Muskullarning tuzilishi, fiziologiyasi, gigienasi va yosh xususiyatlari Muskul sistemasi



Download 319,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana26.06.2022
Hajmi319,57 Kb.
#706525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Muskullarning ishi labaratoriya

Muskullarning charchashi.
Charchash deb, alohida organ yoki butun organizm 
yohud to„qimaning faoliyatidan so„ng ish qobiliyatining vaqtincha pasayishiga 
aytiladi. Dam olishdan so„ng charchoqlik bosiladi. Bir guruh muskullarning 
charchashi ergografda tekshiriladi. 
Muskullar ish vaqtida yoki statik vaziyatda uzoq qisqarib turganda yoki birorta 
jismoniy ish bajarganda charchaydi. Muskul charchaganda uning qisqarishidagi 
latent davr uzayadi, kuchi susayadi, ta‟sirga javob reaksiyasi tszligi pasayadi, 
organizmning chidamliligi kamayadi. Bola qancha yosh bo„lsa, shuncha tez 
charchaydi, ayniqsa bir turli muskullar tez charchab qoladi. Bolalar harakatsiz 
turganda tezroq charchaydi. Mehnat qobiliyatining uzoq saqlanishida va 
charchoqlikning boshlanishida markaziy nerv sistemasi hal qiluvchi rol o„ynaydi. 
Adinomiya, ya‟ni kamharakatlik va muskullarning kam harakatlanishi ichki 
organlariing rivojlanishiga salbiy ta‟sir etadi. 6-7 yashar bolalar aniqlikni talab 
qiladigan va qarshilikni yengadigan harakatlar qilmaganidan charchamaganga 
o„xshaydi. 7-8 yashar bolalarning mayda muskullari yetarlicha uyg„un 
qisqarmaydi, aniq, mayda, nozik harakatlarni juda qiyinlik bilan bajaradi, 
binobarin, yozish, rasm chizishda, nina bilan ishlashda darrov charchab qoladi. 
Bunday bolalar katta odamga nisbatan ko„p harakat qiladi, lekin kam energiya 
sarflaydi. 7-12 yashar bolalar ham harakatlari uyg„unlashmaganidan tez 
charchaydi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar ko„pi bilan 40-45 minut jismoniy 
mashq qilishi kerak. 11-12 yashar bolalar endi jismoniy kuch va chidamlilikni 
talab qiluvchi harakatlarni bajara boshlaydi. 14 yashar bolalarning nerv sistemasi 
va harakat apparati organlari hali yetarli rivojlanmagan bo„ladi, shu tufayli katta 
odamga nisbatan 2,5 marta, 16 yashar bolalar 2 marta tez charchaydi. 
Turli xil jismoniy mashg„ulotlarii olib borishda, maktab oldi uchastkasi va ishlab 
chiqarish praktikasida yuqoridagilarni hisobga olish zarur. Shuning uchun bolalar 


gimnastika bilan shug„ullanganda, mehnat qilganda tez-tez dam berish, ish sur‟ati 
va turiii va bola o„z holatini o„zgartirib turishi kerak. 
Skeletning xarakat funksiyasi muskullar qisqarishi tufayli vujudga keladi. Odam 
organizmida 600 yaqin muskullar bor. Skelet muskullarining qisqarishi odamning 
ixtiyoriga bog„liq. Skelet muskullari qisqarganda muskullardagi retseptorlardan 
markazga intiluvchi impul‟slar markaziy nerv sistemasiga keladi. Natijada skelet 
muskullarining koordinatiyalashgan xarakati vujudga keladi. Organizmdagi barcha 
muskullar ikki turga: silliq va ko„ndalang targ„il muskullarga bo„linadi. 
Ko‘ndalang targ‘il qisqarishi.
Skeletni qoplab turgan muskullarning ko„ndalang 
targil muskullar deb ataladi. Ularga qo„l, oyoq, gavda, nafas olish muskullari 
kiradi. Ular tez qisqaradi. Organizmdagi muskullarning qisqaruvchi qismi tanasi va 
passiv qismi – paylari bor. Skelet muskullari shakliga qarab uzun, kalta, serbar 
bo„ladi. Uzun muskullar duk shaklida bo„lib, qo„l va oyoqda joylashgan. Skelet 
muskullari organizmda ma‟lum shakl berib turadi. 
Skelet muskullari nerv tolasidan kelayotgan qo„zg„alish impul‟si qisqarish bilan 
javob beradi. Muskulga bitta qisqarish kelsa yakka qisqarish ro„y beradi. 
Organizmdagi muskullarning qisqarishi yakka qisqarishlar yig„indisidan asbob 
yozib olishi mumkin. Muskullarga markaziy nerv sistemasidan doimo impul‟slar 
uzoq qisqarib turadi. Muskullar bu impul‟slarga uzoq qisqarib muskulning shu 
tetonik qisqarish yoki tetanus deb ataladi. Tetanus ikki xil bo„ladi: tishchali va 
silliq tetanus. 
Muskulning ishi kilogramometrlar bilan o„lchanadi, ya‟ni yuqoriga ko„tarilgan yuk 
og„irligini, ko„tarilish balandligi ko„paytmasi bilan o„lchanadi. Muskullar statik va 
dinamik ish bajaradi. Muskullarning uzoq vaqt qisqarmasdan tura olishi statik ish 
hisoblanadi. Dinamik ishda muskullar yuk ko„taradi. Statik holatga tik turish 
kiradi. Muskullar statik ishda dinamik ishga nisbatan kam ish sarflaydi. Dinamik 
ishda ko„p energiya sarf bo„ladi, modda almashinuvi ortadi. Dinamik ishda 
muskullar kamroq charchaydi. Statak ishda muskulga qon kelishi kamayadi, 
ovqatlanish susayadi. Muskullarni ish qobilyatini o„lchash uchun ergograf asbobi 
qo„llaniladi. Bolaning 6-7 yoshidan boshlab muskulning kuchi orta boradi, 8-9 
yoshda muskul kuchining ortishi ancha tez bo„ladi. Muskullar ish vaqtida yoki 
statik hollarda uzoq muddat qisqarib turishi yoki birorta jismoniy ish bajarganda 
charchaydi. Bolaning yoshi qancha kichik bo„lsa, u shuncha tez va oson 
charchaydi, ayniqsa, bir turli muskul faoliyatida, harakatsiz holatda kattalarga 
nisbatan tez charchaydi. Muskullar charchashining boshlanishida markaziy nerv 
sistemasining hal qiluvchi rol o„ynashini Sechanov I.M., Pavlov., Vvedenskiy N.E. 
va A.A. Uxtomskiylar o„z tekshirish ishlarida ko„rsatib berdilar. 7-8 yoshgacha 
bo„lgan bolalarda mayda muskullarni qisqarishining koordinatsiyasi yetarli 
bo„lmaganligi 
sababli ular aniq
, mayda va nozik harakatlarni juda qiyinlik Bilan 
amalga oshiradilar. Shuning uchun ular tez charchaydilar. 7-12 yoshli bolalarda 
harakatlarning koordinatsiyalashmaganligi tufayli tez charchash vujudga keladi. 


Shuning uchun jismoniy tarbiya 40-45 minutdan ortmasligi kerak. 7-8 yoshli 
bolalar katta odamga nisbatan ko„p mayda harakatlarni bajaradilar, lekin kam 
energiya sarf qiladilar. 14 yoshli bolalarda nerv sistemasi va harakat apparati 
yetarli rivojlanmaganligi tufayli katta odamga nisbatan 2:5 marta, 16 yoshda 2 
marta ortiq charchash vujudga keladi. Bu ma‟lumotlar turli xil jismoniy 
mashg„ulotlarni olib borishda, maktab oldi yer uchastkasida, ishlab chiqarishda 
e‟tiborga olinishi kerak. 
Jismoniy mexnat davrida ish xolatini, tempini, pozasini o„zgartirish, tez-tez dam 
berish, ijobiy emotsional xolatini vujudga keltirish kerak. 7-8 yoshli bolalarda 
muskularning aniq, noziq xaraqatlarni bajarish qobilyatiga ega bo„lgan chaqqonlik 
bo„lmaydi. Bunday chaqqonlik asta – sekin paydo bo„ladi. Jismoniy mashqlar 
xarakat tezligi va chaqqonlikni orttiruvchi omillardan biri hisoblanadi. 30 yoshdan 
so„ng muskullar qisqarishining yashirin davri uzayadi, xarakat tezligi kamayadi. 
Chapaqay bolalarda chap tomondagi gruppa muskullarni maksimal chastotasi o„ng 
tomondagi shunday gruppa muskullarga qaraganda yuqori bo„ladi. 7 yoshdan 16 
yoshgacha xarakat tempi 1,5 martaga ortadi. O„smirlarda balog„atga yetish davrida 
muskullarning kuchi tez ortadi. Bolaning 6-7 yoshida yozuvchi muskullar kuchi 
bukuvchi muskullar kuchiga nisbatan ortiq bo„ladi. Bunga sabab o„ng qo„l ko„p 
qon bilan ta‟minlanadi. 8 – 10 yoshda o„g„il bolalar o„ng qo„lining kuchi qiz 
bolalardan 1-3kg. ortiq, 13 yoshda 7 kg., 16 yoshda 15 kg., 19 yoshda 17,5 kg., 22 
yoshda 18 kg teng. Chidamlilik ma‟lum gruppa muskullarni ish qobilyatini 
uzoqroq saqlash, o„ziga xoslilik bilan xarakterlanadi. Yosh ortgan sayin dinamik 
ishga chidamlilik ortib boradi. Chidamlilik 12 – 15 yoshda o„g„il bolalarda ancha 
ortadi. 

Download 319,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish