Tashqi muhitda turli omillarning sezgi organlariga ta‟siri natijasida muskullar
qisqaradi. Bu impulslar nerv sistemasining normal faoliyatini saqlab turadi,
boshqacha
aytganda, skelet muskullarining uyg„unlashgan harakatini vujudga
keltiradi. Shuning uchun ham odamning harakatlari tartibli bo„ladi. Skelet
muskullarining qisqarishi kishining ixtiyoriga bog„liq. Muskul asosan
muskul
tolalaridap tuzilgan. Organizmdagi barcha muskullar ko„ndalang yo„lli muskullar
va silliq muskullarga bo„linadi.
Skelet muskullari butun tana og„irligining 40-50% tashkil etuvchi, anchagina
kuchli rivojlangan tana a‟zosi hisoblanadi. Mushaklarning kattagina qismini
tayanch harakat sistemasi,mimika muskullari bundan tashqari til, tomoq, hiqildoq,
ko„z, o„rta quloq, va boshqalar tashkil qiladi. U somatik nerv sistemasi orqali nerv
bilan ta‟minlanadi.
To„qimaning ma‟lum vaqt ichida ta‟sirni juda ko„p qabul qilib, yangi ta‟sirga
tayyorlanishi labillik,
ya
‟ni funksional harakatchanlik deb aytiladi. Skelet
muskullari ta‟sirga
qancha tez javob qaytarsa
, vaqt birligida undan shuncha ko„p
qo„zg„alish o„tadi va labilligi shuncha yuqori bo„ladi. Aksincha muskul ta‟sirga
qancha
sekin javob bersa, labilligi shuncha past bo„ladi. Bola yoshining ortishi
bilan labillik xam orta boradi. 14- 15 yoshda labillik kattalarnikidek bo„lib qoladi.
Bir butun organizmda muskullarga juda ko„p impulelar ketma-ket kelib turadi.
Muskullar ana shu impulelarga javoban uzok qisqaradi. Nerv tolasidan impuls tez-
tez kelib turgapidan muskullarning shu tariqa qisqarishi tetanik qisqarishi, ya‟ni
tetanus deb ataladi.
Muskullarning ishi va kuchi uzunligiga bog„liq. Muskul kuchi shu muskul tolalari
yig„indisining ko„ndalang kesigi diametriga to„g„ri proporsional bo„ladi.
Boshqacha aytganda, muskul ko„ndalang kesigining diametri qancha katta bo„lsa,
muskul shuncha kuchli bo„ladi. Muskul ishi yuk og„irligi yetarli bo„lganda juda
yukrri bo„ladi, yuk me‟yoridan og„irlashganda esa muskulning ish qobiliyati
pasayib ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug„ullanib turilganda muskul
tolalarining yo„g„onligi va kuchi orta boradi. 8-9 yoshda muskul kuchi ancha tez
ortadi. 9 yoshdan 12 yoshgacha bir qadar sekinlashadi. O„smirlarda balog„atga
yetish davrida muskullar kuchi tez ortadi va turlicha rivojlanadi. 5-6 yoshda
yelka
va bilak
muskullari, 6-7 yoshda panja muskullari, 9 yoshdan boshlab boshqa
barcha muskullar kuchi ortib boradi. Muskullar kuchining ortib borishi mashq
qilishta, jinsga bog„liq. Qizlarda muskullar kuchi birmuncha kam bo„ladi.
Mashqlar ta‟sirida muskullar massasi ham orta boradi, moddalar
almashinuvi,
ayrim organlar (yurak, o„pka, me‟da va boshqalar) faoliyati kuchayadi, natijada
organizm yaxshi usadi va rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: