Muskullarning
tuzilishi
, fiziologiyasi, gigienasi va
yosh xususiyatlari
Muskul sistemasi.
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo„lib, katta yoshli
odam tanasi vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat
faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari
muskullarning guruh-guruh bo„lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo„ladi.
Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta‟sir qilishi va ana
shu ta‟sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-
sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga
kelishi tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet
muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta‟sir etadi.
Ko„ndalang yo„lli muskul to„qimasi ko„ndalang targ„il muskul skelet va yurak
muskul to„qimasiga bo„linadi. Ko„ndalang yo„lli muskul deyishiga sabab, elektron
mikroskop ostida ko„rilganda, uning och va to„q rangdagi guruh bo„lib joylashgan.
Muskul hujayralaridagi juda to„g„ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar va ularning
qismlari (aktin va miozin tolalari) dir. Elektron mikroskopida ko„rilganda
ko„ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks
taqsimlanganligi bilan farq qiladi.
Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi bo„lib,
keng tanasi, ya‟ni qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga
yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda
bo„g„imda harakat sodir bo„ladi. Muskullar tolalarining yo„nalishiga qarab
duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon va ikki qorinchali
bo„lishi mumkin. Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to„qimadan
tuzilgan yupqa parda bilan o„ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida
muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o„rab turishi mumkin.
Yumaloq muskullar og„iz, ko„z atrofida uchraydi. Kalta yo„g„on muskullar
baquvvat bo„lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan,
dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish
joyiga ko„ra, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko„ra, chaynash muskuli,
bukuvchi
muskullar va hokazo
, ikki boshli va hokazo. Tuzilishiga ko„ra, yarim payli muskul
va boshqalar; joylashishiga ko„ra, peshona, yelka muskullari va xokazo; shakliga
kura, trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va xokazo.
Muskullar fiziologiyasi.
Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko„ndalang-
targ„il va silliq muskullarga bo„linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish
bo„lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi.
Ko„ndalang-targ„il muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol
harakat qilishini ta‟minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq muskullardan
tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning
faoliyati bilan bog„liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo„ylab harakati, qon
tomirlarining kengayib-torayishi va hokazo.
Muskullarning tuzilishi.
Muskullar maxsus parda-sarkolemma bilan o„ralgan
muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul tolalarining protoplazmatik moddasi va
qisqaruvchi talaygina ipsimon elementlari-miofibrillari bor. Muskul tolasi
pardasining ustida yadrolari joylashgan. Miofibrillalar muskulning asosiy
funksional elementlaridir. Ko„ndalang-targ„il muskul miofibrillalari mikroskop
ostida birin-ketin joylashgan qoramtir va rangsiz disklarga bo„lingandek bo„lib
ko„rinadi, bu disklar A va I harflari bilan ifodalanadi. A disk (anizotrop disk)
kuchli darajada ikki yoqlama nur sindiradigan bo„ladi, I disk esa (izotrop disk) ikki
yoqlama nur sindirish qobiliyatiga ega emas. Bu tolalar ikki xil nur sindirganliklari
uchun mikroskop ostida qaralganda ko„ndalang-targ„il bo„lib ko„rinadi.
Miofibrillalarning anizotrop disklari muskulning qisqarishini ta‟minlasa, izotrop
disklari ularga elastiklik beradi. Muskul tolalari ranglari bilan ham bir-biridan farq
qiladi. Qizil rangli tolalar sarkoplazmaga boy, miofibrillalari kam bo„ladi, oqish
rangli tolalarning sarkoplazmasi oz, miofibrillalari esa ko„p bo„ladi. Silliq
muskullar ko„ndalang-targ„il muskullardan shu bilan farq qiladiki, ular mikroskop
ostiga qo„yib qaraganda navbat bilan joylashuvi, qoramtir va rangsiz disklari
ko„rinmaydi. Muskullar ish bajarish darajasiga qarab qon, limfa tomirlari va nerv
tolalari bilan ta‟minlangan.
Muskullarning kuchi tolalarining ko„ndalang kesimiga, ko„p-ozligiga bog„liq.
Muskulning har bir santimetri o„rta hisobda 10 kg yuk ko„taradi. Ularning ishi nerv
sistemasiniig qo„zg„aluvchanligiga, mashq qilishiga, tashqi sharoitga bog„liq,
muntazam ravishda mashq qilib turgan odamning muskullari baquvvat bo„ladi, kon
tomirlar bilan yaxshi ta‟minlanadi, organizmda energiya va moddalar almashinuvi
kuchayadi.
Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq bo„lib, tashqi muhit ta‟sirida cho„ziladi
yoki qisqaradi. Qisqarganda bo„g„imlarda harakat vujudga keladi. Muskullar
bo„g„imdan o„tishiga qarab, bir bo„g„imli (masalan, deltasimon muskul) va ko„p
bo„g„imli (masalan, barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul) bo„ladi. Muskullar
bo„g„imlardagi harakatda ishtirok etishiga qarab, sinergist va
antago
nist
muskullarga bo„linadi. Sinergist muskullar qisqarganda umumiy
harakat vujudga keladi. Masalan, yelka, bilak va yelkaning ikki boshli muskullari
qisqarganda, tirsak bo„g„imida bukish harakati sodir bo„ladi. Antagonist muskullar
qisqarganda qarama-qarshi harakatlar vujudga keladi. Masalan, yelka, yelka-bilak
va yelkaning ikki boshli muskullariga yelkaning uch boshli muskuli antagonistdir.
U qisqarsa, tirsak bo„g„imida yozish harakati sodir bo„ladi.
Muskullar suyaklarni harakatlantirishda richag qonuni asosida ta‟sir etadi.
Masalan, birinchi tartib, ya‟ni muvozanat richagida tayanch nuqta o„rtada,
muskulning tortish va og„irlik kuchi ikki chetda, ulariing yelkasi va yo„nalishi bir
xil bo„ladi. Masalan, ensa-atlant bo„g„imida kalla muvozanatining saqlanishi. Bu
richagda tayanch nuqta o„rtada bo„lib, kalla yuz qismining
vazni oldingi yelkada
,
ensaga birikkai muskullarning tortish kuchi orqada, bularning yelkasi bir-biriga
teng bo„ladn. Buni quyidagicha ifodalash mumkin.
Bunda m. t. k. – muskulning tortish kuchi; t. n.–tayanch nuktasi; o. k.– og„irlik
kuchi. Bunday richagda normal muvozanat saqlanadi.
Ikkinchi tartib richag kuch richagi deyiladi, bunda tayanch nuqta chetda, og„irlik
kuchi o„rtada bo„ladi. Mus kulning tortish kuchi ikkinchi chetda bo„lib, yelkasi
uzun. Bu richagda qatnashuvchi muskullarning yelkasi uzun bo„lgani uchun kuchli
ish bajariladi.
Uchinchi tartib richagda
Do'stlaringiz bilan baham: |