- To’rtinchi hakam tomonidan o’yindagi to’xtalishlar hisobiga yo’qotilgan vaqtni e’lon qilish
- 7 – Qoida: O’yining davomiyligi. Vaqt qo’shib berish.
- O’yinning har bir bo’limida quyidagi holatlar uchun vaqt yo’qotilishi tufayli qo’shimcha vaqt qo’shib beriladi:
- o’yinchi (lar) almashtirish,
- o’yinchi jarohati darajasining jiddiyligini baholash,
- kuzatib qo’yish (o’yinchiga yordam ko’rsatilishi uchun maydondan tashqariga chiqarish),
- o’yinni cho’zish,
- boshqa biror sabab.
- Vaqtni qo’shish bosh hakam ko’rsatmasiga binoan amalga oshiriladi.
- Musobaqalar reglamentida belgilanishicha, o’yin vaqtida stadionlardagi soatlar ishlashi mumkin, yagona shart shundan iboratki har bir bo’lim, ya’ni 45 va 90 daqiqa tugagach, soatlar to’xtatiladi. Ushbu shart final o’yinlarining qo’shimcha bo’limlari uchun ham taalluqli. (Ya’ni, soatlar15 va 30 daqiqa o’tgach, to’xtatiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |