Mustaqil ish bajardi : TÓychiyeva zarifa tekshirdi : eshova xolisa



Download 133,29 Kb.
bet20/20
Sana18.07.2022
Hajmi133,29 Kb.
#819038
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
mustaqil iw

Zararli sut emizuvchilar. Turli-tuman hayvonlar turini zararli sifatida klassifikasiyalash anchagina qiyin. CHunki bir turning o'zi har xil tabiiy-ekologik sharoitda turli ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Bizda faqat kemiruvchi-sinantroplar: kalamush, uy sichqonlari zararli bo'lishi mumkin. Kalamushlar uydagi va ombordagi mahsulotlarni nobud qilishi bilan bir qatorda, tovuq fermalari, cho'chqa fermalarida tuxum, uy qushlari, cho'chqa bolalarini nobud qiladi. Hatto katta cho'chqalarga ham hujum qiladi. Bundan tashqari, kalamushlar xavfli kasalliklar (vabo) tarqatuvchi ektoparazitlarni ham tarqatadi.
Uy sichqonlari ham ovqatlarni yeyishi bilan birga vabo, tulyaremiya kasalliklarini tarqatadi. Janubiy rayonlarda yozda sichqonlar va kalamushlar ekinzorlarga o'tib, katta zarar yetkazadi. Ko'p rayonlarda keng tarqalgan oddiy dalasichqon (Microtus arvalis), jamoa dalasichqon (M.socialis), singari kemiruvchilar qishloq xo'jalik ekinlariga zarar yetkazadi.Joylarda uy sichqonlaridan boshqa o'rmon sichqonlari (Apodemus sylvaticus, A. flavicollis) ham zarar yetkazadi. G'alla, donlarga yumronqoziqlar sezilarli zarar yetkazadi. Bular orasida Ukrainaning janubida, Povoljeda, Kavkaz oldi va Qozog'istonning shimoli-g'arbida tarqalgan kichik yumronqoziqni (Citellus pygmaeus) alohida qayd qilish lozim. Agrotexnika sharoiti yomon bo'lganda va kemiruvchilarga qarshi ko'rilgan choralar yaxshi yo'lga qo'yilmaganda har gektar yerda bir necha o'nlab yumronqoziq uyasi bo'ladi. SHuni qayd qilish lozimki, kemiruvchilarning yuqorida aytilgan zarari hamma joyda bir xil bo'lmaydi. Hatto zararkunandalardan yumronqoziqlar zarari ayrim rayonlarda butunlay yo'qotilgan yoki ularning qishloq xo'jalik ekinlari bilan bog'liqligi minimumga olib kelingan. Masalan, areali tayga va SHarqiy Sibir o'rmonlariga to'g'ri keladigan uzunquyruqli yumronqoziqlarning ikki turi tundraga ham o'tishi mumkin. Xuddi shunday holatni boshqa kemiruvchilarda ham ko'rish mumkin. Faunada umuman zararli bo'lgan yirtqichlar yo'q. Hatto zarari katta bo'lgan bo'rini ham yo'qotmaslik kerak. CHorvachilik va mo'ynachilik xo'jaliklari bo'lmagan rayonlarda bo'ri kasal hayvonlarni yeb, foyda keltiradi. Tulki va boshqa yirtqich hayvonlarga bo'lgan munosabat yana ham diqqat va ohistalik bilan hal qilinishi lozim. Birinchidan, tulki mo'ynachilikda birinchi o'rinni egallovchi qimmatbaho mo'ynali hayvon. Biroq u parrandachilik fermalari atrofida bo'lishi mumkin emas. SHu bilan bir qatorda tulki va boshqa yirtqich hayvonlarning zararkunanda hayvonlarni yo'qotishdagi foydasini hisobga olish kerak. Masalan, bir nechta tulki oshqozoni va fekaliysini tekshirish shuni ko'rsatdiki, ozig'ining 60-100 % ini sichqonsimon kemiruvchilar va ayrim holda 8-35 % ini qushlar tashkil qiladi. Oq sichqon, sassiqko'zanlarning ozig'i asosan sichqonsimon kemiruvchilardir. Yo'lbars, qoplon va ilvirs kam uchraydi, ularni muhofaza qilish kerak. Ajoyib yovvoyi hayvonlardan qo'ng'ir ayiq, rosomaxa va boshqalarga ehtiyotlik bilan munosabatda bo'lish kerak. Oq ayiqni ovlash man qilingan. Odamda yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi qator sut emizuvchilar ham bor. Hayvonlarga ham, odamlarga ham yuqadigan kasalliklar antropozoonozlar deb ataladi. Bular vabo, tulyaremiya, leyshmanioz (pendin yarasi), terlama lixoradkasi (rikketsioz), kana qaytalama terlatmasi (spiroxetoz), ensefalit va boshqalar. YUmronqoziqlar, qumsichqonlar, kalamushlar xavfli kasallik bo'lgan vaboni tarqatadi. Bu kasallik bakteriyalari (Pasterella pastis) odamga hayvon bilan bevosita munosabatda bo'lganda, masalan, ular tishlaganda yoki ularning burgasi orqali yuqadi. Tulyaremiya ba'zan epidemiyaga aylanib, juda ko'p odam kasallanadi. Kasallikni qo'zg'atuvchi (Francisella tularense) odamga qon so'ruvchi hasharotlar (pashsha, chivin, burga, bit), kanalar vositasida teri orqali yoki bilvosita munosabatda bo'lganda yuqadi. Mikrob tashuvchi bilvosita kemiruvchilar birinchi galda suv kalamushi, suv polyovkasi (Arvicola amphibius) oddiy dala sichqoni, uy sichqoni, yumronqoziq, quyon bo'lishi mumkin. Leyshmanioz kasalligini tarqatuvchi sodda hayvonlardan biri (Leishmania) odamga chivin orqali o'tadi. Nerv sistemasini kasallantiruvchi juda og'ir va xavfli kasallik – ensefalit ko'zga ko'rinmaydigan filtrlanuvchi viruslar orqali yuqadi. Ko'p hayvonlar (kemiruvchilar, hasharotxo'rlar) virus tarqatuvchi hisoblanadi. Virus odamga kana va chivinlar orqali o'tadi. Ye.N.Pavlovskiy tekshirishlari shuni ko'rsatdiki, tabiatda zoonoz kasalliklar tarqalishi o'choq (joyli) xarakterga ega ekan. Tabiiy o'choq bu kasallik tarqatuvchi organizmlar yashashi uchun kerak bo'lgan optimal sharoitli joylardir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Umumiy Biologiya М u а l l i f l а r:A. G‘аfurоv, A. Abdukаrimоv, J. Тоlipоvа, О. Ishаnkulоv, М. Umаrаliyevа, I. Abdurахmonоvа.
2.https://n.ziyouz.com.
3. S.P.Naumov “Umurtqali hayvonlar zoologiyasi “.
4. S. DADAYEV, S. TO‘YCHIEV, P. HAYDAROVA “UMURTQALILAR ZOOLOGIYASI
Laboratoriya mashg‘u!otlari”
5.https://uz.m.wikipedia.org.
6. J.L.Laxanov “Umurtqalilar zoologiyasi “
Download 133,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish