Tayanch xarakat apparatining gigienasi
. Bolalarning o„quv va mexnat faoliyatini
tashkil etishda o„quv va mexnat sharoitlarining gigienaga to„g„ri kelmasligi, sinf
jixozlarining maqsadga muvofiq bo„lmasligi, portfelini doim bir qo„lda olib
yurishi, uydagi turmushni uyushtirishda ish o„rnining gigienik jihatdan to„g„ri
kelmasligi, o„rin – ko„rpaning xaddan tashqari yumshoq va notekis bo„lishi
umurtqa pog„onasining rivojlanish xususiyatlariga yetarlicha baho bermaslik
tayanch – xarakat apparatining noto„g„ri o„sib – rivojlanishiga olib keladi. Tayanch
– xarakat apparatining gigienik qonunlarga rioya qilmasliq umurtqa pog„onasining
rivojlanishiga, ya‟ni qad – qomatning buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan,
kifotik, lordotik, skoliotik qad – qomat deyiladi.
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari
oldinga osilgan, ko„krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo„ladi.
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o„xshash ko„tarilib turadi. Bukir
holat yuzaga keladi.
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko„krak qafasi yassi,
qorni oldinga chiqqan bo„ladi, umurtqa pog„onasining bel qismi normadan ko„proq
oldinga buqilishi kuzatiladi.
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda
yelkalarining biri past
,
biri baland, ko„kraklari ham past, baland bo„lib, ko„krak qafasining bir tomoni
bo„rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo„ladi. Qad-qomatning buzilishi
faqat tashqi ko„rinishni emas, balki ichki organlar (o„pka, yurak, jigar, buyrak,
oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta‟sir
ko„rsatadi.
Bolalarda umurtqa pog„onasining normal shakllanishi uchun quyidagi gigienik
qoidalarga amal qilish kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to„shakda
uxlashga o„rgatish, yostiq pastroq bo„lishi kerak; bolani 6 oylik bo„lguncha
o„tkazmaslik, 10 oylik bo„lguncha oyog„ida uzoq vaqt tik turg„azmaslik kerak;
kichik yoshdagi bolalar, boshlang„ich sinf o„quvchilari uzoq vaqt bir joyda
o„tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og„ir yuk ko„tarmasligi,
doim bir qo„lda ish bajarmasligi kerak; O„quvchilar bo„ylariga mos parta, stol-
stullarda o„tirishi kerak, parta, stol-stulda o„tirganda gavdasi tik, yelkalari bir
tekisda, beli stul yoki parta suyanchig„iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug„imida
to„g„ri burchak hosil qilib, bukilgan, ko„krak bilan parta qirrasi orasida 3-5 sm. ga
yaqin masofa bo„lishi kerak.
Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori vazifasini
bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og„ir yuk ko„targanda, tor poyafzal
kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chikadi.
Yassioyoqlik natijasida oyog„ining tovon- panja va boldir muskullarida og„riq
bo„ladi. Yassioyoqlik tug„ma va xayotda orttirilgan bo„ladi. Yassioyoqlikning
tug„ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari kuyidagilardan iborat: bolani juda
yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg„izish, uzoq vaqt tik turg„izish, yosh
bolaga poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, o„quvchilarning kun bo„yi poshnasiz
sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og„ir yuk
kutarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e‟tibor berish
kerak.
Sinf jixozlariga qo‘yiladigan gigienik talablar.
Ta‟lim-tarbiyaning, mehnat
ta‟limining samarali bo„lishida
sinf xonalari
, labaratoriyaning jihozlanishi muhim
ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo„yi, yoshi, tana proporsiyasi,
fiziologik xususiyatlariga mos bo„lishi kerak. Sinf xonasining asosiy jihozi
partadir. Parta bir yoki ikki o„rinli bo„lib, har birining suyanchig„i, o„tirg„ichi va
yozuv stoli kabi qismlari bo„ladi. Suyanchiq bola umurtqa pog„onasining bel
egriligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig„i gorizontal bo„yicha kursi
suyanchig„igacha bo„lgan masofa o„quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm.
masofa qolishi kerak. Masofa musbat, manfiy va nol bo„lishi mumkin. Suyanchiq
oralig„i oshib ketsa, o„quvchi bukilib o„tiradi,
kamayib ketsa
, siqilib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |