Jadidlarning musiqiy ta’lim va tarbiya masalalarini tashkil etishdagi faoliyati. Avloniy oʻzbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913 yilda “Turkiston” teatr truppasini tuzdi. “Turkiston” oʻzining qatiy nizomini ham eʼlon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, gʻoyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov (A. Qodiriy) kabi XX asr boshlari oʻzbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan, teatr ozarbayjon dramaturglari asarlari (“Badbaxt kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”, “Uliklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”) ni oʻzbekchaga tarjima qilib sahnaga qoʻygan. Avloniyning oʻzi Mallu (“Layli va Majnun”), Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“Toʻy”), Boy (“Padarkush”) rollarini ijro etgan. Avloniy “Advokatlik osonmi?” (1914), “Pinak” (1915) komediyalari, 1914–17 yillarda yozgan “Biz va Siz”, “Portugaliya inkilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeaviy asarlari bilan oʻzbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teatrchilikning xalq orasigatomir otishiga muhim hissa qoʻshdi. Advokat Davronbek orqali Turkistondagi huquqsizlik, dunyodan xabarsizlikni fosh etdi. “Advokatlik osonmi?” degan asarida bir qator koʻknori va qimorbozlar obrazini yaratib, maʼnaviy turmushning tuban bir holga kelib qolganlini koʻrsatdi. Monarxiyaga qarshi kurash, bayrogʻi ostida kechgan 1910 yilgi Portugaliya inqilobi, 1909 yili Turkiyada yuz bergan “Yosh turklar” inqilobi (“Ikki sevgi”) haqida yozib, adabiyotimizda mavzu va gʻoyalar koʻlamini kengaytirdi. “Biz va Siz”da esa XX asr boshidagi Turkistonning eskilik va yangilik borasidagi kurashini aniq taqdirlar misolida yoritib berdi.
Jadid adabiyotida dramaturgiya ya’ni jadid dramasi eng sermahsul va ommabop janr sifatida alohida ko‘zga tashlanadi. Jadid g‘oyalarining xalqqa yoyilishi, singishi va amaliy natijalar berishida dramaturgiya va teatr san’atining ta’sir ko‘rsatishi kuchli bo‘ldi. Shuning uchun ham jadid adiblarining aksariyat yirik nomayondalari o‘z ijodiy-amaliy faoliyatini drama yozish va teatr bilan bog‘liq holda olib bordilar. Mutaxassislarning aniqlashicha, 1917-yil oktabr to‘ntarilishigacha dramaturgiya sohasida o‘ttizdan ortiq drama, tragediya, komediya asarlari yozilgan va ularning ko‘pchiligi teatrlarda sahnalashtirilgan. O‘zbek jadid dramaturgiyasi va teatriga ilk bor asos solgan Mahmudxo‘ja Behbudiy bo‘ldi. Uning “Padarkush” dramasi birinchi bor 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi “Kolizey” teatrida qo‘yilishi juda katta madaniy-ma’rifiy voqea bo‘ldi. Bu kun o‘zbek teatriga asos solingan sana sifatida tarixga kirdi. Shunday qilib, milliy jadid adabiyoti dramaturgiyasi va teatri paydo bo‘ldi. Adabiy tanqidchilik va badiiy tarjimonchilik ham shakllandi. 1914 yil Samarqand (15 yanvar) va Toshkent (27 fevral) da "Padarkush" dramasini sahnalashtirish bilan yangi oʻzbek teatri oʻz faoliyatini boshlaydi. Ayniqsa, A. Avloniy rahbarligida "Turon" T.ining 1915 y. Oʻzbekiston shaharlariga kilgan ijodiy safarining ahamiyati katta boʻldi. 1916 y. Hamza Qoʻqonda T. tuzdi. Birinketin Andijon (1919), Xiva (1922), Buxoro (1922)da T.lar tashkil qilindi. 1918 yildan Mannon Uygʻur "Turon" teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri)ga rahbarlik qilib, uning professional teatrga aylanishida, repertuarini tuzish, ijro uslubini yaratishda muhim rol oʻynadi. T.ning birinchi boʻgʻin aktyor va rej.lari 1924— 27 yillar Moskvada Oʻzbek Maorif uyi qoshida ochilgan dramstudiyada tahsil olishgan. 20y.lar soʻngida Rus yosh tomoshabinlar Teatr (1928), Oʻzbek yosh to, moshabinlar Teatr (1929) tashkil topdi. Keyinroq Namangan (1931), Qashqadaryo (1932), Surxondaryo (1935) viloyati teatrlari, oʻnlab tuman va shahar T.lari yuzaga keldi. Toshkent va Samarqandda Davlat rus drama teatri (1934, 1938). Respublika koʻgʻirchoq teatri (1939). Navoiy nomidagi davlat opera va balet teatri (1939) oʻz faoliyatini boshladi, shu yili Davlat komediya teatri tashkil boʻldi va u bir yil oʻtib Muqumiy nomidagi Respublika musiqali drama va komediya teatriga aylantiriddi. Qadimiy san’at turlaridan eng sevimlisi hisoblangan xalq teatrining Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarida o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud edi. Jumladan, Buxoro amirligida masxaraboz, qo‘g‘irchoqboz, raqqos kabi san’at yo‘nalishlarining uyushmalari vujudga kelgan edi. Xorazm an’anaviy teatrida esa turkum tomoshalar – kulgili va xatarli o‘yin turlari yaxshi shakllandi.Xalq teatri shakl jihatidan rangbarang va boy bo‘lib, ular xalq orasidan chiqqan komik aktyorlar –qiziqchilar, qo‘g‘irchoqbozlar, masxarabozlar va boshqalar o‘z mahoratlarini namoyish qilishan Ana shu teatrlar va mas xarabozlarning tomoshalarida, asosan, xasis va ochko‘z boylar, chalasavod mullalar, amalparast beklarning kirdikorlari fosh
etilgan. Ko‘proq bu tomoshalar dolzarb voqealar tasvirlangan satirik ko‘rinislardan iborat bo‘lgan. Garchi ularda yozma pyesalar bo‘lmasada, xalq og‘zaki ijodi mahsuli sifatida yod olingan mavzular sahnalashtirilgan. Sahna asarlarini, odatda, san’atkorlarning o‘zlari ijod qilishgan. XIX asrning ikkinchi yarmida bir nechta shaharlarda an’anaviy teatr uyush malari vujudga keldi. Eng mashhurlari Qo‘qonda Zokir eshon, Bu xoroda To‘la masxara uyushmalari edi. Ayniqsa, qo‘g‘irchoq teatrlari ommabop bo‘lib, ular mavzusi markazida Kachal Polvon obrazi turgan. Har qanday harakatda bo‘lgani kabi bu harakat ham o‘z iqtisodiy asosiga ega. Aks holda u, bu darajada rivojlanmagan bo‘lur edi. Uning iqtisodiy ta’minot manbaini madaniy-ma’rifiy xayriya jamiyatlari, boy-badavlat kishilar tomonidan savob olish va millat nufuzini ko‘tarish uchun berilgan beminnat ehsonlar tashkil etdi. Jadidchilik va jadidlar asosan o‘rta hol musulmon ziyolilari hamda dunyo ko‘rgan ilg‘or ruhdagi savdogarlardan iborat bo‘ldi. Jadidlar har xil xayriya jamg‘armalarini tashkil etish, boy va badavlat kishilarning ortiqcha mablag‘larini millat va Vatan manfaati yo‘lida sarflashga ham katta e’tibor berdilar.
Toshkentda 1909-yilda “Ko‘mak”, 1913-yilda «Dorilu ojizin», Buxoroda 1910-yilda “Tarbiyai atfol” xayriya jamiyatlari tashkil etiladi. Ularning oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad sarmoya topib, jadid maktablariga yordam berish va iqtidorli yoshlarni Turkiya va boshqa xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborishdan iborat bo‘ldi. “Ko‘mak”ning ta’sischilari Munavvarqori Abdurashidxonov, Nizomqori Hasanov, Abdulla Avloniy, Basharulla Asadullaxo‘jayev va Toshxo‘ja Tuyoqboyevlar bo‘ldi. Bu va “Tarbiyai atfol”ning yordamida 1911-yilda 15 ta, 1912-yilda 30 ta turkistonlik iqtidorlik yoshlar Istanbulda o‘qiganligi haqida ma’lumot bor. Toshkentda Munavvarqori, Abdulla Avloniy va boshqalar 1911-yilda tashkil etgan ko‘p tarmoqli “Turon” nomli jamiyat sovet hokimiyatining dastlabki yillarigacha samarali faoliyat yuritadi. Uning qoshida teatr truppasi (1913 y.), “Turon” nomli kutubxona va nashriyot (1913 y.) ham tashkil etiladi. Bular butun Turkiston bo‘ylab ma’rifat va ziyo, ilm-fan tarqalishi, kitob chop etish va bosmaxona ishlari rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Yevropa koʻpovozli musiqa sanʼati bilan tanishgan jadidlar oʻzbek anʼanaviy musiqa uslublarini ham isloh qilishga daʼvat etishgan. 1919-yilda Toshkentning Eski shahar qismi (hozirgi „Turon“ kutubxonasi yonidagi bino)da jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (eski shahar) boʻlimi tashkil etildi. Shu tarzda jadidlar sanʼat vositasi bilan millat qadrini koʻtarish, sanʼatning deyarli barcha turlarini yuksaltirishga intildilar. „Oʻzbekiston Respublikasi“ maxsus jildining tegishli boʻlimlariga adabiyoti, teatri, musiqasiga jadidchilikning aksar vakillari yoshlarga dastavval diniy taʼlim bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasini kun tartibiga qoʻydilar. Ular musulmon maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, yangicha usuldagi maktablarni ochdilar. Behbudiy, Munavvarqori, Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy va boshqalar yangi usul maktablari uchun darsliklar yozib, nashr etishgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida shaharlarda ijrochi sanʼatkorlarning kasabai sozanda (mextarlik) degan uyushmalarining faoliyati kuchaydi. Xorazmda "Xatarli oʻyin", "Toʻkma" tomoshalari keng yoyildi. Fargʻona vodiysi va Toshkentda qiziqchilik va askiya taraqqiy etdi. 19-asrning 2yarmida Qoʻqonda Zokir Eshon boshliq 30 ga yaqin qiziqchilar toʻdasi, Buxoroda Tula masxara boshliq 20 ga yaqin masxarabozlar toʻdasi shuxrat qozondi. Keyinchalik oʻzbek madaniyatining ilgʻor namoyandalari (Furqat, Behbudiy, Avloniy va boshqalar) rus, tatar va ozarbaijon teatr truppalari tomoshalariga qiziqish bilan qarab, mahalliy ziyolilarni ulardan oʻrganishga chaqirdilar. O‘zbek milliy teatrining shakllanishida jadidlarning o‘rni katta edi. Birinchi Prezident I.Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida: «Qachonki milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo‘lgan teatr san’ati xususida so‘z borar ekan, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning: «Teatr – bu ibratxonadir», deb aytgan fikrini eslash o‘rinlidir»3, – deb yozadi. Turkistonda birinchi o‘zbek milliy teatri Samarqand shahrida Mahmudxo‘ja Behbudiy rahbarligida tashkil etildi. Bu truppada namoyish etilgan ilk asar ham uning «Padarkush» pyesasi edi. O‘zbek milliy teatri shakllanishi va rivojlanishida ulug‘ ma’rifatparvar Abdulla Avloniy va jadidlar harakatining atoqlinamoyandasi Hamza Hakimzoda Niyoziy katta xizmat qildilar.
1916yil Qo‘qon shahrida Hamza rahbarligida havaskorlar teatri tashkil etildi. Unda namoyish etilgan birinchi spektakl Hamzaning «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» pyesasi bo‘ldi. Bu pyesa o‘zbek teatri shakllanishida ham, o‘zbek dramaturgiyasi vujudga kelishida ham muhim ahamiyat kasb etdi. Teatr chuqur mazmunli, ijtimoiy ahamiyatga molik hodisaga aylandi. 1916yildan hozirgi Milliy teatr asoschisi. Mannon Uyg‘ur va o‘zbek teatrining birinchi aktrisasi Ma’suma Qoriyeva san’atga ilk qadamini tashladi. Shu tariqa asta-sekin Andijonda, Xivada, Buxoroda ham
dastlabki milliy teatrlar tashkil topa boshladi. Buxoro shahridagi teatr ning
tashkil etilishida Mannon Uyg‘urning xizmatlari beqiyos edi.Teatrlarda katta ijtimoiyva axloqiy muammolarga daxldor mavzular sahnalashtirildi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o‘zbek xalqi musiqiy ijodiyoti o‘zida lirik qahramonlik mazmunidagi epik rivoyatlarni mujassamlashtirgan dostonlar («Go‘ro‘g‘li», «Alpomish», «Kuntug‘mish», «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Hasan va Dalli», «Rustam va Avaz») alohida o‘rin tutgan. Mazkur dostonlar to‘rtlik she’r tuzilishiga ega bo‘lib, musiqasi nisbatan sodda ohangli va bu musiqada nota yozuvi qo‘llanilmagan. Xalq sozandalari mashhur usta bastakorlar qo‘lida ta’lim olishgan.
Ko‘p asrlar davomida butun Sharqda keng tarqalgan mumtoz maqomlar
professional musiqaning og‘zaki an’analaridagi bebaho xazinasini tashkil etgan. Maqomlar yirik turkumli og‘zaki-cholg‘uli (yakkaxon va cholg‘uli) asarlardir.
Xorazm maqom va musiqa maktabi Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz)
davrida yanada rivojlandi. O‘z davrining ma’rifatli hukmdori bo‘lgan Feruz
san’at namoyandalariga katta imkoniyatlar yaratib berib, ular faoliyatiga homiylik qilgan. Bundan tashqari bevosita musiqa san’atini rivojlantirishga oid
farmonlar ham chiqargan.
Xulosa
SHuni aytish mumkinki, o’tmishdagi har bir tarixiy davrda xalq ommasi va jamoatchilikning o’z ma’naviy otasiyu pirlari hamda ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy yo’lboshchilari bo’lgan. Bunga ona tarix guvox. El, Vatan taqdiri uchun jon fido qilgan, uning istiqlol, mutaqilligini dil-dilidan orzu qilgan va bu orzuni amalga oshirish masalasidan bir qadam ham chekinmagan buyuk mutafakkir jadidchilik harakati namoyondalari asrimiz boshlarida mustamlaka iskanjasidan ezilgan elimiz qalbiga ma’rifat, ozodlik va erk o’rini olib kirishgan. Jadidchilar ilm-ma’rifat, madaniyat va san’at rivojida o’zlarining o’chmas izlarini qoldirishdi. Ularning harakatlari izlanishlari tufayli ma’rifat va san’at rivoj topdi. yurtimizda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilim o’rganish tizimiga asos solishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |