Hikoya - bayon davrida o’qituvchi yangi mavzuning mazmunini ochib beradi, muayyan rivojlanuvchi reja, asosiy, muhimlarini ajratib, ilyustratsiya va ishontirarli misollarni izchil bayon qilishni amalga oshiradi. Hikoya - xulosa odatda mashg’ulotning oxirida keltiriladi. O’qituychi unda asosiy fikrni yakuniaydi, xulosalaydi va umumlashtiradi, mazkur mavzu yuzasidan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar beradi. Suxbat. Suxbat metodi atroflicna uylangan savollar yordamida o’qituvchi bilan o’quvchilar orasidagi suhbatni ko’zda tutib, u o’quvchini faktlar tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o’zlashtirishga olib keladi. Suxbat metodining qo’llanishida savollarning kuya olish usullari (asosiy,qo’shimcha, yo’llovchi va x.k.) o’quvchining javob va muloxazalarini muxokama, qilish usullari, suhbatdan xulosalarni shakllantirish usullari, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi. Ta’limninig ko’rgazmali metodlarini shartli ravishda ikki katla guruhga bo’lish mumkin: ilyustratsiya va namoyish qilish metodlari. illyustrasiya metodi, o’quvchilarga ilyustratsiya qo’llanmalar - plakat, harita, doskadagi rasm, kartina, olimlarning portretlari va boshqalarni ko’rsatishni ko’zda tutadi. Namoyish kilsh metodi odatda asboblar, tajribalar, texnik ko’rilmalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish metodiga shuningdek, kinofilm va diafilmlar ko’rsalishni ham kiritishadi. Ko’rgazmali vositalarning illyustrativ va namoyish qilish bo’linmalari o’qitish amaliyotida tarixiy shakllangan. Ta’limning amaliy metodlari o’quv faoliyatining xilma-xil turlarining keng doirasini kamrab oladi: amaliy melodlaridan foydalanishda quyidagi usullar qo’llaniladi: vazifani qo’yish, uni bajarilishni rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, jadal ragbatlantirish, tartibga solish va nazorat, amaliy ish natijasini tahlil qilish, kamchiliklar sababini aniqlash, maqsadga tulik erishish uchun ta’limga tuzatish kiritib borish. Muammoli ta’lim metodlaridan biri evristik va muammoli qidiruv suhbati hisoblanadi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar oldiga qator izchil va o’zaro bog’langan savollarni qo’yadi. O’quvchilar ularga javob berganda qandaydir shakllarini aytadilar. Aytganlarining to’g’ri ekanligini mustaqil isbotlashga harakat qiladilar. Bu bilan birga yangi bilimni o’zlashtirishda mustaqil ravishda o’zlarining oldinga siljishini amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |