Ko’p xollarda nazoratning yozma shakli o’quvchilar ichki sir asrorlarini, kechinmalarini, yashirinib yotgan iste’dodlarini ochish imkonini beradi. Bu usul yozma sinovni 15-20 minut yoki butun dars davomida o’tkazilishi mumkin. Keyingi yillarda yozma ishlarning dasturlashtiriladigan shakli o’quv tarbiya jarayonida keng qo’llanilayapti. Bunda o’qituvchi savollar ro’yxatini to’zadi, ularning har biriga mumkin bo’lgan javoblarni taqlif qiladi, bu javoblarda bittasi to’laroq bo’ladi. O’quvchilarning vazifasi javoblar ichidan nisbatan to’laroq va aniqrogini tanlashdir. Shu uslub bilan o’quvchilarni musiqiy o’quvini o’stirish mumkin. Ba’zi musiqiy o’quvi bush bo’lgan bolalar bilan darsdan keyin alohida yakka tartibda shugullanib, topshiriqlar beriladi va ovozlari sozlanib, qo’shiqlar alohida o’rgatiladi. Shu tarika, hamma o’quvchilarni musiqaga qiziqishi, qo’shiq kuylashi, musiqa tinglash ishtiyoqi, qobiliyati, musiqiy o’quvi, bir xilda oshib boradi va hamma bilan birgalikda qo’shiq kuylash ko’nikma va malakalari hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |