O'zbekistonda baliqchilik
Oxirgi yillarda O'zbekiston suv havzalariga ham Amur daryosidan Amur xumboshi, oq amur baliqlari olib kelinib iqlimlashtirilgan. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda bir qancha baliqchilik xo'jaliklarida zog'ora baliq, laqqa, oqcha (lesh), tovon baliq (karas), qorabaliq (marinka), xramulya, oqqayroq (jerex), qizil ko'z (plotva), ilonbosh, olabug'a, oq sla (sudak), cho'rtan baliq va boshqa baliqlar ovlanadi.
Baliqlarning ahamiyati. Baliq go‘shti va ikrasi xushta’m taom hisoblanadi. Ayniqsa, osetrsimonlar va losossimonlar go‘shti va Ikrasi qadrlanadi. Jahon bo‘yicha har yili 50 mln tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliqlarning asosiy qismi dengizlardan ovlanadi. Baliq ovlash uchun maxsus kemalar – traulerlardan foydalaniladi. Baliqchilik sanoati chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni, Qishloq xo‘jaligi uchun o‘g‘it ishlab chiqariladi. Baliq moyi farmasevtikada vitaminli dori hisoblanadi. O‘zbekistonda baliqlar ichki suv havzalaridan ovlanadi. Zog‘ora, oq amur, oqcha, xumbosh, oq sla, ilonbosh asosiy ovlanadigan baliqlar hisoblanadi.Tabiiy sharoitda baliqlar uvildirig‘I va chavoqlari ko‘plab nobud bo‘ladi. Shuning uchun baliqlar maxsus zavodlarda urchitilib, tabiiy suv havzalariga qo‘yib yuboriladi. Baliqlarni boshqa suv havzalariga ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Uzoq Sharq daryolaridan respublikamizdagi suv havzalariga oq amur, xumbosh, ilonbosh kabi baliqlar olib kelib, iqlimlashtirilgan.
Mavzu : O’zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlar va ular zaharining xususiyatlari.
Reja:
1.Ilonlar-Ophidia ёки Serpentes haqida ma’lumot.
2.O’zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlar.
3. Ilon zahri va uning xususiyatlari.
Ilonlarning gavdasi silindr shaklida, deyarli qismlarga bo'linmaydi. O'rmalab yurishga va katta – katta g'animlarini butunlay yutishga moslashgan. Ilonlarning oyoqlari, oyoq kamarlari va to'sh suyagi yo'qolib ketgan, faqat bo'g'ma ilonlarda va ko'r ilonlarda chanoq kamari qoldiqlari saqlanib qolgan. Barcha tana umurtqalarida harakatchan qovurg'alari bor, bu qovurg'alar qorin qalqonlariga taqalib turadi. Qorin qalqonlarida teriosti muskullarining faoliyati tufayli harakatga kelib, ilonlarning o'rmalashiga yordam beradi. Ilonlarning umurtqalari soni 140 ta dan 435 ta gacha boradi. Umurtqa pog'onasi faqat tana va dum umurtqalariga bo'linadi. Ilonlar gavdasining usti tangacha va qalqonlar bilan qoplangan. Ko'z qovoqlari o'zaro qo'shilib yupqa parda hosil qiladi va soat oynasidek ko'zini ustidan berkitib turadi. Nog'ora bo'shlig'i va nog'ora pardasi yo'q. O'pkasi toq, ularda faqat o'ng o'pka pallasi rivojlangan. Buyraklari va jinsiy organlari tasmasimon cho'ziq, siydik pufagi yo'q. Jag' apparatining suyaklari (tanglay, qanotsimon va tangachasimon) o'zaro harakatchan qo'shilgan. SHu sababli ilonlar o'z o'ljalarini butunlay yutadi. Bo'g'ma ilonlar o'ljasini gavdasi bilan o'rab bo'g'ib o'ldiradi, zaharli ilonlar esa o'ljasini zaharlab o'ldirib keyin yutadi. Zaharli ilonlarning yuqorigi jag'ida zahar tishlari bo'ladi, bu tishlari boshqa tishlaridan farq qiladi va yuqori jag' suyaklariga o'rnashgan bo'ladi. Zahar tishlari jag'i ochilganda ustki jag'iga vertikal holda, jag'i yopilganda esa ularning uchi orqa tomonga qayriladi.
Qora ilon, shaqildoq ilonlarning zahar tishlari ichida kanali bo'ladi, kapcha (kobra) ilon va ko'lvor ilonlar zahar tishlarining sirtida egatchalari bo'lib, zahar shu nov va kanallardan ilon chaqqanda oqib chiqadi. Zahar maxsus ustki jag' bezlari tomonidan ishlab chiqiladi. Ilonlarda ilmoq singari qayrilgan va uchi o'tkir tishlari bo'ladi. Odam uchun kapcha ilon, qora ilon, mamba va shaqildoq ilonlarning chaqishi juda xavfli hisoblanadi. Mambani hisobga olmaganda yuqorida keltirilgan zaharli ilonlar Respublikamiznining cho'l va tog'li hududlarida tarqalgan. MDH da yana chipor ilonlar va suv ilonlari keng tarqalgan. Ilonlar turli xil hayvonlar, ya'ni kemiruvchilar, mayda kaltakesaklar, baqalar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Ilonlar tuxum qo'yib, tuxumdan tirik tug'ib yoki tirik tug'ib ko'payadi. Ilonlar kenja turkumining sistematikasi ancha murakkab. Bu kenja turkumga 13 ta oila va 3000 taga yaqin tur kiradi. MDH da ilonlarning 60 taga yaqin turlari uchraydi, shu jumladan O'zbekistonda 6 ta oilaga kiruvchi 21 ta tur ilonlar uchrashligi aniqlangan.
Ilonlar o‘ziga xos tana tuzilishiga ega bo‘lgan, o‘lchami 20 sm dan 10 m gacha etadigan hayvondir. 2700 ga yaqin turi ma’lum. Tanasi har xil yo‘g‘onlikda bo‘yiga cho‘zilgan. Dumi hamisha tanasidan kalta. Oyog‘I bo‘lmaydi. O‘ziga xos ajoyib harakatlanish usuli, xatti-harakatlari, zahar tishlari va harakatsiz tik qarab turishi tufayli ilonlar haqida kanchadan-qancha ertak va afsonalar to‘kilgan hamda ko‘p xalqlar orasida ilondan qo‘rqish hissi paydo bo‘lgan.
Ilonlar kaltakesaklardan deyarli 30 xil belgilariga ko‘ra farq qilinadi. Asosiy farqlaridan biri pastki jag‘ining tuzilish xususiyatlaridir. Kalla suyagi yuz kismining suyaklari harakatchan birikkan, pastki jag‘ esa kalla suyagida qattiq cho‘zilgan burma yordamida osilib turadi. Elastik bog‘lam esa jag‘larning o‘ng va chap bo‘lagini biriktiradi va bu bilan ilonning og‘zi juda ham cho‘ziluvchan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ular o‘ljasini butunligicha yuta oladi. Tishlari yaxshi rivojlangan bo‘lib, chaqish (tishlab olish), o‘ljasini tutish va qizilo‘ngachiga itarish uchun xizmat qiladi. Hamma tishlari ingichka, o‘tkir va orqaga qayrilgan. Ilonlarning asosiy sezgi organi Yakobson organi bilan birgalikdagi tilidir. Ilon uchi ayri ingichka tilini ustki jag‘idagi yarim ochiq yoriqdan chiqarib, bir necha sekund havoda yaqinidagi narsalarga tegar-tegmas qilib o‘ynatadi va ichiga tortib oladi. Tilining uchlari Yakobson juft organining tupa tanglayidagi ikkita chiqarish teshigida joylashadi. Bu erda ilon havoda paydo bo‘ladigan arzimas miqdordagi moddalar haqida informatsiya oladi va shunga qarab o‘ljasining kaerda joylashganligi yoki suv manbaining qaerdaligi haqida orientirlanadi. Ko‘zlari ham orientirlashda katta rol o‘ynaydi (hamma ilonlarda ham shunday emas). Tungi ilonlarning ko‘z qorachig‘I vertikal yoki yumaloq, ba’zan esa gorizontal bo‘lishi mumkin, kunduzgi ilonlarning hamma vaqt yumaloq bo‘ladi. Ilonlarda hid bilish sezgisi yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular hatto sichqon bilan kalamushni hidiga qarab ham ajrata oladi. Ularda eshitish organi yaxshi rivojlanmagan, tashqi shitish teshigi bo‘lmaydi. O‘rta qulog‘I sodda tuzilgan va faqat ichki qulog‘I yaxshi rivojlangan. Shuning uchun ham ilonlar odamning oyoq tovushini eshitadi, biroq havoda tarqaladigan tovushlarni eshitmaydi. Bu tomondan ular deyarli kar hisoblanadi. Demak, ilonlarni muzika chalib o‘ynatish haqidagi afsonalar asossizdir. Bo‘g‘ma ilonlar bilan shaqildoq (chinqiroq) ilonlarda issiqni sezish organi bo‘lib, ular uzoqdan o‘ljasining tanasidan chiqayotgan haroratni biladi. Bu organlar tashqi tomondan ikkita chuqurcha shaklida bo‘ladi.Ilonlar faqat jonivorlar (chuvalchanglar, o‘rgimchaksimonlar, ko‘p-oyoqlilar, hasharotlar, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar va sut emizuvchilar) bilan oziqlanadi. Suvli mevalar, masalan, pomidorlarni yutib yuborgan hollari ham bo‘lgan. Aftidan ular organizmni suv bilan ta’minlash maqsadida shunday qilishsa kerak.
Jinsiy dimorfizm unchalik sezilmaydi. Erkagining dumi urg‘ochilarinikiga qaraganda bir oz uzunroq. Ko‘p turlarining urg‘ochilari erkagidan yirikroq bo‘ladi.Tuxum qo‘yib yoki tirik tug‘ib ko‘payadi. Ayrim turlari uchun bir marta urug‘lanish 3—5 yilgacha urug‘langan tuxum qo‘yish uchun etarli bo‘ladi. Bir yilda bir marta tuxum qo‘yadi. Bir galgi tuxum qo‘yishda mayda turlari bittadan 3—4 tagacha, yiriklari bir necha o‘nlab tuxum qo‘yadi. Inkubatsiya davri bir oydan 2,5 oygacha davom etadi.Yosh ilonlar kattalariga nisbatan ancha ochiq rangli bo‘ladi. Ular qishlashga ketgunga qadar tana bo‘shlig‘iga kirib boradigan va tuxumdan yangi chiqqan ilon massasining 30 %ni tashkil qiladigan sariqlik xaltasi hisobiga yashaydi. Ilonlar nisbatan uzoq yashaydi, biroq aniq ma’lumotlar yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |