Musiqali ritmik tarbiya, musiqa va shaxsni xar tomonlama rivojlantirish. Musiqali ritmik tarbiya tizimi. Reja



Download 0,7 Mb.
bet1/3
Sana26.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#582347
  1   2   3
Bog'liq
4 maruza

Musiqali ritmik tarbiya, musiqa va shaxsni xar tomonlama rivojlantirish. Musiqali ritmik tarbiya tizimi.

REJA:


Musiqali ritmik tarbiyaning bola rivojlanishida ta`siri
1
Musiqiy ritmika
2
Musiqa va ritmik harakatlar
3

Logopedik ritmikaning mohiyatini tushunish uchun harakat, harakatlanish kо‘nikmasi, harakatlanish malakasi, ohang, ritmika, musiqiy ohang, musiqiy-ohangli hissiyot, musiqiy-harakatlanuvchan tarbiya, harakatli о‘yinlar, kineziterapiya, davolash ritmikasi, logopedik ritmika nima ekanligini tushunish zarur.


H a r a k a t - tirik materiyaning asosiy biologik sifati hisoblanib, u jonli tabiatning evolyusiyasi bilan birgalikda mukamallashadi. Harakat eng oliy mukammallikka “organizm-muhit” tizimidagi tizimosti о‘z-о‘zini boshqarish hisoblanuvchi organizm, insonning filogenetik rivojlanishida erishadi.
H a r a k a t l a n t i r u v ch i- m a l a k a harakatning tarkibiy qismlari va harakatlanuvchan vazifani hal qilish usullariga diqqatni kо‘tarinki jamlash bilan farqlanuvchi faoliyatning texnikasini egallash darajasi sifatida belgilanadi.
H a r a k a t l a n u v ch a n k о‘ n i k m a – harakat texnikasini shunday egallash darajasiki, unda harakatlarni boshqarish avtomatik tarzda sodir bо‘ladi va harakat yuqori ishonchlilik bilan farqlanadi.
Har bir harakat ma’lum bir ritmda sodir etiladi.
«Makon va vaqt mangu ritm qonuniga bо‘ysunuvchi materiya bilan tо‘ldirilgan”, – deb yozgandi E.Jak-Dalkroz
Pedagogik aspektda ritmika (grekcha rhythmikos sо‘zi ritmga taalluqli, ravon, bir meyordagi kabi ma’nolarni beradi) – bu harakatning musiqa bilan bog‘liqlikda qurilgan jismoniy mashqlar tizimi. Ritmika, ayniqsa, bola yoshida jismoniy va badiiy tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. U bolalarning uyg‘unlashgan jismoniy rivojlanishiga, musiqiy eshitish, musiqiy xotira, harakat aniqligining rivojlanishiga yordamlashadi, bolalarni musiqa, raqs, qо‘shiq bilan tanishtiradi, harakatda musiqiy asarning xarakteri va jadalligini aks ettirishga о‘rgatadi.
Ritmika mashg‘ulotlarida sakrash, о‘yinli mashqlar, yugurish, badiiy gimnastika elementlari, raqsli va imitatsiyali harakatlardan foydalaniladi.
Ritm hissi о‘z asosida motorli, faol tabiatga ega va motorli reaksiya bilan olib boriladi. Bu reaksiyalarning mohiyati ritmni his qilishda kо‘p obrazli kinestetik hislarni uyg‘otishdan iborat.
V.M.Bexterev bolaning eshitish qobiliyatiga muvofiq bolaning diqqatini musiqaga jamlagan holda musiqiy pyesalarni tinglash yо‘li bilan bolada musiqaviylikni sekin-asta rivojlantirish muhimligini ta’kidlaydi.
V.M.Bexterev musiqaning bolalar eshitish qobiliyatining rivojlanishidagi ahamiyatiga e’tiborni qaratdi. Bolalar juda erta motivni eslab qoladilar, hatto nutqqa qobiliyati bо‘lmagan bolalar ham qо‘shiqning ohangini kuylashlari mumkin, aqli zaiflar esa juda zо‘r musiqachi bо‘lish qobiliyatiga egalar.
Ritmik va logoritmik ta’sirning odamlarga ahamiyatini kо‘plab tadqiqotchilar ta’kidlaganlar. V.M.Bexterev ritmik tarbiyaning quyidagi maqsadlarini ajratadi: ritmik reflekslarni aniqlash, bola organizmini muayyan qо‘zg‘atuvchilarga (eshitish va kо‘rish) javob qilishga kо‘niktirish, bolaning asab tizimi faoliyatida muvozanatni о‘rnatish, о‘ta hayajonlangan bolalarni tinchlantirish va tormozlangan (rivojlanishda kechikkan) bolalarni harakatga solish notо‘g‘ri va ortiqcha harakatlarni boshqarish.
V.A.Gilyarovskiy logopedik ritmika umumiy tonus, motorika, kayfiyatga ta’sir kо‘rsatishini yozadi. U markaziy asab tizimidagi asabiy jarayonlarning siljishini mashq qildirishga, qobiqni faollashtirishga kо‘maklashadi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish