Ovlanadigan hayvonlar. Rossiya faunasidagi 350 tur sut emizuvchilardan 150 turi ov obyekti, sport ovi yoki tarqatish va hayvonot bog'lari hamda o'rmon parklarida boqish uchun ovlanadigan potensial turlar hisoblanadi. Bu turlarning aksariyati kemiruvchilar (35 ga yaqin tur), yirtqichlar (41 tur), toq tuyoqlilar (20 tur), kurakoyoqlilar (13 tur), hasharotxo'rlar (5 tur), quyonsimonlar (5-8 tur) turkumlariga mansub. Mo'yna olish uchun 50 xilga yaqin yovvoyi hayvonlar ovlanadi..Mo’ynali hayvonlar barcha oblast, o’lka va respublikalarda ovlanadi.Mo’ynali hayvonlardan tashqari, tuyoqlilar ham ovlanadi. Yiliga 500-600 bosh ovlanadi. Bulardan 20 ming t go’sht mahsuloti olinadi. Bundan tashqari, ancha ko’p teri va dori tayyorlash uchun xomashyo (bug’u pantasi, sayg’oq shoxi) olinadi. Umuman ov mahsuloti 25 mln so’m baholanadi. Tuyoqlilar maxsus tartibda va ruxsatnoma asosida ovlanadi. Qozog’istonda oqquyruqlar ko’proq ovlanadi. Ukraina, Belorussiyada, Boltiqbo’yi respublikalarida bir necha ming los ovlanadi.Yelik va yovvoyi cho’chqalar barcha respublikalarda ovlanganini hisobga olinsa, yiliga 52 ming bosh yovvoyi cho’chqa, 52 ming bosh yelik ovlanadi (Maksimov va Gnedova, 1976) Ovni kompleks tarzda olib borish maqsadida juda ko’p sport va ovchilik xo’jaliklari tuzilib, ularga ov joylari biriktirilgan. Ovchilik xo’jaliklari zimmasiga yovvoyi hayvonlar ovlash, mo’yna tayyorlashdan tashqari, qo’ziqorin, meva va dorivor o’simliklar tayyorlash vazifasi ham yuklatilgan. Ular baliq ovlash, kataklarda mo’yna beruvchi hayvonlarni ko’paytirish, joylarda bug’uchilik bilan ham shug’ullanadilar.
Dengiz hayvonlarini ovlash. Ovchilik xo’jaliklari tomonidan kurakoyoqlilar faqat Rossiya territoriyasidagi dengizlarda emas, balki jahon suvlarida ham ovlanadi. Masalan, Grenlandiya tyuleni Yan-Mayen va Nyufaundlend orollari qirg’oqlarida, ular urchish va tullash uchun to’planganida ovlanadi. Ov miqdori xalqaro bitimga bog’liq. Uzoq Sharq dengizlarida tyulen ovi rivojlangan. Kaspiy dengizining shimolida Kaspiy nerpasini ovlash cheklangan. Tyulenlar muzliklarda suzishga moslashgan kemalar yordamida ovlanadi. Tyulenlarning yog’I va terisidan foydalaniladi. Komandor orollarida (Bering dengizi) va Tyulene orollarida (Saxalinning sharqiy qirg’og’ida) tyulenlarning yotish joylari bor. Bu yerda kotiklar yozda bola tug’ish va tullash davrida bo’ladi. Bu davrda ular qirg’oqqa yaqin joylarda yashaydi. Ular qat’iy ilmiy asosda ovlanadi. Har yili kotiklar hisoblab boriladi. Mo’yna olish uchun juni malla-kulrang bo’lgan uch yashar erkaklari ovlanadi.Xalqaro bitimga ko’ra, kitlarni ovlash ancha kamaytirilgan. Janubiy yarim sharda barcha ochiq pelagik suvlarda, kichik yo’l-yo’l kitdan boshqa hamma kitlarni ovlash man qilingan. Ayrim mamlakatlarda qirg’oqqa yaqin suvlarda kitlarning ayrim turlarini ovlashga ijozat berilgan. Shimoliy suvlarda kichik yo’l-yo’l kit, kulrang kit va kashalotlarni kemadan ochiq suvda va bazalarda ovlash cheklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |