Jadidlarning yangi usul maktablarini yaratilishi. XIX asr oxiri XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyaning mustamlakachilik zulmidan qutilish o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga yo’l ochish, halqqa ziyo tarqatish choralarini ko’radilar. Bu borada jadidchilik harakati katta rol o’ynadi.
Har bir davrda biror yangi G’oyaning tuG’ilishi aniq tarixiy sharoitda sodir bo’ladi. Unda tarixiy shaxslarning o’ynaydigan rolini hech kim inkor etmaydi. CHunki ular yetilgan muammolarni hal qilish yo’llarini nazariy tomonlarini hal qilish yo’llarini, nazariy tomonlarini barchadan teranroq idrok qiladi, ularni amalga oshirishga favqulodda kuch va G’ayrat bilan kirishadilar. Musulmonlar va qolaversa, turkiylar dunyosining jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligini, buni G’oyat hafvli holga barham berish kerakligini hamda umumturkiy qavm, el-yurtlaridagi jaholatni yo’q qilib, ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlariga tenglashish zarurligini birinchi bo’lib qrim-tatar halqi farzandi Ismoil Gaspirinskiy (1851-1914) tushunib yetdi. ,U jadidchilik harakatining butun turkdunyosidagi «G’oyaviy otasi»dir.
Ismoil Gaspirinskiy ilmga qattiq berildi. Jahon madaniyati durdonalarini mashaqqat bilan o’rgandi. Natijada turli ilmlardan boxabar bo’ldi. Bir necha tillarni mukammal egalladi. Bu esa uning jahon ilm-fan yutuqlari bilan tanishuviga keng yo’l ochdi. Ana shu tufayli Ismoil Gaspirinskiy SHarq bilan G’arb olamini taqqoslash va yakdil bir hulosaga kelish imkoniyatiga ega bo’ldi. Musulmon turkiy olamini jahon ma’rifati, ilm darajasiga ko’tarish G’oyasi unga kecha-kunduz tinchlik bermadi. Rossiyaga mustamlaka bo’lgan barcha musulmon hududlar maorifini mutlaqo isloh qilish,ularda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasini ko’tardi.Maktab va madrasalarda diniy ta’limot, arab,fors va rus tillarini o’rganish bilan bir qatorda tibbiyot, hikmat, kimyo, nabotot, nujum,handasa fanlarini o’qitish zarurligini ilgari surdi va uni amalga oshirishga kirishdi. U1884 yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi. ¤zi dastur tuzib darslik yozdi. Ana shu darslik yordamida 40 kun ichida 12 o’quvchini savodini chiqardi va bu usul «usuli savtin» - Harf tovushi usuli, ya’ni «usuli jadid» nomi bilan tezda shuhrat topdi.
CHunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidov muharrirligida «Taraqqiy» shu yili Munavvar Qori muharrirligida «Xurshid» 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida «SHuhrat», Ahmadjon B. Muharrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop etilgan.
Ma’rifatchilikning yangi to’lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadon Farg’ona», «Buxoroi SHarif», «Turon», 1917 yilda esa «El bayrog’i», «Kengash», «Hurriyat», «Ulug’ Turkiston» gazetalari «Oyna» jurnali kabi ommaviy axborot vositalari ham paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |