Xalqaro huquq tizimi – xalqaro huquqning elementlari, umum tan olingan prinsiplar, yuridik normalar, shuningdek institutlar yig‘indisi.
Shunday qilib, xalqaro huquq tizimini quyidagi kategoriyalarga ajratish mumkin:
1) xalqaro munosabatlarni tartibga solishning xalqaro-huquqiy
mexanizmlari uchun ahamiyatli bo‘lgan va yadrosi hisoblangan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari;
2) davlatlar yoki boshqa xalqaro huquqning subyektlari o‘rtasidagi umummajburiy hisoblangan xalqaro huquq normalari;
3) muayyan funksional normalar kompleksini o‘zida jamlagan xalqaro huquq institutlari. Xalqaro huquq subyektliligi to‘g‘risidagi, xalqaro huquq ijodkorligi to‘g‘risidagi, xalqaro javobgarlik to‘g‘risidagi, davlatlarning huquqiy vorisligi to‘g‘risidagi xalqaro huquq institutlari;
4) xalqaro huquq sohalari. Ular xalqaro huquq tizimining nisbatan yirikroq bo‘limlari hisoblanadi va kengroq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.18
Xalqaro-huquqiy normalar xalqaro huquq tizimining birlamchi elementi sifatida subyektlar doirasi jihatidan (umumiy, barcha davlatlar uchun majburiy va mahalliy, davlatlarning muayyan doirasi uchun majburiy) hamda ularning yuridik kuchi bo'yicha (dispozitiv va imperativ) bir xil emas.
Xalqaro huquq tizimiga uning uchun xos bo'lgan tuzilma, ya’ni ichki tarkib, undagi elementning joylashishi va biriashishi, ulaming o'zaro aloqalaridagi mazmun-mohiyat mos va xosdir. Xalqaro huquq normalari o'zaro bog'liq va shu tufayli ulardan har birining mazmuni butun xalqaro huquq tizimi sifatida o'rganilmog'i lozim.
To’rtinchi savol - «Yangi sohalar» sifatida xalqaro xavfsizlik huquqi, xalqaro javobgarlik huquqi, inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, atrof-muhit huquqi, xalqaro atom huquqi va boshqa shu kabi huquqlami ko'rsatish mumkin.
11. БМТ Хавфсизлик Кенгаши 5 доимий аъзо давлатларига хос бўлган вето ҳуқуқининг давлатлар суверен тенглиги принципига мувофиқлигини масаласини таҳлил қилинг?
Xavfsizlik Kengashi 15 ta a’zodan iborat Xavfsizlik Kengashining raisi har oyda o’zgaradi. O’ziga yuklatilgan vazifalami bajarish uchun Xavfsizlik Kengashi yordamchi organlar (doimiy yoki muvaqqat qo’mitalar) tuzishi mumkin. Xavfsizlik Kengashining qarorlari,
protseduraga oid masalalardan tashqari, kamida to’qqizta ko’pchilik ovoz, shu jumladan, veto huquqiga ega bo’lgan doimiy a’zolaming ovozi bilan qabul qilinadi.
Xavfsizlik kengashi Tashkilotning o'n besh a'zosidan iborat. Xitoy Xalq Respublikasi, Fransiya, Rossiya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi va Amerika Qo'shma Shtatlari Xavfsizlik kengashining doimiy a'zolari
12. Халқаро ҳуқуқ ва миллий ҳуқуқ ўзаро боғлиқлиги нималарда кўринади? Халқаро ҳуқуқ устунлиги нима? Ўзбекистонда қайси назария қўлланилади – монизм ёки дуализм? Асос сифатида мисоллар келтиринг.
Birinchi savol - Халқаро ҳуқуқ ва миллий ҳуқуқ ўзаро боғлиқлиги нималарда кўринади?
Xalqaro va milliy huquq (davlatning ichki huquqi) turli sohalarda amal qiladigan va bir-biriga bo'ysunmaydigan mustaqil huquq tizimlari hisoblanadi. Ayni chog'da, ular o'zaro murakkab munosabatlar bilan bog'langandir.
Keng ma’noda qaralganda, xalqaro va milliy huquqlarning harakat sohalari bir-biriga juda yaqin bo'lib, u tegishli huquq subyektlarining o'zaro harakati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi
Xalqaro huquq va milliy huquq doimiy ravishda bir-birining normalarini o’zlashtirib turadi.
Xalqaro huquqda norma ijodkorligi milliy huquq tizimlariga ta’sir ko'rsatishi hamda bu davlatlarning tashqi siyosati va diplomatiyasida hisobga olinishi fakt sifatida e’tirof etiladi. Xalqaro huquq o‘z navbatida milliy qonunchilikka ta’sir ko'rsatadi. Qator davlatlarda ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar to'g'ridan to'g'ri milliy qonunchilikning
bir qismiga aylanadi. Ko'plab davlatlar qonunlarida shunday qoida belgilanganki, unga ko'ra, qonundagi qoidalar bilan xalqaro shartnoma normalari o'rtasida tafovut mavjud bo'lgan hollarda xalqaro shartnoma qoidalari ustuvor sanaladi.
Xalqaro huquq bo'yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipiga muvofiq, har qanday davlat o'z hokimiyatini amalga oshirishda, jumladan qonunlar va m a’muriy qoidalarni o'matishda o'z zimmasidagi xalqaro majburiyatlarni muvofiqlashtirib oladi. Shu bilan birga, davlatlaming suveren tengligi prinsipi har bir davlatga o'z milliy huquqiy tizimini o'zi tanlash, shuning barobarida, o'z ichki davlat huquqining xalqaro huquq bilan o'zaro munosabat tartibini belgilash uchun imkon beradi. Bu xalqaro huquq davlat zimmasiga muayyan majburiyat yuklaydi, uni mamlakat ichida amalga oshirish tartibini esa, agar xalqarohuquqiy normada boshqa xil qoida mavjud bo'lmasa, milliy huquq belgilaydi. Xalqaro huquqda norma ijodkorligi milliy huquq tizimlariga ta’sir ko'rsatishi hamda bu davlatlarning tashqi siyosati va diplomatiyasida hisobga olinishi fakt sifatida e’tirof etiladi. Xalqaro huquq o‘z navbatida milliy qonunchilikka ta’sir ko'rsatadi. Qator davlatlarda ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar to'g'ridan to'g'ri milliy qonunchilikning bir qismiga aylanadi. Ko'plab davlatlar qonunlarida shunday qoida belgilanganki, unga ko'ra, qonundagi qoidalar bilan xalqaro shartnoma normalari o'rtasida tafovut mavjud bo'lgan hollarda xalqaro shartnoma qoidalari ustuvor sanaladi.
Xalqaro huquq subyektlari, prinsip nuqtayi nazaridan olganda, xalqaro majburiyatlarga rioya qilmaganliklarini oqlash uchun o'z qonunchiligiga havola qilishlari mumkin emas. Davlatlar o'z zimmalariga olgan xalqaro majburiyatlarni sidqidildan bajarishlari zarur.
XIX asr oxirida paydo bo'lgan dualistik nazariya (Tripsl, Ansilotti, Komarovskiy, Martens) xalqaro huquq va davlatlaming milliy huquqining o'ziga xosligiga asoslanadi hamda ulami tartibga solish obyektlari, huquqiy munosabatlar subyektlari tarkibi va yuridik normalari paydo bo'lishi manbalari har xilligi tufayli, ular bir-biriga tobe emasligini tasdiqlaydi. Dualizm tarafdorlari bu ikki huquq tizimi har xil huquqiy tartibotga xizmat qilganligi uchun hech qachon o'zaro bahslasha olmasligini ta’kidlaydilar.
Faqat vaqt o'tishi bilan ikki tizim o'rtasida o'zaro aloqaning mavjudligi va usiz bu tizimlaming hech biri o'z vazifalarini muvaffaqiyatli bajara olmasligi haqida fikrlar ilgari surila boshlandi. Bunday qayta yo'nalish olish «dialektik dualizm» deb ta’riflandi. U xalqaro huquqning milliy huquqdan ustuvorligini tan olgan holda, xalqaro huquq va davlatlaming milliy huquqining uzviy bog'liqligini e’tirof etish bilan tavsiflanadi .
Dualistik nazariyadan farqli o'laroq, monistik konsepsiya (Lasson, Kaufman, Kelzen, Russo va boshq.) ko'rilayotgan ikki tizimning birligini asoslaydi, ammo ulaming biri ikkmchisidan ustuvorligini tan oladi. Monistik yo'nalishlardan birining (bosiq monizm) qarashiga
ko'ra, xalqaro huquq go'yo milliy huquqiy tizimlaming davomi yoki yig'indisi sifatida namoyon bo'ladi yoxud normalari faqat davlatlarning milliy huquqiga u yoki bu tarzda kiritilgandagina yuridik kuchga ega bo‘ladigan «davlatning tashqi huquqi» davomi hisoblandi. Monistik nazariyaning boshqa yo'nalishi vakillari (radikal monizm)
esa, aksincha, xalqaro huquqni faqat ichki huquqning harakat doirasinigina emas, balki uning butun normativ qoidalari mazmunini ham belgilovchi yuqori huquqiy tizim sifatida tan olish tarafdorlaridir.
13. Халқаро ҳуқуқ субъектлари қандай турларга бўлинади? Халқаро ҳуқуқнинг ва халқаро муносабатлар бошқа субъектларининг (нодавлат субъектлар ҳам) пайдо бўлган ва улар фаоллиги ортиб бораётган ҳозирги кунда
давлатларнинг халқаро ҳуқуқ субъекти сифатида ўрни қандай ?
Xalqaro huquq subyektlari quyidagi turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |