4. O’qitish ishida ta’limning individual, gruppa va kollektiv formalarini qushib olib boorish, o’quvchilarga differentsial munosabatda bo’lishning ahamiyati katta.Dars jarayonida biz ta’lmning ana shu formalaridan unumli foydalanamiz. Cnunki, ta’limning ana shu formalarini birga qushib olib borish orqali o’quvchilar faoliyatini aktivlashtirishga erishiladi. Individual ish formasida har bir o’quvchida mustaqil fikrlash, qo’yilgan problemani mustaqil xal qilish talab etiladi. 5.Muammoli o’qitishni tashkil qilish. – O’quvchilar o’qituvchi tomonidan qo’yilgan muammoni ijodiy isbot qilishga harakat kilsinlar. 6.Dasturlashtirilgan o’qitish, ya’ni o’quvchilar qobiliyatiga qarab har bir o’quvchi uchun ma’lum dastur - vazifa tuzish , bularni asta - sekinlik bilan chuqurlashtirib, mustahkamlab borish. Nazariy masalalarni EXM orqali amalga oshirish. Shunday qilib, musiqa mashg’ulotlarida o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish, darsning maqsadi va strukturasini to’g’ri belgilash, diqqat va e’tiborni o’quv materiallarining asosiy qirralariga qaratish, tema xarakteriga muvofiq keladigan ta’lim metodi va metodik usullarni tanlash, o’qitishning individual, gruppali va kollektiv formalarini birga qushib olib borish, differentsial ta’lim imkoniyatlaridan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Darsda ta’limning ana shu vositalariga amal qilish orqali o’quvchilarning musiqada yuqori o’zlashtirishga erishib kelinmokda. O’quv faoliyatiga qiziqishning asosiy manbai, avvalo, uning mazmunidir. Bu mazmun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish uchun ta’lim printsiplari qator talabalarga javob berish lozim. Bunda ta’lim mazmunining rag’batlantiruvchi ta’sirini oshiradigan ayrim maxsus usullari ham mayjuddir. Ularga birinchi navbatda yangilik va dolzarblik vaziyatlarini yaratuvchilik mazmunini, fan hamda tcxnikaning eng muhim kashfiyotlarini zamonaviy madaniyat, san’at, adabiyot yutuqlariga, ijtimoiy-siyosiy va xalqaro hayot xodisalariga yaqinlashtirishni kiritish mumkin. Ana shu maqsadda mamlakat jamoatchiligida alohida qiziqish uyg’otayotgan, vaqtli matbuotda e’lon qilinayotgan, televideniye va radio orqali berilayotgan faktlar, rasmlarni maxsus tanlaydi. Ana shundagina o’quvchilar darsda o’rganilayotgan masalalarning muhimligini yorqin va chuqur xis qiladilar va shunga asosan unga katta qiziqish bilan yondashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |