Rasmiy uchrashuvlar: FIFA, qit’a konfederatsiyalari yoki milliy assotsiatsiyalar tomonidan o‘tkaziladigan uchrashuvlarda uchtagacha o‘yinchi almashtirishga ruxsat etiladi. Agar musobaqa reglamentida ko‘prok o‘yinchi almashtirish mumkin bo‘lsa, unda ettitagacha o‘yinchi almashtirish mumkin.
Boshqa uchrashuvlar: Boshqa uchrashuvlarda quyidagi shartlarga asosan 5 tagacha o‘yinchi almashtirish mumkin:
Ikki uchrashadigan jamoa maksimal darajada o‘yinchi almashtirishga kelishganda,
Bosh hakam ushbu kelishuv haqida uchrashuv boshlanguniga qadar ogoh etilsagina.
Agar uchrashuv hakami kelishuv haqida o‘yin boshlanguniga qadar ogohlantirilmasa yoki ikki jamoa maksimal darajada o‘yinchi almashtirishga kelisha olmasa, uchrashuvda 3 tagacha o‘yinchi almashtirish mumkin.
Barcha uchrashuvlar uchun: Barcha uchrashuvlarda o‘yin boshlanguniga qadar zaxira o‘yinchilari ism – shariflari uchrashuv bayonnomasidagi ro‘yxatga kiritilgan bo‘lishi lozim. Uchrashuv bayonnomasidaga ro‘yxatga kiritlmagan futbolchi o‘yinda qatnasha olmaydi.
O‘yinchining asosiy kiyimi: Futbolka yoki kuylak
SHort (agar shortning ichida ichki kiyim bo‘lsa, bu xam shortning rangida bo‘lishi zarur)
Getralar
Himoya vositalari (SHitki)
Oyoq kiyim
Darvozabon kiyimi Darvozabon kiyimi rangi maydondagi o‘yinchilardan, bosh hakam va bosh hakam yordamchilari kiyimi rangidan ajralib turishi kerak.
Har qanday qoida buzilishlarda uchrashuvni to‘xtatish, uzib qo‘yish yoki butunlay to‘xgatish o‘yindagi bosh hakam qarashiga bog‘liq;
Bosh hakam uchrashuvni har qanday tashqi muxitning aralashuvida to‘xtatishi yoki butunlay tugatishi mumkin;
Bosh hakam fikriga ko‘ra maydondagi o‘yinchi qattiq jaroxat olganda yoki o‘yinchilarni maydondan evakuvatsiya qilish zarur bo‘lganda uchrashuvni vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtatishi mumkin;
Bosh hakam fikriga ko‘ra o‘yinchi engil jaroxat olganda to‘p maydondan chiqib ketmaguncha uchrashuv davom ettiriladi;
Har qanday o‘yinchining jaroxatidan qon chiqsa, ushbu o‘yinchini maydon tashqarisiga chiqishini ta’minlash hamda ushbu o‘yinchi maydonga qaytayotganda qon oqishi to‘xtaganiga ishonch xosil qilgandan so‘nggina unga ruxsat berishi;
O‘yin qoidasini buzgan jamoa darvozasi tomon hujum bo‘layotgan bo‘lsa o‘yinni tuxtashish zarur emas, hujum tugagandan so‘ng yoki to‘p maydondan tashqariga chiqqanda qoidabuzarni ogohlantirish zarur;
Qoidabuzar yoki ogohlantirilgan o‘yinchi yana bir bor qoidani buzsa, o‘yinchi shu zaxoti qattiq ogoxlantirilish bilan jazolanishi kerak;
Agar uchrashuvda qoida buzilsa, hakam to‘p maydonni tark etgandan so‘ng qoidabuzarni albatta ogohlantirishi zarur;
Jamoalardagi o‘zini tuta olmayotgan rasmiy vakillarga nisbatan maydondan, zaxira o‘rindig‘idan chetlatishi yoki ularga jazo qo‘llashi mumkin;
Bosh hakam yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni ko‘rmay qolgan vaziyatlarda uning yordamchisi etkazgan ma’lumotlar asosida jazo qo‘llashi mumkin;
Maydonga futbolchilardan boshqalarni tushirmaslikni nazorat kilish;
O‘yin to‘xtatilganda davom ettirish;
O‘yin bayonnomasi(bayonnomaga uchrashuv atrofida, uchrashuv boshlanishiga qadar, uchrashuv davomida, uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan barcha voqealarni yozma ravishda)ni to‘ldirish va uchrashuv tashkilotchilariga taqdim etish zarur.