Mavzu : O’zbekistonda uchraydigan sutemizuvchi hayvonlar, ovlanadigan vakillari ,kasallik tarqatuvchi va noyob turlari. Reja: 1.Sutemizuvchilar sinfida umumiy tavsifi. 2.Ovlanadigan sutemizuvchilar. Faunani muhofaza qilish . 3.Zararli sutemizuvchilar haqida Sut emizuvchilar umurtqalilar orasida eng yuksak rivojlangan hayvonlar hisoblanadi. Sut emizuvchilarning terisi jun bilan qoplangan, teri bezlari rivojlangan, bolasini sut bilan boqadi.Sut emizuvchilarning markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlaridan hid bilish, k rish hamda eshitish organlari yaxshi rivojiangan. Tashqi quloq va quloq suprasi bor. O’rta quloq bo’shlig'ida uchta uzangi, sandon va bolg'acha kabi eshituv suyakchalar joylashgan. Ko’pchilik sut emizuvchilarning tishlari ixtisoslashgan, bosh miya yarimsharlari po’stlog'ida juda ko’p burmalar bo’ladi. Sut emizuvchilar ham qushlar kabi yuragi to’rt kamerali hayvonlar, eng tuban tuzilgan sut emizuvchilardan boshqa barcha sutemizuvchilar tirik bola tug'adi. Embrioni ona qornida rivojlanadi. Terisi hamma umurtqalilardagi singari tashqi epidermis va ichki chin teridan iborat. Jun shakli va vazifasiga ko’ra tivit, qil va vibrissalarga bo’linadi, Ko’pchilik sut emizuvchilarning jun qoplag'ichlarining asosini kalta, mayin tivit tashkil qiladi. Tivitlar orasida uzun va yo’g'on hamda qattiq qillar joylashadi. Tuproq ichida yashovchi krotlarda faqat tivit bo’ladi. Bug'u, t ng'iz va tyulenlarda aksincha, jun qoplami asosan qillardan iborat. Tipratikon va jayralarning qillari o’zgarib, tikonga aylangan. Vibrissalar qo’shimcha tuyg'u vazifasini bajaradi va ko’pincha hayvonlarning bosh qisrnida joylashadi. Tangachalar ham epidermisining shox hosilalari hisoblanadi. Tangachalar tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o’xshash. Tangachalar ayniqsa yasherlarda kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari ham tangacha bilan qoplangan. Muguz hosilalariga qoramol, qo’y va echkilarning shoxi kiradi. Shox epidermisdan kelib chiqqan.
Sut emizuvchilarning asosiy progressiv belgilari
• Markaziy nerv sistemasi, 1-galda miya yarim sharlarining kulrang moddasi-oliy nerv faoliyatining markazi yuksak darajada takomillashgan. Shuning uchun sut emizuvchilarning tashqi muhit ta’siriga javob reaksiyalari juda murakkab.
• Tirik tug’adi va bolasini sut bilan boqadi. Shuning uchun sut emizuvchilar juda turli tuman sharoitda ko’payish imkoniga ega.
• Termoregulyatsiyaning juda takomillashganitana temperaturasining doimiyligini ta’minlaydi. Bu bir tomondan issiqlik hosil bo’lishini tartibga solish yo’li bilan ikkinchi tomondan fizikaviy termoregulyatsiya deb ataluvchi issiqlik chiqarilishini nafas olish va terlash jarayonida teri qon aylanishini idora qiladi. Issiqlik chiqarishni regulyatsiya qilishda jun qoplami, ayrimlarida esa teri osti yog’ qatlamining ahamiyati juda katta.
Sut emizuvchilar ekologiyasi
Umuman olganda sut emizuvchilarning tarqalishi boshqa hayvonlar singari yashash muhitiga bog’liq. Shu bilan bir qatorda bu bog’lanish tuban hayvonlarga nisbatan, sut emizuvchilarda ancha murakkab. Sut emizuvchilar tashqi muhitning bevosita ta’siriga nisbatan kam bog’liq. Ularning moslanishi yuksak darajada rivojlangan oliy nerv faoliyatiga bog’liq. Umurtqalilarning birorta sinfi ham sut emizuvchilar singari turli tuman formalar hosil qilmagan. Buning sababi sinfning nihoyatda uzoq triasdan boshlab progressive rivojlanishi, turli sharoitga moslashib keng tarqalganidadir. Dastlab sut emizuchilar yerda va daraxtda yashovchi hayvonlar bo’lib, moslanish evolyutsiyasi jarayonida quyidagi ekologik tiplarni hosil qilgan:
yerda, 2) yer ostida 3) suvda yashovchi 4) uchuvchi hayvonlar
Sut emizuvchilarning tabiatdagi ahamiyati. Sut emizuvchilarning hayoti o’simliklar va boshqa hayvonlar bilan chambarchas bog’liq Sut emizuvchilar asosiy o’txo’r hayvonlar sifatida o’simliklar hosil qiladigan organik moddalarni o’zlashtirib o’z tanasini tiklaydi. Sut emizuvchilar tеzagi va murdasi esa saprofag hayvonlar (go’ngxo’r qo’ng’izlar, pashshalar), saprofit zamburug’lar va baktеriyalar uchun oziq bo’ladi. Bu organizmlar faoliyati tufayli tuproq o’simliklarini o’sishi uchun zarur bo’lgan minеral moddalar bilan boyiydi. Yerda in quradigan va tuproqda yashaydigan sut emizuvchilar tuproqni yumshatib, unga havo va suv o’tishini yaxshilaydi. Hayvonlar bilan o’simliklar hayotining o’zaro chambarchas bog’liqligi dasht va cho’llarda ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi.Hashoratxo’r va yirtqich sut emizuvchilar zararkunanda va kasallik tarqatuvchi hashoratlar sonini chеklab turadi. Yirtqich sut emizuvchilar kasal va nimjon hayvonlar yoki ular murdasi bilan oziqlanib, hayvonlar naslini yaxshilanishiga yordam bеradi; yеr yuzini tozalab, tabiiy sanitarlar vazifasini bajaradi.Sut emizuvchilarning odam faoliyatidagi ahamiyati. Insoniyat tarixida sut emizuvchilar asosiy oziq manbayi sifatida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Odam eng qadimgi davrlardan boshlab sut emizuvchilarni go’shti, tеrisi va mo’ynasi uchun ovlagan, ularni qo’lga o’rgatgan va sutidan foydalangan. Sut emizuvchilarning odam hayotidagi ahamiyati kun sayin ornib bormoqda. Sut emizuvchilardan yovvoyi cho’chqalar, tyulеnlar, ayrim kitsimonlar go’shti uchun ovlanadi. Olmaxon sayg’oqlar, sobo’l, tulkilar, ondatra, krot, quyon lar, suvsarlar, ayrim dеngiz hayvonlari (dеngiz qunduzi, dеngiz mushuklari) qimmatli mo’yna bеradi.Sut emizuvchilar orasida zararkunanda turlari ham ko’p. Kalamushlar va sichqonlar omborlarda saqlanayotgan oziq- ovqat mahsulotlarini еb zarar kеltirsa, yumronqozoqlar, qo’shoyo’qlar, dala sichqonlari dashtlardagi ekinlarni еb katta ziyon kеltiradi. Bundan tashqari bir qancha kеmiruvchilar: yumronqoziqlar, kalamushlar, qumsichqonlar odamlarga o’lat va lеyshmanioz kabi kasalliklarni yuqtiradi. Yirtqich hayvonlar orqali odamga qutirish kasalligi va har xil gijjalar yuqishi mumkin.