15
Xotin-qizlar ijrochiligida marosim qo‘shiqlari «Yor-yor», «Kelin salom»,
lapar, yalla aytimlarini doyra, dutor, cholg‘u ansamblida kuylash keng tus olgan
(ustoz ijrochilardan Raxima MaZoxidova).
Farg‘ona-Toshkent musiqa uslubida bolalar folklori ham asosiy o‘rinni
egallaydi. Bu o‘rinda «Boychechak», «Yomg‘ir yog‘aloq», «Laylak keldi», «Oftob
chikdi olamga», «Chuchvara qaynadi» misol bula oladi.
Farg‘ona-Toshkent musiqa uslubida keng tarkalgan katta ashula-bu yirik
xajmli ashula bo‘lib, uning kuy ohanglari keng nafasli xofizlar ijrosi uchun
muljallangandir. Katta ashulani, odatda, ashulachi xofiz yoki 2-4 hamnafas
ashulachi-xofizlar aytadilar. Bunda jo‘rnavoz cholg‘ular qo‘llanilmaydi. Katta
ashulalarda Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Mukimiy, Furkat kabi mumtoz shoirlarning
falsafiy, pand-nasixat va boshqa mavzulardagi she‘riy namunalari kullaniladi.
Katta ashulalar ikki, ikki yarim oktava oralig‘ida bo‘lgan rivojlangan
kuylarga ega bo‘lib, erkin ritm- o‘lchov asosida kuylanadi. Bu ashulalarning
«Patnusaki ashula» yoki «likobi ashula» deyilishining sababi ashulachi—xofizlar
ijro paytida qo‘llarida patnis likob (talinka) ushlab turganliklaridandir.
Boltaboy Rajabov, Hamrokul kori, Muhammad bobo Saggorov, Akbar kori
Xaydarov, Erka kori Harimov, Jo‘raxon Sultonov, Ma‘murjon O‘zokov, Berkinboy
Fayziev kabi xofizlar katta ashulalarning maxoratli ijrochilari edilar. Bu
san‘atkorlar kuylagan «Ko‘p erdi», «Bir kelsun», «Ey dilbari jononim», «Adash
ganman», «Do‘stlar», «Yovvoyi chorgox», «Bu gulshan soz etgali keldik» singari
katta ashulalar xalqimiz orasida yaxshi ma‘lumdir.
Shuni ham aytish kerakki, so‘nggi yillar davomida katta ashulalarni
cholg‘ular jo‘rligida ijro etish amaliyoti ham qo‘llana boshlandi. Bu borada,
masalan. «Mehnat axli», «Ey dilbari jononim», «O‘zbekiston» nomli katta
ashulalarni misol keltirish mumkin. Shu bilan birga, katta ashulalarni aloxida
cholg‘uda, masalan, nayda ijro etish an‘anasi ham yuzaga keldi. Bu o‘rinda Ismoil
naychi, Abdukodir naychi va Saidjon Kalonovlardek maxoratli naychilarimizning
xizmatlari kattadir.
Katta ashula asosan Farg‘ona vodiysida, qisman Toshkentda aytilib kelinadi.
Xalq hayotining tarixiy sharoiti natijasi hisoblangan barcha maxalliy uslublarda
o‘zbek xalq musiqasining umummilliy belgilari yorqin ifodalangan.
Bu belgilar, yukorida ta‘kidlanganidek, o‘zbek xalqining, keyingi davrda
tugal tus olgan o‘zbek millatining shakllanish jarayonida, turli maxalliy
uslublarning umummilliy madaniyatiga chatishib ketishi natijasida vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: