Ma'ruza 17. JISMONIY SIFATLARNING RIVOJLANISHINING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI (4 kism)
Reja:
1.Chidamlilik,uning turlari.
2.Chidamlilikni rivojlantiradigan omillar.
3.Chidamlilikni rivojlanishida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar
Chidamlilik.
Jismoniy mashklarni bajarishda kishining chidamliligi uning uzok vakt davomida ish tezligini pasaytirish kobiliyatidir.Chidamlilik organizmning funksional rezervlariga jismoniy chinikkanlik darajasiga ish bajaradigan muxit bilan boglik buladi.Muntazam mashklar bilan shugullanish organizmning shu ishlarga chidamliligini oshiradi.Chidamlilik organizmda charchashga karshi layokatning ortishi bulib, organizmning ish kobiliyatining pasayishiga olib boradigan jismoniy mashklar bilan shugullanishda rivojlanadi. Chidamlilik ortishi bilan organizmda yukori darajali ish kobiliyatini saklash muddati uzayadi.
Chidamlilik bir kancha turlarga ajratiladi: umumiy chidamlilik,maxsus chidamlilik, dinamik ishlarni bajarishga chidamlilik,statik kuchlanishlarga chidamlilik, anaerob sharoitdagi ishlarni bajarishga chidamlilik,gipoksiyaga chidamlilik, issik sovukka chidamlilik va x.k. Chidamlilik rivojlantirish organizm a'zolari va tukimalarning morfalogik biokimiyovi va funksional uzgarishlari okibatida sodir buladi.Masalan xaddan tashkari uzok masofaga yugurish, veloseped poygasi,suzish kabi siklik, dinamik ishlar bilan muntazam shugullanishda xarakat apparati faoliyati uygunligining takomillashishi ishlayotgan tukimalarning energiya taminlaydigan vegetativ organlar ishining uzaro moslashishi natijasida bu organlarning uzok muddat davomida yukori darajada ishlashi yuzaga keladi.
Okibat xarakat apparati ishini boshkaradigan mexanizm takomillashadi, bu xol asab markazlaridagi asosan xarakat markazidagi funksional uzgarishlar bilan boglik.Xarakat markazi uzok muddat davomida bir xildagi impulslarni yuborish va kabul kilishga moslashadi.
Uzok muddatli ishlar bilan muntazam shugullanish natijasida muskul-larda yuzaga keladigan uzgarishlar morfologik va biokimiyoviy xususiyatlar bilan belgilanadi.Ulardagi moddalar almashinuvi jarayonida bajarilayotgan ish darajasiga moslashadi.Bunday ishlarni bajarishda vegetativ organlarda yuzaga keladigan uzgarishlar ayniksa, yurak tomir va nafas organlari ishi termoregulyasiyaning takomillashishi kuzatiladi.
Kiska masofani bosib utishda,masalan; 100 m ga yugurish bilan shugullanishda rivojlanadigan chidamlilik organizmda uziga xos uzgarishlarni yuzaga keltiradi.Bunday xolatdagi mashk anaerob sharoitda bajariladi, ya'ni organizmning ichki muxitida chala oksidlangan maxsulotlar mikdori tez ortadi.Organizmning ish kobiliyatini xarakat tezligining pasayishiga sabab buladi.Shuning uchun bunday ishlar bilan shugullanishda chidamlilik asosan xarakatning yukori tezligini uzokrok saklashga yunaltirilgan buladi.Bundan, tashkari ma'lumki, anaerob sharoitda bajariladigan ishlarga sarflanadigan energiya asosan ATF va KRF xisobiga olinadi, ya'ni bu moddalarning parchalanishida vujudga kelgan energiya ish bajarish uchun ketadi.
Demak, maksimal tezlikdagi yoki anaerob sharoitlarda bajariladigan siklik dinamik ishlarda muskullarda ATF va KRF kanchalik kup bulsa ishlayotgan muskullarning energiya bilan ta'minlanishi shunchalik kuprok vaktga chuziladi.
Bundan tashkari kiska masofalarni utishda charchashni yuzaga keltiradigan omillardan yana biri kislorod karzining tuplanishidir. Organizmda kislorod karziga chidamlilikning ortishi ish muddatini uzaytirish imkonini beradi.
Yukori malakali sprinterlar kislorod karzi 20 l ga yetganda xam ish kobiliyatini saklash imkoniyatiga ega buladilar, ya'ni ularda kislorod karziga chidamlilik past malakali sportchilarga nisbatan yukori buladi.
Chidamlilik turlaridan yana biri bulgan gipoksiyaga chidamlilikning fiziologik asoslari bilan tanishib chikaylik.
Tog sporti bilan shugullanuvchilari, ayniksa, alpenistlar baland tog chukkilarni zapt etishda kuchli kislorod tankisligiga duch keladilar.Chunki dengiz satxidan balandlikka kutarilgan sari atmosfera xavosining bosimi kamayib boradi,uning tarkibiy kismi bulgan kislorod xam atmosfera bosimiga mos xolda kmayib boradi.Tog sharoitlaridagi kislorod tankisligi ayniksa dengiz satxidan 3000 m dan baland joylarda sezilarli bulib,yanada kutarilgan sari u kuchayib boradi.
Alpenizm bilan muntazam shugullanishi organizmning kislorod tankisligi (gipoksiya) ga chidamliligini rivojlantiradi.Bunday xolatda,asosan organizm tukimasi va xujayralarning kislorod bilan ta'minlaydigan sistemalar funksiyasi uzgaradi va gipoksiyaga chidamlilikni ortishiga imkon beradi. Kon tarkibida eritrositlar soni,gemoglabin mikdori kupayadi.Yurakning dakikalik xajmi ortadi,upka ventelyasiyasi kupayadi tukimalarning kislorod uzlashtirishi yaxshilanadi va x.k.Tog sharoitida bajariladigan muskul ishlarida organizmda yuzaga keladigan uzgarishlar mazkur kullanmadagi, past atmosfera bosimining sportchi ish kobiliyatiga ta'siri xakida bayon kiluvchi bobda ancha tulik yoritilgan. Tog sharoitida utkaziladigan sport musobakalarida sportchining soglikka chidamliligining ortishi xam zurur axamiyatga ega.Masalan; tog changisi buyicha sport musobakalarda sportchining sovukka chidamliligi uning ish kobiliyatini yukori darajada saklash uchun muxim omillardan biri buladi.
Ma'lumki past xaroratli sharoitlarda tana xaroratini normal xolatda saklash uchun kimiyoviy termoregulyasi (issik ishlanishi) bir muncha ortadi.Bu xol moddalar almashinuvining tezlashishi okibatida organizm kuprok energiya sarflashini takoza etadi.Demak,organizm ish bajarishi uchun sarflanadigan energiyaning tana xaroratini doimo saklash uchun sarflanadi.Natijada organizmning ish kobiliyati ma'lum darajada kamayadi.
Tashki muxit xarorati past bulgan sharoitlarda sport bilan muntazam shugullanish okibatida organizm sovukka chidamliligi ortadi.Bunday chidamlilikning rivojlanishida asosiy fiziologik mexanizm bir tomondan,organizmda issiklik yukolishining kamayishi, ikkinchi tomondan,asosiy almashinuvning (xayotiy jarayonlarni) saklab turishi uchunsarflanadigan energiya mikdorining ortishidan iboratdir.
Chidamlilikning turlaridan yana biri, organizmning yukori xaroratli sharoitda uz ish kobiliyatini yukori darajada mumkin kadar kuprok vakt saklay olishidir.
Kuch bilan bajariladigan ishga chidamlilik.Chidamlilikning bu turi xarakatning optimal kuch xususiyatlari uzok vakt davomida ushlab turish kobiliyatidir.Kuchning chidamli bulishi uzok vakt davomida xarakatga bulgan yukori darajadagi karshilikni yengish uchun zarur bulgan sport mashklarida, masalan; suzish, eshkak ortish, tog changisi va yelka sporti kabi sport ishlarida yukori natijaga erishish uchun muxim axamiyatga ega.
Statik ishlarni bajarishga chidamlilik-chidamlilikning bu shakli uzok vakt davomida statik kuchlanishlarni,masalan; ogirliklarni kutarib turish gavdaning kuzgalmas xolatini saklab turish, burchak ushlab turish kabi ishlarni bajarish kobiliyatidir.Bunday ishlarni bajarishda muskulning tarangligi muxim axamiyatga ega buladi.
Kutarilib turadigan yuk bilan statik kuchlanish muddati urtasidagi boglanish giperbal-egri chizik orkali ifodalanishi mumkin.Ushlab turiladigan yuk kanchalik kup bulsa, uni ushlab turish vakti shunchalik kiska buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |