Faunani muhofaza qilish va boyitish. Mashhur tabiatshunos J. D o r s t n I n g fikricha, bizning zamonamizda sut emizuvchilarning 120 turi va kenja turlari yo'qolib ketgan.
Hayvon turlari yo'qolib ketishining oldini olish maqsadida jamoatchilik taklifi bilan 1966 yilda “Xalqaro qizil kitob” (Red Data Book) tashkil qilindi. Bu kitobga nodir va yo'qolib ketayotgan turlar kiritilgan va ularni muhofaza qilish uchun tavsiyalar berilgan. Jami bu kitobga sut emizuvchilar va qushlarning 360 turi va kenja turi kiritilgan. Quyida 1978 yilda tashkil etilgan “SSSR Qizil kitob” iga kiritilgan ba'zi turlar bilan tanishamiz.
Daryo vixuxoli – Rossiya faunasining endemik turi. U Volga, Don, Ural basseynida sporodik tarqalgan.
Yo'lbarsning Amur va Turon kenja turi. Primore va Xabarovsk o'lkalarida birinchisining 190 individi bor. Ikkinchisi avval Amudaryo, Sirdaryo va boshqa daryolar bo'yida tarqalgan bo'lsa, hozir kam uchraydi. Ayrim vaqtlarda Afg'oniston va Erondan o'tadi.
Ilvirs – O'rta Osiyo, Qozog'iston, qisman SHarqiy Sibir baland tog'larida yashaydigan kam sonli hayvon.
SHarqiy Sibir qoploni – Uzoq SHarqning janubida tarqalgan. Juda kam.
CHita (gepard) ilgari O'rta Osiyo cho'llarida keng tarqalgan. Oxirgi yillarda topilmagan.
Tyulen-monax ilgari Qrim qirg'oqlarida kamdan-kam uchrar edi. Turkiya va Bolqon yarim orolidan o'tadi.
Kitlardan “Qizil kitob”ga 5 turi kiritilgan. Bular orasida Grenlandiya kiti va ko'k kit ayniqsa kam sonlidir.
O’zbekiston Respublikasi va Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan sut emizuvchilar
Odamlarning hisobicha, oxirgi 300 yil ichida 120 tur sut emizuvchi hayvonlar yer yuzidan qirilib ketgan. Hayvonlarning kelajakda yana y qolib ketish xavfi b lmasiigi uchun 1966-yilda jamoatchilikning tashabbusi bilan Xalqaro “Qizilkitob” tashkil qilingan. Keyinchalik (1983-yilda) esa O’zbekiston “Qizil kitobi” chop etildi. O’zbekistonning yangi “Qizil kitobi” 2003-yilda chop etilgan bo’lib, unga sut emizuvchilarning 23 ta turi kiritilgan. Ular ichida ko’k sug’ur, tyanshon qo’ng’ir ayig’I, O’rta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, qor qoploni, Buxoro bug’usi, jayron, morxo’r, yovoyi qo’ylar diqqatga sazovordir. Hayoti xavf ostida qolgan yoki soni kamayib borayotgan hayvonlarni himoya qilishning eng samarali tadbirlariga q riqxonalar va buyurtmaxonalar barpo qilish kiradi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda 6 ta tog’(Hisor, Zomin, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol), 3 ta cho’l —to’qay Qizilqum, Boday—To’qay, Zarafshon q riqxonalari va 2 ta milliy bog‘ (Zomin, Ugom —Chotqol) faoliyat yurgizmoqda. O’zbekistonga Amerika qit’asidan ondatra, nutriya va norka keltirilib iqlimlashtirilgan.
Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. On minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bugular, gor arsloni va ayiqlari, orta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yoqolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600 yildan 1875 yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi qizil kitobga kiritildi.Yangi «Qizil kitob» (2009) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 24 turi. Bu yerda Osiyo hayvonlarining ko’pgina vakillari uchraydi. Ularning ichida: bo’ri, tikquloq tipratikon, tulki, qursoq, quyon, jayron, sayg’oq, yovvoyi cho’chqa, morxo’r, tog’ qo’yi, bo’rsiq, toshli tulki, ayiq, qoplon, gornostay, Sibir tog’ echkisi, Hind kalamushi, chiyabo’ri, Buxoro bug’usi, yumronqoziq, tovushqon, to’qay mushugi, yo’lbars kiritilgan.
Oʻzbekiston hayvonot dunyosi xilma-xil boʻlib, Oʻrta Osiyodagi boshqa mamlakatlar singari subtropik mintaqalga xos turlarga ega. Respublikada sut emizuvchilarning 6 turkumi: hasharotxoʻrlar (6 tur), koʻlqanotlilar (19 tur), tovuqsimonlar (2 tur), kemiruvchilar (42 tur), yirtqichlar (23 tur) va juft tuyoqlilar (8 tur)ga mansub 100 tur uchraydi. Eng nodir va kam uchraydigan sut emizuvchilarning 24 turi, jumladan burama shoxli echki, ayiq, qoplon, quroquloq, silovsin, ilvirs, sirtlon, qunduz, manul, jayran, alqor, qushoyoq, koʻk sugʻur, olakoʻzan, ustyurt qoʻyi, buxoro qoʻyi, shomshapalak, tunshapalak Oʻzbekiston Respublikasi „Qizil kitobi“ga kiritilgan (2003).
Do'stlaringiz bilan baham: |