―musiqa ta‘limi‖ kafеdrasi ―O‘zbek xalq musiqa ijodi‖ fani bakalavriyat yo‘nalishi


Buxoro va samarkand musiqa uslubi



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/49
Sana21.03.2022
Hajmi0,9 Mb.
#504666
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
ozbek xalq musiqa ijodi (1)

 
Buxoro va samarkand musiqa uslubi 
Surxondaryo va Qashqadaryodan farqli o‘laroq, Markaziy Osiyoning 
madaniyat markazi bo‘lgan Buxoro va Samarqandda o‘zbek musiqa san‘atining 
xususiyatlari deyarli boshqachadir. Bu xususiyatlar meros mavzusiga va janrlari 
hamda musiqa hayoti xarakteriga taalluqlidir. Buxoro va Samarkand maxalliy 
uslubi xususi- yatlarining muxim farqi musiqa merosi va ijrochi likning ikki turga-
og‘zaki an‘anadagi professional san‘at va folklorga bulinishidadir. Musiqa 
folklorining moxir namoyandalari bilan bir qatorda bu yerda professional 
san‘atkorlar, sozanda va xofizlar katta o‘rin tutib, ular maqom va boshqa 
professional musiqa janrlarining bilimdon ijrochilari sifatida tanilgan. Kichik 
shakldagi ma‘lum turkumni tashkil etuvchi xilma-xil mazmunga ega bo‘lgan raqs-
o‘yin qo‘shiqlarinint ijrochilari-sozandalar ham keng e‘tibor topgan. 
Bu kadimiy shaxarlarda cholg‘u asboblari turlarining boyligi marosim 
qo‘shiq-kuylarining xilma-xil va xarakterli bo‘lishi bilan birga, eng yaxshi ijrochi 
xonanda va sozandalar ishtirokida musiqa va she‘riyat kechalarining muntazam 
o‘ttkazilib turilishi ham odat bo‘lgan edi. Maishat, turmushning shaxarcha tarzi 
ashulachilar, raqqos va raqqosalar hamda sozandalar ansambllarining o‘ziga xos 
tusda keng rivojlanishiga ham
 
imkon bergandi. 
Buxoro va Samarkand viloyatlaridagi o‘zbek musiqa folklori esa ko‘p 
jixatdan tojik musiqasi bilan ma‘lum darajada umumiylikka ega bo‘lib, tarixiy 
taqdiri deyarli o‘xshash bo‘lgan xar ikkala qardosh xalq- o‘zbeklar va tojiklarning 
bab-baravar darajadagi musiqa merosidir. Jumladan, «Shashmaqom» bunga yorkin 
misol bula oladi. 
Buxoro musiqa uslubida erkaklar tomonidan ijro etiladigan «Mavrigi» nomi 
bilan ma‘lum bo‘lgan turkumli aytimlar esa doyra jo‘rligida hamda raqqos- 
o‘yinchi ishtirokida ijro etiladi. «Mavrigi» asosan erkaklar tomonidan aytilib, 
xonandalar bir vaqtning o‘zida ham ashula aytib, ham doyra chertib, o‘zlaricha 
jo‘rsoz buladilar. «Mavrigi» aytimlarida ikki- tillilik an‘anasi namoyon buladi, 
ya‘ni turkumdagi ashula qismlari o‘zbek va tojik tillarida kuylanadi. 
«Mavrigi» ijrosida ikki va undan ortiq qismlar bo‘lib, ular birin-ketin ijro 
etiladi. Dastlabki kism vazminrok 
ruhda 
bo‘lgan «kirish» vazifasini bajaradi. 
Keyingi qismlarga o‘tilgani sari o‘ynoqi ritmlar kengayib, o‘yin aytimlar 
jadallashib boradi. Shu sababdan ham bunday turkumlarda raqs usullari asosiy 
o‘rinni egallaydi. 


14 
Samarkand musiqa uslubida «qarsak» bilan ma‘lum qo‘shiq-raqslar juda 
keng o‘rin tutadi. Qarsak turli xil tomosha va davralarda ko‘pchilik tomonidan ijro 
etiladi. Bunday davrada hozir bo‘lganlar aylana shaklida o‘tirishib, yakkaxonning 
aytimi va raqsiga qarsak bilan jo‘r bo‘lib turishadi. Shu boisdan, qarsak janri 
band—naqarot shaklida bo‘lib, bandlarni yak-kaxon (aytimchi) aytadi, davrada 
o‘tirganlar esa naqarotlarni kuylashadi. 
Qarsak o‘yin-aytimtarining bir necha turlari mav-jud. Jumladan, qars, yakka 
qars, qo‘sh qars, uch

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish