Muskullarning tuzilishi, fiziologiyasi, gigienasi va yosh xususiyatlari Muskul sistemasi



Download 319,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana26.06.2022
Hajmi319,57 Kb.
#706525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Muskullarning ishi labaratoriya

ham tayanch nuqta chetda bo‘la
di, lekin og„irlik kuchi 
ikkinchi chetda bo„lib, yelkasi muskul tortish kuchining yelkasidan bir nechta 
marta uzun. Muskulning tortish kuchi o„rtada bo„lib, yelkasi juda qisqa. Bunday 
richagda keng qulochli tez harakatlar bajariladi. Masalan, tirsak bo„g„imida qo„lni 
bukib, panjada yuk ko„tarish. 
Muskullarning rivojlanishi. 
Muskullar hayvonot olamining taraqqiyoti jarayonida 
tabaqalanib borib, sut emizuvchi hayvonlarda ancha rivojlangan. Odam embrionida 
muskullar mezodermaning orqa-chetki qismidagi somitlardan hosil bo„ladi. Bunda 
avval hayot uchun eng zarur muskullar: til, lab, diafragma, qovurg„alararo, so„ngra 
qo„l, gavda va oyoq muskullari rivojlanadi. 
Bola tug„ilganda barcha muskullari mayda va rivojlanmagan bo„ladi. Ular bolaning 
hayoti davomida rivojlana borib, 25 yoshda to„liq shakllanadi. Muskullarning 
rivojlanishi skeletining taraqqiy etishiga va bola qad-qomatining shakllanishiga 
sabab bo„ladi. Yangi tug„ilgan bola muskullarining vazni tanasi vaznining 23,3% 
ni, 8 yoshda – 27,2% ni, 12 yoshda – 29,4% ni, 15 yoshda – 32,6% ni, 18 yoshda – 
44,2% ni tashkil etadi. Bir yoshda yelka kamari, qo„l muskullari yaxshi rivojlangan 
bo„ladi. Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari tez 
usadi, 6–7 yoshdan boshlab qo„l panjasining muskullari tez rivojlanadi. Bolalarda 
bukuvchi muskullarning tarangligi yuqoriroq bo„lib, yozuvchi muskullarga 
nisbatan tez rivojlanadi. 12–16 yoshda yurish-turish uchun zarur muskullar 
rivojlanadi. yosh ortib borishi bilan muskullarning ximiyaviy tarkibi, tuzilishi ham 
o„zgaradi. Bolalar muskulida suv ko„p bo„ladi. Muskullarning rivojlanishi bilan 
ulardagi qon tomirlar va nerv tolalari soni ortadi. Umuman, katta odamlarda 50 
yoshdan boshlab muskullar suet rivojlanadi. Keksayganda vazni 15–20% 
kamayadi. 


Tashqi muhitda turli omillarning sezgi organlariga ta‟siri natijasida muskullar 
qisqaradi. Bu impulslar nerv sistemasining normal faoliyatini saqlab turadi, 
boshqacha aytganda, skelet muskullarining uyg„unlashgan harakatini vujudga 
keltiradi. Shuning uchun ham odamning harakatlari tartibli bo„ladi. Skelet 
muskullarining qisqarishi kishining ixtiyoriga bog„liq. Muskul asosan muskul 
tolalaridap tuzilgan. Organizmdagi barcha muskullar ko„ndalang yo„lli muskullar 
va silliq muskullarga bo„linadi. 
Skelet muskullari butun tana og„irligining 40-50% tashkil etuvchi, anchagina 
kuchli rivojlangan tana a‟zosi hisoblanadi. Mushaklarning kattagina qismini 
tayanch harakat sistemasi,mimika muskullari bundan tashqari til, tomoq, hiqildoq, 
ko„z, o„rta quloq, va boshqalar tashkil qiladi. U somatik nerv sistemasi orqali nerv 
bilan ta‟minlanadi. 
To„qimaning ma‟lum vaqt ichida ta‟sirni juda ko„p qabul qilib, yangi ta‟sirga 
tayyorlanishi labillik, 
ya
‟ni funksional harakatchanlik deb aytiladi. Skelet 
muskullari ta‟sirga 
qancha tez javob qaytarsa
, vaqt birligida undan shuncha ko„p 
qo„zg„alish o„tadi va labilligi shuncha yuqori bo„ladi. Aksincha muskul ta‟sirga 
qancha sekin javob bersa, labilligi shuncha past bo„ladi. Bola yoshining ortishi 
bilan labillik xam orta boradi. 14- 15 yoshda labillik kattalarnikidek bo„lib qoladi. 
Bir butun organizmda muskullarga juda ko„p impulelar ketma-ket kelib turadi. 
Muskullar ana shu impulelarga javoban uzok qisqaradi. Nerv tolasidan impuls tez-
tez kelib turgapidan muskullarning shu tariqa qisqarishi tetanik qisqarishi, ya‟ni 
tetanus deb ataladi. 
Muskullarning ishi va kuchi uzunligiga bog„liq. Muskul kuchi shu muskul tolalari 
yig„indisining ko„ndalang kesigi diametriga to„g„ri proporsional bo„ladi. 
Boshqacha aytganda, muskul ko„ndalang kesigining diametri qancha katta bo„lsa, 
muskul shuncha kuchli bo„ladi. Muskul ishi yuk og„irligi yetarli bo„lganda juda 
yukrri bo„ladi, yuk me‟yoridan og„irlashganda esa muskulning ish qobiliyati 
pasayib ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug„ullanib turilganda muskul 
tolalarining yo„g„onligi va kuchi orta boradi. 8-9 yoshda muskul kuchi ancha tez 
ortadi. 9 yoshdan 12 yoshgacha bir qadar sekinlashadi. O„smirlarda balog„atga 
yetish davrida muskullar kuchi tez ortadi va turlicha rivojlanadi. 5-6 yoshda yelka 
va bilak muskullari, 6-7 yoshda panja muskullari, 9 yoshdan boshlab boshqa 
barcha muskullar kuchi ortib boradi. Muskullar kuchining ortib borishi mashq 
qilishta, jinsga bog„liq. Qizlarda muskullar kuchi birmuncha kam bo„ladi. 
Mashqlar ta‟sirida muskullar massasi ham orta boradi, moddalar almashinuvi, 
ayrim organlar (yurak, o„pka, me‟da va boshqalar) faoliyati kuchayadi, natijada 
organizm yaxshi usadi va rivojlanadi. 

Download 319,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish