Davlatimiz va Prezidentimiz tomonidan qo’yilgan talab maktablarda o’qitish jarayonini jaxondagi rivojlangan buyuk davlatlardagidek har tomonlama jaxon talablariga javob beradigan tarzda darslarni tashkil qilish. Har bir darsda ta’limning optimal usullarini qo’llashga erishishdir. Musiqa tarbiyasi vazifalarini amalga oshirish, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini bir butun sistemasi sifatida namoyon bo’ladi. Chunki, o’qitish jarayonida o’qituvchi ham, o’quvchi ham ma’lum bir funktsiyani bajaradi. Optimal (xususiy) metodlar o’qitish faoliyati va maqsadga qarab 4 ga bo’linadi: 1. Darsning musiqaviy umumlashtiruvchi metodi 2. Utilajak darslarga oldindan «yugurib», bog’lanib o’tish va ilgari utilganlarga qaytish metodi. 3. Dars mazmunini emotsional dramaturgiyasi metodi 4. Darsning pedagogik jihatdan ko’zatilishi va bilimlarni baholash metodi.
O’qituvchidan o’qitishning optimal usullarini tanlash va o’quvchilar aktivligini oshirish uchun quyidagilarga amal qilish talab etiladi: 1.Musiqa o’qitishning umumiy maqsadi hamda har bir darsning konkret maqsad va vazifalarini belgilash. Yosh avlodning milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatni inson darajasida voyaga yetkazishdan iboratdir. O’zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmuni xalqimizning milliy ruxiyati oliy insoniy fazilatlari, badiiy ma’naviyati istiqlol va mustaqillik uchun kurashi hamda orzu-umidlari inkor etiladi. Bu buyuk manaviyatimiz yosh avlodning madaniyati va milliy tafakkurini shakllantirishda benazir vositadir. O’qituvchining darsi ma’lum maqsadlarga qaratiladi. Darsning to’limiy va tarbiyaviy maqsadini to’gri belgilash o’quvchilar faoliyatini aktivlashtirishning muhim sharti sanaladi. Chunki, darsning maqsadidan o’quvchilar oldiga qo’yiladigan maqsad ham kelib chiqadi.
2. Ta’lim jarayonida o’quvchilar aktivligini oshirishning yaria bir muhim omili - dars struklurasini to’g’ri belgilashdir. Ko’p xollarda ba’zi o’qituvchilar darsning strukturasini to’g’ri belgilay olmaganliklari sababli qiyinchiliklarga duch kelayotirlar.
3. O’quv materialining xarakteri, o’quvchilarning yosh xususiyati va sinfning real o’quv imkoniyatlaridan kelib chiqib, ta’limning eng ma’qul metodi tanlanadi. Bunda o’ quvcnilardan mustaqil fikrlash va ijodiy faoliyat ko’rsatish talab qilinadi.