuldiriq atrofida. Asosan suv hasharotlarining lichinkalari, mollyuskalar, yiriklari esa baliqlar bilan oziqlanadi.CHeklovchi omillar. Daryolar oqimining sun'iy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining o'zgarishi va uning ifloslanishi, rekreasion faoliyat, brakonerlik.Ko'paytirish. Imkoni mavjud.Muhofaza choralari. Hisor qo'riq xonasida muhofaza qilinadi. YAshash joylarida muhofaza tartibini o'rnatish, Sangardak va To'palang daryolarining yuqori qismida(Ayg'irko'l) suv qo'riqxonasini tashkil qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |