Тinglash va eslash qobiliyatini rivojlantirish o’yini
“Musiqani, qo’shiqni kim yozgan,top”
O’yin materiali: Хaltachada kichik razmerdagi xar xil o’yinchoqlar, bastakorlar rasmlari stolda yoyiq xolda.
O’yinning borishi: Musiqa rahbari bolalarning yoshiga ko’ra yil davomida musiqa mashg’ulotlarida tinglagan, kuylagan musiqa asarlarini chaladi va kuylaydi.
Musiqa asarini kim yozgan? - deb bolalardan so’raydi. Bolalar javobi. Тo’g’ri topgan bolaga musiqa rahbari- Rasmlar ichida aytgan bastakorni rasmini top- deydi. Bola rasmni to’g’ri topib ko’rsatsa g’olib hisoblanadi, unga xaltachadagi o’yinchoqlardan bittasini sovg’a qilinadi ya’ni rag’batlantiriladi. O’yin shu tariqa davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |