Bosh hakam fikriga ko’ra maydondagi o’yinchi qattiq jaroxat olganda yoki o’yinchilarni maydondan evakuvastiya qilish zarur bo’lganda uchrashuvni vaqtinchalik yoki butunlay to’xtatishi mumkin;
1. Bosh hakam va uning huquq-majburiyatlari
Bosh hakam fikriga ko’ra o’yinchi yengil jarohat olganda to’p maydondan chiqib ketmaguncha uchrashuv davom ettiriladi;
Har qanday o’yinchining jaroxatidan qon chiqsa, ushbu o’yinchini maydon tashqarisiga chiqishini ta’minlash hamda ushbu o’yinchi maydonga qaytayotganda qon oqishi to’xtaganiga ishonch xosil qilgandan so’nggina unga ruxsat berishi;
O’yin qoidasini buzgan jamoa darvozasi tomon hujum bo’layotgan bo’lsa o’yinni tuxtashish zarur emas, hujum tugagandan so’ng yoki to’p maydondan tashqariga chiqqanda qoidabuzarni ogohlantirish zarur;
1. Bosh hakam va uning huquq-majburiyatlari
Qoidabuzar yoki ogohlantirilgan o’yinchi yana bir bor qoidani buzsa, o’yinchi shu zahoti qattiq ogoxlantirilish bilan jazolanishi kerak;
Agar uchrashuvda qoida buzilsa, hakam to’p maydonni tark etgandan so’ng qoidabuzarni albatta ogohlantirishi zarur;
Jamoalardagi o’zini tuta olmayotgan rasmiy vakillarga nisbatan maydondan, zaxira o’rindig’idan chetlatishi yoki ularga jazo qo’llashi mumkin;
Bosh hakam yo’l qo’yilgan qoidabuzarlikni ko’rmay qolgan vaziyatlarda uning yordamchisi etkazgan ma’lumotlar asosida jazo qo’llashi mumkin;
Maydonga futbolchilardan boshqalarni tushirmaslikni nazorat kilish;
O’yin to’xtatilganda davom ettirish;
O’yin bayonnomasi(bayonnomaga uchrashuv atrofida, uchrashuv boshlanishiga qadar, uchrashuv davomida, uchrashuvdan so’ng bo’lib o’tgan barcha voqealarni yozma ravishda)ni to’ldirish va uchrashuv tashkilotchilariga taqdim etish zarur.
Hakam qarori
Har qanday o’yin holatida faqat bosh hakam yakuniy qaror chiqara oladi.
Agar hakam yordamchilari bilan maslaxatlashib noto’g’ri qaror qabul qilganini tan olsa, unda faqat o’yin to’xtatilgan vaziyatda o’z qarorini o’zgartirishi mumkin.