Musiqiy ta’lim” kafedrasi Jadidlarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi faoliyati va unda musiqiy ta’lim va tarbiya masalalari


Munavvar Qorining ma’naviy-ma’rifiy va madaniy sohalardagi ishlari



Download 211,5 Kb.
bet7/9
Sana31.12.2021
Hajmi211,5 Kb.
#227765
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ismailov Tohirjon 1 Kurs ishi musiqa pedagogikasi

Munavvar Qorining ma’naviy-ma’rifiy va madaniy sohalardagi ishlari. Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: jadīd — yangi) — 19-asr oxiri 20-asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy,zmaʼrifiy harakat.[1] Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. 19-asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.

Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi. Bu xarakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o’lka ijtimoiy-siyosiy xayotida muxim rol o’ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik xarakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda: 1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma’rifatchilik; 2) 1915 yildan – 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik; 3) 1918 yil fevralidan - 20-yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyati. Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon xalqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy-dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gasprali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi. Uning o’qitish usuli «usuli savtiya», ya’ni «yangi usul» nomi bilan shuxrat qozondi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi» degan ma’noni bildiradi. Ismoilbek g’oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari «jadidlar», uning g’oyalari esa «jadidchilik» nomini oldi. Ismoilbek Gasprali darslik yaratadi, o’zining «Tarjimon» (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ’ib qiladi. Bu gazeta Toshkent va boshqa shaxarlarga xam tez yoyiladi.

SHu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo’ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev, Abdulla Avloniy, Abdulxamid CHo’lpon va boshqa ziyolilar jonbozlik ko’rsatishdi. Yangicha o’qitish musulmon bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta’lim berish dasturi asosida olib borildi. Bu dasturga ko’ra maktablarda o’qitish tizimi ikki bosqichdan iborat bo’lgan. Birinchi bosqich ibtidoiy qism deb atalib, uning taxsil muddati 4 yil bo’lgan. Birinchi bosqichni tugatgan shogird eski maktabda 10 yil o’qigandan ko’ra yaxshiroq savod chiqargan. Ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan shogird arabcha, forscha, turkiy tilda bemalol so’zlashib, ruschada erkin gaplasha olar edilar.

Ma’naviyatimiz tarxida shunday insonlar borki, ular uz faoliyatlarini xalq manfaatlari yo’liga baxshida etgan. Ular vatan, ozodlik, millat yo’lida xatto o’z jonlarini ham ayamaydilar. Bunday insonlar bir umr kelajak uchun, xalq farovonligi uchun kurashdi. Ushbu zotlarning xizmatlari xalq dilida asrlar osha saqlanib qoladi. Mana shunday insonlardan biri, ma’rifatparvar axloqshunos, jug’rofshunos, pedagog, shoir, siyosatchi Mu­navvar Qori Abdurashidxon o’g’lidir.

Munavvar Qori tavallud topgan davr mustamlakachilik siyosati avjiga chiqqan bir payt edi. Abdurashidxon Sotiboldixon o’g’li Munavvar Qori 1878 yilda Toshkent shahrining SHayxontoxur daxa Darxon maxallasida dunyoga keldi. Uning otasi Abdurashidxon Mudarris, onasi Xosiyat otin bo’lgan. Munavvar Xosiyat otinning uchinchi farzandi edi. Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ta’kidlashicha, ba’zi manbalarda «Munavvar Qori Abdulmajidxon o’g’li» deyilgan, yozilmada uning bobolari bilan bog’lik ekanligi aytiladi. Munavvar Qori otasida 7 yoshligida yetim qolgan. Unga dastlab tarbiya va ta’limni onasi Xosiyat otin bergan. U xat savodni ham avvalo onasidan o’rgangan. Ayni paytda yirik maktabdorlardan xisoblangan Usmon domla ismli kishi qo’lida o’qidi. Yana bilimlarini oshira borib, Toshkentda joylashgan Yunusxon madrasasida taxsil oladi,

O’rta Osiyoda ayni paytda ilmning markazi Buxoro xisoblanar edi. Buxoro madrasalarida diniy va ba’zi dunyoviy ilmlar ham o’rgatilgan. Munavvar Qori ham yuqori ilmlardan baxramand bo’lish maqsadida Buxoroga boradi. Bu 1898 yilda edi. SHu yildan boshlab Buxoro madrasalarining birida taxsil ko’ra boshlaydi. Ammo tez o’tmay Munavvar Qori Toshkentga qaytadi. Munavvar Qori moddiy qiyinchilik tufayli Toshkentga qaytib kelgan.

Munavvar Qori yoshligidan diniy ilmlarni puxta o’rgangan Buxoro sabori uning bilimlarini yanada mustaxkamladi. Buxorodan tezda qaytgach, Toshkent Darxon masjidida imomlik bilan shug’ullana boshladi. Imomlik qilayotgan paytda ham u Turkiston xalqini savodsiz holda yashayotganligini chuqur anglar edi. Yuqorida aytilganidek Ismoil Gaspralining g’oyalari Toshkentda ham tarqalgan edi. Munavvar Qori, birinchidan, Turkiston xalqining mustamlakachilikdagi hayotidan ta’sirlangan bo’lsa, ikkinchidan «Tarjumon» gazetasi hamda musulmon mamlakatlaridan kirib kelayotgan matbuotlardan o’ziga quvvat oldi. «Toshkent ziyolilari» orasida jadidchilik ishiga alohida xissa qo’shib, uning yo’lboshchilaridan biriga aylandi

Ayni paytda Bog’chasaroyda nashr etilgan «Tarjumon» gazetasini Munavvar Qori ixlos bilan o’qir edi, Bundan tashhari, “Vaqt” va «Yulduz», «Siroti Mustakim» kabi matbuotlari bilan ham tanish edi, Munavvar Qori bu matbuot saxifalaridan o’lkadagi ahvolni qanday qilib yaxshilash kerak degan savolga javob axtara boshlaydi, SHu bilan birga, ko’nglida isloxotparvarlik fikrlari tug’ila boshlagan edi. CHunki eski uslubdagi o’quv ishlari tamomila eskirgan bir xolatda turardi. Bu paytda Munavvar Qori kabi vatanparvarlarning zimmasida xalq pedagogikasini yaratish masalasi turar edi. Turkistonning markaziy joylarida bu masalani xal etish Munavvar Qori kabi taraqqiyparvar kishilar tomonidan boshlab yuborildi. Mu­navvar Qori 1901-1904 yillarda Krimlik do’sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «Usuli savtiya» maktabini ochadi». Munavvar Qorining» usuli jadid» maktabini ochilgan yili to’g’risida yana bir misolni keltirishni lozim topamiz E.Fyodorov «O’rta Osiyoda milliy inqilobiy harakat tarixi «nomli kitobida ma’lumot berishicha, jadid Bexbudiy Samarqandda birinchi marta yangi usul maktabini ochgan. Munavvar Qori Abdurashidxonov ham 1904 yilda Toshkentning Zeki shaharida shunday maktab ochgan. Munavvar Qori yangi usuldagi maktabini dastlab o’z xovlisida ochgan, keyinchalik boshqa joylarda ochish uchun keng harakatni boshlab yuborgan, Bu yillarda uning yaqin qarindoshlari ko’makdosh bo’ldilar.

Munavvar Qorining dastlab ochgan maktabi 4 sinfdan iborat bo’lib, turli zamonaviy fanlar ham o’rgatilgan. U yangi usuldagi maktabda o’tishdan maqsadi, birinchidan, xalqni savodli qilish bo’lsa, ikkinchidan, xalqni mustaqqillik uchun kurashga xozirlaydigan ma’rifat xona ochish edi.

Munavvar Qori «usuli jadid» maktabini tashkil qilish bi­lan birga, xalqni targ’ibot qilishga ham undadi. Jaxolatda qolgan xalqni yangi usuldagi maktablar orqali qutqarish yo’llarini o’yladi. SHu jixatdan olib qaraydigan bo’lsak, Munavvar Qorining matbuotda dastlabki chiqishlari ham e’tiborga molik.

U 1906 yildan chiqa boshlagan « Taraqqiy « gazetasini faol tashkilotchilaridan biri edi. Munavvar Qori ushbu gazetani birinchi sonida Munavvar Qori Ibn Abdurashidxon ismi bilan « Bizning jaxolat jaxli murakkab» nomli ma’rifatparvarlik ruxdagi maqolasini e’lon qildi. Bu maqola Munavvar Qorining ma’rifatparvarlik qarashlarini o’zida mujassamlashtirgandir. Muallif bu maqolani jadidlarning tung’ich gazetasi Taraqqiyning birinchi sonida e’lon qilishi bejiz emas. Taraqqiyparvarning «Bizning jaxolat» maqolasi «Taraqqiy» gazetasining birinchi sonida bosilib, uning dasturini belgilaydi. Maqola quyidagi tarzda boshlanadi: «Har millatning maktab va madrasasi bo’lgani kabi bizning ham maktab va madrasalarimiz garchi benizom va beusul bo’lsa ham yo’q demak darajada oz emasdur. Har millat avlodini tarbiya va ta’lim ilmida ko’rsatgan g’ayrat va ximmati kabi bizlarda ham o’z mas’um avlodlarni jaxolat va g’aflat zulmatida qolmog’iga hech bir rizolari bo’lmay qo’llaridan kelgancha ta’lim va tarbiya avlodda qusurlik ko’rsatguvchi zotlar mavjuddurlar».

Munavvar Qori yoshlarimizni maorif saodatiga chaqiradi, ularni g’aflat uyqusidan uyg’onib, ko’zlarini ochishni qayta-qayta ta’kidlaydi. U jaxolat zulmatida qolishni, saodatdan maxrum bo’lishni xavfli deb xisoblaydi.Xullas, muallifning bu maqolasi jadidlarning oldiga qo’ygan maqsadlarini ham ifoda etar edi.

Mu­navvar Qorining «Namuna»maktabida bir necha yuz bola o’qigan. Bu maktabda tayyorgarligi anchagina jiddiy bo’lgan iste’dodli yoshlar muallimlik qilishgan, tadqiqotchining ma’lumoticha, Mu­navvar Qorining qo’lida ta’lim olgan yoshlar orasidan Hamza, Qayum Ramazon, Musa Toshmuhammad o’g’li Oybek, Mannon Uyg’ur kabi iste’dodli ijodkorlar yetishib chiqishgan.

Ayni paytda jadid taraqqiyparvarlari o’zlarining imkoniyatlaridan kelib chiqib o’qitish bo’yicha metodik dastur tavsiya qilishgan, Munavvar Qori ham ayni paytda xaftada o’zining 25soatlik programmasini tavsiya qilgan. SHu soatlar asosida o’zi ham maktabda darslar o’tgan. Munavvar Qorining maktab uchun va musulmonlar uchun qilgan yana katta bir xizmati shundan iboratki, u shariatga doir manbalar bilan o’quvchilarni o’z tilida o’qishini ta’minladi.

Munavvar Qorining Oybek taxsil olgan kursi quydagicha bo’lganini ko’rsatadi: Dinning muqaddasligi, muqaddas an’ana, naslning qonuniy huquqi, arab grammatikasi, arifmetika, jaxon geografiyasi, Islom tarixi, arab va turk yozuvining orfografiyasi.Munavvar Qorining maktab o’quv dasturi 6 yilga mo’ljallangan bo’lib, bu dastur Toshkentda 19 yil taklif qilingan va amalga oshirilgan. Bu usul boshlang’ich maktab sinflari uchun amalda qo’llanilgan. Munavvar Qori ba’zi bir kishilarning rus ta’limidan andoza ko’chirilgan bilim tavsiya qilayotganliklarini qabul qila olmas edi. Toshkendagi va ko’pgina jadid o’qituvchilarining dastu­ri Munavvar Qori maslaxatida amalga oshirildi. CHunki Munavvar Qorining maqsadi Turkiston xalqi savodsizligini barham toptirib, ularni yetuk inson bo’lib yetishishlari uchun kurashishdan iborat edi.

Turkistonda boshqa jadidlar kabi Munavvar Qori olib borayotgan pedagogik faoliyat chor xukumatini ancha bezovta qilib quyadi. Munavvar Qori «Turon» jamiyati a’zolari va Toshkentdagi maxalliy boylar e’tiborini maorif ishiga jalb qila olgan kishi edi. U birinchilardan bo’lib bu jamiyatning yig’ilishlarida chet ellarga ta’lim olish uchun talabalar yuborish kerak degan masalani ko’tarib chiqqan edi. Maqsad maxalliy yoshlarni chet ellarga, asosan. Germaniyaga yuborib, millatning kelajaki uchun kadr tayyorlash bo’lgan. Munavvar Qorining tashabbuskorligida bu masala bo’yicha Toshkentning mashxur boy, oqsoqollarini yig’ib majlislar o’tkazilgan. Quyida Munavvar Qorining shu yig’ilishlaridan birida so’zlagan nutqidan ayrim fikrlarni keltiramiz: «O’zbek ziyoliy bolalarining Germaniyaga yuborib o’qitishga juda muxtojmiz, bolalar o’qib, ilm-taxsil olib kelsalar, millatiga katta xizmat qila oladilar, degan bo’lsa, yana u boylarga va oqsoqollarga qarata «jamoat, mana bu yosh, o’smir bolalarimizning Germaniyaga borib o’qib kelishlari faqat siz bayonlarimizning yordami ostida vujudga chiqadi» deganidan so’ng o’tirganlar talabalar uchun yordam pullari berishadi.

Bundan tashqari, Munavvar Qori yordamida Turkiyada 1905 yilda 15 nafar, 1912 yilda 30 nafar yoshlar o’qigan. 1922 yilda Turkiston va Buxorodan 70 ga yaqin o’smirlar Germaniyaga o’qishga yuborilgan. Yana Fransiya va Yaponiyada ham yurtdoshlarimiz o’qigani ma’lum».

Munavvar Qori faqat pedagog bo’lib qolmasdan izlanuvchan, yangi uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishga katta xissa qo’shgan va shu bilan bir qatorda ilmiy-pedagogik asarlar hamda darsliklar yaratgan ijodkor edi, U birinchilardan bo’lib, jadid maktablari uchun darsliklar yaratish lozim ekanligini anglab yetdi. SHuning uchun ham asrimiz boshlarida « Adibi avval» , “Adibi soniy” « Yer yuzi» «Xavoyiji diniya» kitoblarini nashr ettirgan. 1914 yilda Salim Ismoilning « Quron qiroati» buyicha saboq beruvchi « Tajvid» ni o’zbekchaga tarjima qilib, Orenburgda nashr ettirgan. U badiiy ijod bilan ham shugullangan. Ayni davrda matbuotlarda e’lon kilingan Kamiy, Xislat, Sufizoda, Hamza kabi shoirlarning she’rlarini to’plab « Sabzavor» nomi bilan chop ettirgan».

Munavvar Qorining Hisob Arifmetika” darsliklari to’g’risida ma’lumot deyarli joyda uchramaydi. Taraqqiyparvar bu inson o’z atrofiga Toshkentlik firkrli yoshlarni to’playdi. Toshkentlik bir boy raisligida « Jamiyati xayriya» nomli jamiyatni 1909 yilda tashkil etishga muyassar buladi, Bu jamiyatda Munavvar Qori rais o’rinbosari vazifasini olib borgan. Uning tashabbuskorligi, o’z atrofidagi yoshlarni yig’a olganligi jamiyatni rivojlanishiga olib keldi. Birinchidan, ja­miyat ma’rifat yunalishida ish olib borsa, ikkinchidan, mustaqqillik tomon borishga qaratilgan edi. Bu jamiyat yangi usuldagi maktab va madrasalar uchun yordam berib turdi. Umuman, kambag’al va bechoraxol kishilarga moddiy tomondan yordam berib, ularning tarbiyasi va o’qishi uchun ko’maklashdi. Munavvar Qori bu jamiyat orqali turli toifadagi kasmbag’al fuqaro va o’quvchilarga yordam ko’rsatish bilan cheklanib qolmagan. Doimiy ravishda chekka o’lkalarga oliy ta’lim olish uchun talabalarni yuborish bilan ham shug’ullangan. Bu olib borilayotgan ishlar millat, vatan taqdirini o’ylovchi buyuk shaxsga xos fazilatlardandir. «Jamiyati xayriya» tashkiloti yordamida Mirmuxsin SHermuhammedov Ufadagi «Oliya» madrasasida o’qigan.Tadqiqotchining izlanishlaridan yana shu narsalar ko’zga tashlanadiki, Munavvar Qori Oktyabr to’ntarishlaridan keyin ham xalq ma’rifati uchun xizmatini ayamaydi. U 1921 yilda Turkiston xalq maorifi komissari lavozimida ishlab turgan paytida Toshkentda «Ko’mak» uyushmasini tuzib. Germaniyada taxsil olayotgan o’quvchilarga hamda Moskvada ta’lim ola­yotgan Mannon Uyg’urga moddiy yordam ko’rsatadi.

Munavvar Qori Abdurashidxonovning milliy matbuot paydo bo’lishi va shakllanishida xizmatlari juda katta. Yuqorida ta’kidlanganidek, u 1906 yil iyun oyida chika boshlagan «Taraqqiy «gazetasining tashkilotchilaridan xisoblanadi. SHu yilning sentyabrida «Xurshid» gazetasini chikarib, o’zi muharrirlik qildi. U «Taraqqiy» gazetasi kabi xalq fikrlarini uy’otishga xizmat qildi. Keyinroq u «Najot», «Kengash» da muharrir va ma’sul lavozimlarda ishladi. Munavvar Qorining matbuotga alohida e’tibor berishiga bosh sabab, u matbuotni xalqni ma’rifatli qilishdagi asosiy vosita deb bilgani edi. U o’zining ma’rifiy qarashlarini ham mana shu matbuot orqali targ’ib etdi. Milliy matbuot tarixida «Sadoi Turkiston» gazitasining xizmatlari juda katta bo’lganki, 1914-1915 yillarda Munavvar Qori o’z safdoshlari Ubaydulla Xujaev, Abdulla Avlo­niy, Tavallo, Abdulhamid Cho’lpon, Abdurauf Fitrat, Abdurauf Muzaffarzoda, Mirmuxsin SHermuhammedov, SHokirjon Raximiy, Nushiravon Yovushevlar bilan birgalikda ushbu jaridani nashr etishdi. Bu jaridada jadidlarning ko’zga ko’ringan ijodkorlari dastlabki faoliyatlari bilan elga tanilib, voyaga yetganlar. Bunda Munavvar Qorining xizmatlari alohidadir.

Munavvar Qori, bugungi kunda ham Markaziy Osiyoning ko’zgusi bo’lgan O’rta Osiyo Davlat universiteti tashkilotchilari­dan edi. Inqilobdan so’ng Munavvar Qori o’rta maxsus va oliy ta’lim asoschisi sifatida Turkiston Xalq dorilfununing musulmon bo’limini tashkil etish yuzasidan komissiya tuzdi. Unga Munavvar Qori rais, Burxon Xabib, Iso Tuxtaboev, Sodiq Abdusattorov. Muxtor Bakir, Abdusami Qori Ziyaboevlar a’zo qilib saylandilar, 22 kun ichida Xalq dorilfununining Musulmon bo’limi dasturini tuzdilar. U uch bosqichdan iborat edi. 1918 yili 3 mayda dorilfununda Munavvar Qori rais (rek­tor), Iso Tuxtaboev birinchi, Burxon Xabib ikkinchi muovini qilib tayinlanadi. Dorilfunun 13 may 1918 yil yakshanba kuni (xozirgi O’zbek yosh tomoshabinlar teatri binosida) tantanali ravishda ochildi. Dorilfununni boshqarishda 15 ta demokratik tashkilotdan 45 ta vakil saylandi. O’qituvchilar soni 190 ga yetdi. Ular orasida Fitrat, Kamol SHams va boshqa kuzga ko’ringan mutaxassislar bor edi.

Munavvar Qori yevro’pacha usuldagi dorilfunun tashkil etish bilan birga qator madrasalarni islox qilishni va ularda asosan dunyoviy bilimlarni o’qitib, milliy ziyolilar yetkazishni taklif etdi. SHunga kura, 1923 yildan yangi usul bo’yicha aniq fanlar 30 ta madrasada o’qitiladi. Munavvar Qori jamiyatning har bir jabxasida faol edi.

1923 yil 28 avgustda bo’lib o’tgan Xalq Maorif Komissarligi yig’ilishning 20-sonli bayonnomasida ko’rsatilishicha, u shikoyat byurosida faoliyat ko’rsatadi.

SHu bilan bir qatorda 1923 yilning 29 aprelida bo’lib o’tgan Turkiston Xalq Komissarlari Kengashining qo’shma yig’ilishida Munavvar Qori faol qatnashib, yoshlarning jismoniy tarbiyasi va kamoloti to’g’risida ma’ruza qiladi. 1923 yil 14 yanvarda Xalq komissarlari Kengashining T. Risqulov raisligida bo’lib o’tgan yig’ilishida Vaqf bosh boshqarmasini tasdiqlash masalasi ko’rilgan. Munavvar Qori ushbu xay’atining a’zosi qilib saylangan.

1920 yil Turkiston Markaziy ijroiya qumitasining VII sessiyasi bo’lib o’tgan. Bu sessiyada Munavvar Qori Sirdaryo viloyati qurilish ishlari buyicha boshqaruvchi etib tayinlangan. Yana shuni alohida aytish kerakki, Munavvar Qori o’z ma’ri­fiy qarashlarini teatr truppasi orqali ham ilgari surdi. U 1913 yilda ish boshlagan Turon truppasini tashkilotchilaridan biri bo’lgan. U truppaning tashkiliy va tadbiriy ishlarida doimiy ravishda qatnashib kelgan.

U har doim aytar edi: «Turkiston xalqining boshigaa kelgan falokatlar har biri yolg’iz nodonlik va maorifsizlik orqasidangina bulganligi har kimga ma’lumdir», Munavvar Qorining no­donlik va falokatlardan qutulish avvalo maorif vositasida bo’lishini qayta-qayta ta’kidlaydi. Munavvar Qori Stalinchilarning «G’oliblar s’ezdi» bo’lib o’tgan 1929 yili qatog’onning yangi to’lqini kuchaya boshlagan paytda, (GPU) tomonidan qamoqqa olinadi. Jiyani Muhammadxon Muslimxon o’g’li Abdurashidov amakisini qamoqka olingan kunni shunday eslaydi: «Uch aka uka A’zamxon, Muslimxon va Munavvarxon bir xovlida juda inoq yashar edik. Xovlimiz juda katta edi, Uning yarmida amakim yangi usuldagi maktab ochib, bolalarni o’qitgani esimda. Amakim ochgan bunday maktablar faqat bizning xovlimizdagina emas, balki maxallada ham bo’lgan. Ular «Muxtoriyat»,»Birinchi may» kabi nomlari bi­lan atalgan. Amakimlarning katta xotinlari Muborakxon opoqidan ikki o’g’il bo’lib, ular yoshligida vafot etib ketgan. SHundan so’ng amakim ikkinchi xotini Lazizaxonga uylandi. Ulardan farzand bulmagan. Esimda bor 1929 yil noyabri bo’lsa kerak, erta tongda xovlimizga GPU ning kurollangan xodimlari devordan oshib kirdi. Ulardan bir necha kishi hech kimni xovlidan tashqariga chiqarmay, xatto xojatga borganlar orqasidan ham kuzatib turdi. Boshqalar esa uyda tintuv o’tkazib juda ko’p ro’znoma, kitob qo’lyozma va rasmlarni qoplarga solishdi, Tin­tuv erta tongdan namozi asrgacha davom etgandi». Muhammadxon o’shanda 10 yoshda bo’lgan, Munavvar Qorining qarindosh - urug’lari ham qatog’ondan chetda qolmagan edi.

Munavvar Qori Abdurashidxonov Rusiyaning mustamlaka va mustabidlik zulmi davrida xalq farzandi sifatida buyuk taraxxiyparvar, madaniy taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy harakat-miliy istiqlol kurashining raxbari bo’lib yetishdi. Munavvar Qori sharqona islomiy va yevropacha dunyoviy ilmlar nuridan baxramand bo’lib voyaga yetdi. U Turkiston o’lkasining iqtisodiy va mada­niy taraqqiyot yo’liga kirishida, musulmon bolalariga dunyoviy bilimlar berishning birdan-bir yo’li eng avvalo mavjud eski maktab va madrasalarni islox qilish, yangi maorif tarmoqlarini yaratishda deb tushungan holda yangi usul maktablarini ochishga axd xildi.

Uning raxbarligida «Turon» jamiyati tuzildi. Bu jamiyat ishida Munavvar Qori boshchiligidagi Abdulla Avloniy, Ubaydulla Xujaev, Komilbek va Karimbek Nurbekovlar, Toshpulat Norbutabekov kabi xur fikrli ziyolilar faoliyat ko’rsatdilar. O’zbek milliy matbuotini vujudga kelishi ham bevosita Mu­navvar Qorining faoliyati bilan uzviy bog’lanadi. U milliy matbuotimizning ilk namunalaridan biri bulmish «Xurshid» gazetasini nashrdan chiqardi. Keyinrok «Najot», “Kengash», «Osiyo», «Xurriyat», «Turon» gazetalarida bosh muharrir, «Sadoyi Tur­kiston» da esa bo’lim muharriri bo’lib xizmat qildi. O’zbek xalqining ma’naviy hayotida ayniqsa «Sadoyi Turkiston» gazetasining faoliyati muxim ahamiyatga ega.

Munavvar Qorining yangi usul maktablari tizimini, mazmuni va pedagogik faoliyati: Munavvar Qorining maktab ta’limi xususidagi qarashlari eng avvalo yangi usulda tashkil kilingan maktablar hamda darsliklarda o’z askini topganligini ko’ramiz. Yangi usul maktablarida har-xil toifa boy va kambag’allarning bolalari birday o’qish xuquqiga ega bo’ldi. Tur­kistonda yangi usuldagi maktab soni ayniqsa 1905 yildan keyin tez ko’paydi. Ayni paytda matbuot saxifalarida usuli jadid maktablari to’g’risida fikrlar tez-tez e’lon qilina bordi. Tabiiyki, chor general-gubernatorligi yangi usul maktablarini ochiq yuz bilan kutub olmadi. CHunki jadidlar tezlikda savod o’rgatib, mustamlakachilikdan qutilish muammolarini turli yo’llar bilan tushunturmoqda edi. «Turkiston viloyatining gazeti», saxifalarida jadid maktablariga qarshi fikrlar tez-tez berib turildi. Jumladan gazeta saxifalaridan birida shunday fikrlar beriladi. «Usuli jadid «degani qayerdan chiqdi. Bu nechuk? Masalan: ota-bobolarimiz usuli qadim ila o’qib mullo bo’lganlar va biz ham usuli qadimni o’qib bir nima bilar edik. Usuli jadid degan bir tarnoy bid’atdurki, yaqin fursatda chiqmishdur.»

Ayni paytda shu gazetani 1908 yil yilgi saxifalaridan birida shunday fikrlar bor: « Usuli jadid nadur?», usuli jadid yangi usul damakdir. Yangi usul deganda, usuli e’tiqod va ibratda yangilik demak emas, balki, so’ng zamonlarda xalqni faqirligi sababli bir holda tushgan maktab va madrasalarimizning kerak idorasini va kerak ta’lim tadris kayfiyatlarini isloh etmoqdan iboratdir.

Munavvar Qori jadidlar ko’rilanayotgan bir paytda mazkur maktablar va ma’rifiy harakat to’g’risida shunday fikrlarni bildirgan edi: «Jadidchilikka qanday baxo berish to’g’risida quyidagi asoslarni keltiraman: Jadid maktabi qay vaqtda va kimlar qo’li bilan vujudga chiqdi? Mana buni tekshirish uchun 20 yil ilgariga qarash albatta lozim. Xozirgi paytda o’rta ma’lumotga ega bo’lgan kishilar Moskov va boshqa joylarga borib o’qishni xavas qilsa, avvallari savodi chiqqan har bir kishi Buxoroga borib o’qishni o’zi uchun bir sharaf deb bilar edi. CHunki ular ilmni faqat dingina deb bilar edilar. Muxit ham shuni taqozo qilar edi. Jadid maktabi tashkil qilganlar ham eski maktab, Madrasa va Qorixonalar yetishtirgan kishilar edi. Ular yolg’iz Bog’chasaroyda chiqadigan Ismoil Gasprinskiyning maktabini yaxshi tushunib, kitoblar oldirar edilar.

Ko’rinayaptiki, taraxqqiyparvar Munavvar Qori jadidlar qoralanayotganda ham ularga ayni paytdagi xolatdan kelib chiqib baxo berish zarurligini aytadi. CHunki ayni paytda yangi usuldagi maktablar ayni vaqtda zarur va lozim edi.

Yangi usul maktablarini faqatgina chor xukumatigina emas, chor xukumatiga sodiq bo’lgan maxalliy mutaassib ruxoniylar,shu bilan bir qatorda eski maktab domlalari, «usuli qadim» tarafdorlari ham yoqtirmas edi. Ular yangi usul maktablarini «Islom diniga raxna soladi», bu maktablarning muallimlari kofir, deb tashviqot olib borganlar. Maxalliy mutaassib dindorlar yangi usul maktablarini qoralashda va ularni tugatishda chor amaldorlariga yordam berib turganlar, yangi usuldagi jadid maktabi muallimlarini yomonlashdan o’zlarini tiymaganlar.

1908 yillarga kelib, Turkiston o’lkasida yangi usuldagi maktablar soni ko’paya bordi. CHor xukumati ham ularni zo’rlik bilan bekitishga qurbi yetmay qoldi. Aksincha Turkiston ulkasiga yangi usuldagi maktablar ochish uchun muallimlarning ruxsat surab yozgan arznomalari ko’payib bordi. Xatto jadid maktabla­rini ochish ta’lab qo’yildi. 1910-19» yillar oralig’ida chor amaldorlari yangi usuldagi maktablarning 50 dan ziyodini yopib qo’ydi. SHunga qaramasdan, fidoyi taraqqiyparvar muallimlar sa’yharakati tufayli «usuli jadid» maktablari yanada ko’payib bordi. Y. Abdullaevning ma’lumot berishicha «19» yil 31 iyulda Turkiston general-gubernatori maxkamasiga bergan ma’lumotiga kura, Toshkentning eski shahar qismida 16 ta yangi usul maktabi bo’lgan. Keksa kishilardan surishtirib aytishlaricha, 1917 yil arafasida Qo’qonda 24 ta (Beshariq va Bog’doddagi yangi usul maktablari ham shu xisobga kiradi), Andijon shahri hamda shahar atrofidagi qishloqlarda 34 ta yangi usul maktabi bo’lgan». Turkistonda yangi usul maktablarining alohida yagona dasturi bo’lmagan. Jadidlar taraqqiy etgan musulmon mamlakatlari mak­tablari, Ismoil gasprinskiyning usuli jadid maktabini o’rganishlari natijasida va o’zlari ijodiy ravishda maxalliy sharoitga moslab o’quv ishlarini olib borganlar. Ular «usuli jadid» maktablari uchun darsliklar kam bo’lganligi tufayli o’zlari darsliklar yozganlar.

Munavvar Qori 1890 yilda, 22 yoshida Toshkentning xozirgi Mirobod bozori yaqinida , 1907 yilda SHayxontoxur daxasidagi o’z uyida jadid, ya’ni yangi maktab ochadi. Mazkur maktab va unda tashkil etilgan ta’lim-tarbiya ishlari. uqitish uslubi o’z mazmuni va xususiyatiga ko’ra butunlay yangi va ilg’or bo’lib, tez orada millatni madaniy ma’rifiy, ijtimoyi-siyosiy va oxir-oqibatda, iqtisodiy taraqqiyotga olib chiqaruvchi juda katta omil hamda imkoniyatlarga ega bo’ladi. Maktabda o’qituvchilar yozish, uqishni bilishi va jismoniy sog’lom o’sishi uchun partalarga o’tqazilgan, uqitish ko’rgazmali, o’rgatiladigan bilim va fan asoslari amaliy xususiyatga ega bo’lgan, ya’ni kasb-xunarga hayot uchun zarur bo’lgan talablarga yaqinlashtirilgan.

Munavvar Qori maktabida 1915 yilda 150 ta o’quvchi bo’lgan. SHulardan 30-35 foizi kambag’allarning bolasi bo’lib, bepul o’qitilgan. Ular o’quv darsliklari va qurollari bilan bepul ta’minlangan. Qolganlari esa, o’qish uchun har oyda baxoli-qudrat 50 tiyindan to bir yarim so’mgacha pul tulagan. Ba’zi badavlat otalar 2 so’mdan ham berib turgan. Bir kunda 50 minutdan uch dars o’qitilgan. Un minutdan bir saotgacha kichik va katta tanaffuslar joriy etilgan.

Yangi usul maktablarida bo­lalar sinf-sinfga bo’lib o’qitilgan, ular parta yoki stol-stullarga o’tirishgan. Dars aniq dastur asosida olib borilgan, mashrulotlar jadvallarga rioya kilingan holda tuzilgan. Bu jadvallar asosida din, arab tili, shifoxiya (arab tili amaliy mashgulotlari), islom tarixi, ona tili, fors tili, turkiy adabiyot, tarix, axloq, jugrofiya, xisob, rus tili va boshqa fanlar o’qitilgan. Jadid maktablaridagi ta’lim va darsliklarda Munavvar Qori Abdurashidxonovning ma’rifiy qarashlari yaqqol namoyon bo’ladi. Ayni paytda Toshkentdagi usuli jadid maktablari­ning dasturlarini ham Munavvar Qori Abdurashidxonov tuzgan. Munavvar Qori 19» yilda 6 yilga muljallangan dastur tuzadi va uni amalga oshira boshlaydi, Munavvar Qorining «Namuna» nomli maktabida bir necha yuz bolalar taxsil olganligini aytib o’tgan edik. Ulug ma’rifatparvar Toshkent shahrida «qadimchilar» tomonidan «kufr uyasi» deb atalgan yangi maktab orqali ma’rifat uchog’ini ocha boshladi. Turkiston bolalarini yangi maktab ta’limi orqali yangi ma’naviyat sari yetakladi, U «usuli jadid» maktabini madaniyat maskaniga aylantirdi, «usuli jadid»maktabiga xalqni milliy mustaqillik uchun kurashga xozirlaydigan targ’ibotxona sifatida qaradi. U o’z faoliyati bilan eski maktablarni tubdan islox qilmay turib, insonlarning ongida o’zgarish yasab bo’lmasligini anglatishga intildi,

Munavvar Qorining fikricha, yosh avlodni tarbiyalash orqali millatni uyg’otish, Vatanni ozod qilish, xalqni ma’naviy yuksaltirish, boyitish va farovon turmush kechirish mumkin.




Download 211,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish